Matematika

ZikirovObidjan SalijanovichFakultet dekani
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: zikirov_os@nuu.uz


Narzullayev Nurbek Xamroqulovich – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Jo‘rayev Rustqm Mexriddinovich – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Muxamadiyev Farxod G‘ofirjonovich – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Mamatqulov Musajon Mashrabjon o’g’li – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Turkiston Xalq universiteti tashkil etilgan dastlabki yillardayoq matematika fanini o‘rganishga asos solingan. Xalq universitetining tash- kiliy tuzilmasida fizika-matematika fakulteti (dekan prof. V.I.Roma­novskiy) bo‘lib, unda 50 nafar talaba tahsil olgan. 1918 yil iyunda bo‘lib o‘tgan Butun Turkiston qurultoyining maxsus qaroriga asosan  Turkiston Xalq universiteti davlat maqomidagi oliy o‘quv yurtiga aylantirilgan va 1923 yil 17 iyulda Turkiston Davlat universiteti O‘rta Osiyo Davlat univer­siteti deb qayta nomlandi.

Fizika-matematika fakulteti tarkibida matematika, fizika, astro-nomiya, mexanika, geofizika yo‘nalishlarida talabalarga tahsil berish bilan bir qatorda matematikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishla-ri olib borilgan. O‘rta Osiy Davlat universiteti rektorining 1959 yil 20 iyundagi 276-sonli buyrug‘iga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajraldi va mexanika-matematika fakulteti mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi.

  Mexanika-matematika fakultetga dotsentlar M.S.Sultonova (1959-1961), M.S.Sobirov (1961-1965), M.V.Voxidov (1965-1971) rahbarlik qilgan. Keyinchalik 1971 yilda mexanika-matematika fakulteti negizida mate-matika fakulteti [dekan: prof. J.X.Xojiev (1971-1985), prof. A.Sadul­laev (1985-1992), prof. A.A’zamov (1992-1993)], amaliy matematika va mexa-nika fakultetlari tashkil etildi. 1994 yilda bu fakultetlarni qo‘shi-lishi asosida mexanika-matematika fakulteti qayta tashkil etildi.

Fakultetining hozirgi istiqbolida unga rahbarlik qilgan ko‘plab olimlar va mutaxassislarning mehnatlari beqiyosdir. Bular professorlar G.Xudoyberganov (1993-2002), R.R.Ashurov (2002-2004), B.A.Shoimqulov (2004-2013) va bundan keyingi davrlarda fakultetga D.X.Djuma­boev (2013-2015), A.X.Xudoy­berdiev (2015-2017), N.M.Djabborov (2017-2019), A.R.Qutli­­­mu­radov (2019-2020) rahbarlik qildilar. Hozirgi kunda fakultetni professor O.S.Zikirov (2020 yil oktyabr) boshqarib kelmoqda.

 Matematika fakultetida faoliyat ko‘rsatib respublikamizda oliy ta’lim va ilm-fanning rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan atoqli olimlar akademiklar T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojid­dinov, M.S.Salo­xiddinov, T.J.Jo‘raev, N.Yu.Sati­mov o‘zlarining dunyo tan olgan ilmiy maktablarga asos soldilar.

Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida samarali xizmat qilgan va matematika  fanining rivojiga qo‘shgan ulkan xissa uchun atoqli olimlar V.I.Romanovskiy, T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov vafotidan keyin mamlakati­mizning yuksak mukofoti “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

  Xozirgi kunda fakultetda akad. Sh.K.Farmonov, akad. J.X.Xojiev, akad. Sh.O.Alimov, akad. A.Sadullaeva, akad. A.Azamov, akad. Sh.A.Ayupov, prof. A.B.Begmatov, prof. V.I.Chilin mavjud ilmiy maktablarni rivojla­nishiga katta xissa qo‘shib kelmoqdalar va o‘ziga xos ilmiy maktablar yaratdilar.

Fakultetning 6 ta kafedrasida 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shulardan 6 kishi O‘zR FA akade­migi, 40 kishi fan doktori va professorlar, 50 ga yaqin fan nomzodi dotsentlar, 6 kishi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobidir.


Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

Kunduzgi ta’lim shakli

60540100 – Matematika;

60531000 – Mexanika va matematik modellashtirish;

60540300 – Matematik injiniring.


Kechki ta’lim shakli:

60540100 – Matematika;


Sirtqi ta’lim shakli:

60540100 – Matematika


Magistratura mutaxassisliklari:

70540101 – Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha):

70531001 – Mexanika va matematik modellashtirish;

70540102 – Matematik iqtisodiyot;

70540103 – Aktuar va moliyaviy matematika.


Tayanch doktorantura va doktorantura mutaxassisliklari:
01.01.01 –  Мatematik analiz;
01.01.02 –  Differensial tenglamalar va matematik fizika;

01.01.04 –  Geometriya va topologiya;
01.01.05 –  Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika;
01.01.06 –  Algebra;
01.02.01 –  Nazariy mexanika;
01.02.04 –  Deformasiyalanuvch qattiq jism mexanikasi;

01.02.05- Suyuqliklar va gaz mexanikasi;

Talabalar kontingenti – 1563 nafar
kunduzgi  –  893 nafar;
kechki      –  227 nafar;
sirtqi         – 150 nafar;
magistratura  – 293 nafar.

Ilmiy kengashlar:

PhD va DSc dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazuvchi ilmiy kengashlar faoliyat olib boradi:

DSc.03/30.12.2019.FM.01.01

DSc. 03/30.12.2019.FM.0102


Kafedralar:

  • Algebra va funksional analiz;
  • Geometriya va topologiya;
  • Differensial tenglamalar va matematik fizika;
  • Matematik analiz;
  • Mexanika va matematik modellashtirish;
  • Extimollar nazariyasi va matematik statistika.

Xalqaro ilmiy aloqalar:

Fakultet jamoasi dunyoning rivojlangan mamlakatlari universitetlari va ilmiy mahkazlari bilan hamkorlik o’rnatgan. Xususan, Rossiyaning Moskva, Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Chelyabinsk, Ufa, Kabardin-Balkariya, Yugorsk Davlat universitetlari, Shimoliy-sharqiy, Kazan, Sibir Federal universitetlari; Qozog’iston Milliy universiteti, Abay nomidagi Qozog’iston milliy Pedagogika universiteti, Ukrainaning Kiev Milliy universiteti, Belorusiya  Minsk, Vitebsk davlat universitetlari, Yaponiyaning Nagoya universiteti, Belgiyaning Gent Universiteti, Malayziyaning Putra va Mara Texnologiya universitetlari, Germaniyaning Myunxen texnika universiteti, Amerikaning Fullerton, Kaliforniya  universitetlari, Avstriyaning Vena universiteti, Bolgariyaning Sofiya Universiteti, Isroilning Xolon Texnologiya instituti hamda yetakchi ilmiy markazlar olimlari bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik o’rnatilgan .