Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Marmara Universiteti

O‘zbekiston Milliy Universitetiga Marmara universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Milliy Universiteti TurkiyaningMarmara universiteti bilan rasmiy tarzda 2005-yil memorandum imzolagan bo‘lib, 18 yildan beri ikki universitet hamkorlik olib boradi. 2023 yilning 9 oktabr kuni Marmara universitetining Xalqaro ishlari bo‘yicha prorektor Nuri Tinaz boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurdi.

O‘tgan yili noyabr oyida O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova boshchiligidagi delegatsiya Marmara universitetiga tashrif buyurib Erasmus doirasida hamkorlik qilish masalalari muxokama qilingan edi.

Oradan bir yil o‘tib mana shu kelishuvlar samarasida O‘zbekiston Milliy universiteti va Marmara universiteti o‘rtasida 2024-2025 yillar uchun Erasmus loyihasi qo‘lga kiritildi. Bunga asosan tarix fakulteti hamda ingliz filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Marmara universitetida stajirovka o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladilar va barcha xarajatlar loyiha doirasida qoplanadi. Ikki universitet o‘rtasida xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalarni yanada kengaytirish keyinchalik iqtisodiyot, dinshunoslik, psixologiya yo‘nalishlarida ham hamkorlik qilish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama etildi. 

Marmara universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Nurin Tinaz tomonidan O‘zbekiston Milliy universiteti yosh tadqiqotchilari uchun bir qancha ilmiy yo‘nalishdagi adabiyotlar va ilmiy asarlar bilan tanishish uchun mavjud bepul portallar to‘g‘risida ma’lumot berildi va O‘zbekiston Milliy universitetning yosh olimlari, doktorantlari foydalanishlari mumkin ekanligini alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusi yilda ham mazkur hamkorlikni yanada kengaytirish, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning o‘quv jarayonga jalb qilish hamda boshqa ilmiy loyihalarda ham hamkorlik qilish kabi masalalar ustida ishlashga kelishib oldilar.