Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi

Mamanazarov  Mansur - Boshqarma boshlig'i

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

+99871 246-58-89

 


Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  •  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari Hay’atining  qarorlari, shuningdek, universitet buyruqlari va Kengash qarorlarining bo’limda belgilangan muddatda ijrosini ta’minlash, nazorat qilish va tegishli chora tadbirlarni belgilash;
  •  Dekanlar va kafedra mudirlari bilan hamkorlikda “Kadrlarni davlat granti asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq universitet bitiruvchilar taqsimotini tashkil etish va amalga oshirish;
  •  Oliy taʼlim muassasasida tayyorlanayotgan oliy maʼlumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini oʻrganish asosida maʼlumotlar baʼzasini shakllantirish;
  • Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qiladi va baholaydi, Oliy taʼlim muassasasi joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlari qondirilishiga oliy taʼlim muassasasi faoliyatini yoʻnaltirish;
  •  Oliy taʼlim tizimida marketing xizmati jarayonlarining tez oʻzgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan oʻzaro bogʻliqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (isteʼmolchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy maʼlumotli yosh mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini hududlar boʻyicha oʻrganish;
  •  Oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va taʼlim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taʼminlash boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  •  Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini oliy taʼlim muassasasi kengashida muhokama qilish, televediniya, radio, gazeta va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali bitiruvchilar reklamasini tashkil etish;
  •  Mehnat bozori konyunkturasini oʻrganish, qabul parametrlariga takliflarni isteʼmolchilarning bitiruvchilarga boʻlgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi oliy taʼlim muassasasining maʼlumotlar bazasini tashkil etishga doir xujjatlarni oʻz vaqtida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etib borish;
  •  Talabalar amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini oʻrganish, oʻrganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib oliy taʼlim muassasasi rahbariyatiga taqdim etib borish.