Biografiya
- 2004 yil O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining bakalavr bosqichini tugatgan.
- 2006 yil O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetini Fizikaviy elektronika mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan.
- 2006-2009 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti aspiranti,
- 2010-2014 yillarda Fizikaviy elektronika kafedrasi laboranti, o‘qituvchisi
- 2015-2018 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi,
- 2018-2021 yillarda Bosh ilmiy-metodik markaz bo‘lim boshlig‘i,
- 2021 yildan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Sirtqi bo‘lim boshlig‘i,
- 2022 yildan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda
- 2017 yildan fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Dissertatsiya ishini O‘zRFA Fizika-texnika institutining Ixtisoslashgan Kengashida 01.04.04 – “Fizik elektronika” ixtisosligi bo‘yicha “Ion bombardimon usuli bilan metallar va yarimo‘tkazgichlar sirtida va sirt osti sohalarida hosil qilingan nanoo‘lchamli tuzilmalarning shakllanish qonuniyatlari va elektron xususiyatlari” mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.
- 2020 yilda Fizik elektronika ixtisosligi bo‘yicha dotsent unvonini olgan.
- 2020 yilda fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Dissertatsiya ishini Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashida 01.04.04 – “Fizik elektronika” ixtisosligi bo‘yicha yozgan “Nb, Si, CdTe va CaF2 kristallarining sirt osti qatlamlarida ion bombardimon usulida hosil qilingan nanoo‘lchamli strukturalar shakllanishining fizik-texnologik asoslari va elektron-optik xususiyatlari” mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
- 2023 yilda Fizik elektronika ixtisosligi bo‘yicha professor unvonini olgan.
100 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi, jumladan:
Scopus bazasida: 20 ta maqola, Xirsh indeksi H=8;