Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Moliya va kredit kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiыlash” to‘g‘risidagi PF-5847-son Farmoni, 2021 yil 24 dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60 son qarori hamda universitet Kengashining 2022 yil 29 iyundagi 13-son yig‘ilish qaroriga asosan “Moliya va kredit” kafedrasi Iqtisodiyot fakulteti qoshida tashkil etilgan. “Moliya va kredit” kafedrasini faoliyatini tashkil etish, kafedraga biriktirilgan yo‘nalishlarning malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari, namunaviy fan dasturlarini shakllantirish mas’uliyati, kafedra mudiri iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rejapov Xayrillo Xikmatullayevichga yuklatildi.

          Faoliyatining dastlabki yillarida kafedra Iqtisodiyot fakulteti bakalavriat talabalari uchun bir qator fanlar, jumladan, “Bank ishi”, “Pul, kredit va banklar”, “Moliya”, “Moliya va kredit”, “Amaliy buxgalteriya”, “Davlat budjeti va g‘aznachilik tizimi”, “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish”, “Iqtisodiy tahlil”, “Moliya, pul kredit”, “Soliq va soliqqa tortish”, “Moliya bozori va investitsiyalar”, “Moliya va kredit”  hamda “Makroiqtisodiy tahlil” kabi fanlardan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borish bilan shug‘ullandi. Bundan tashqari kafedraga Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti (RFHMU) (THE Impact Rankings 2021, 601-800, QS University Rankings by Subject 2020 — 351—400) va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan ochilgan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha 60310100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavriatura ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan ayrim fanlar biriktirilgan. Jumladan, “Ma’lumotlar tahlili”, “Buxgalteriya hhisobi va audit”, “Moliya”, “Iqtisodiy tahlil”, “Statistika”, “Makroiqtisodiyot”, “Jamoada ishlash va jamoa tuzish bo‘yicha trening”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy aloqalar”, “Mutaxassislikka kirish” va “Moliya universiteti tarix va zamonaviyligi” fanlaridan  va boshqa fanlar biriktirilgan.

Kafedra 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab 60410700-“Budjet nazorati va g‘aznachiligi” va 60410400-“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul kunduzgi va 60410700-“Budjet nazorati va g‘aznachiligi” bakalavriatura yo‘nalishiga sirtqi ta’limga qabul amalga oshirildi.

Hozirgi kunda “Budjet nazorati va g‘aznachiligi” bakalavriatura kunduzgi ta’lim yo‘nalishida 44 nafar, “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yщnalishida 19 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. Aytish joizki, ushbu yo‘nalish va mutaxassislik o‘quv rejalari ko‘plab yuqori reytingga ega bo‘lgan xorijiy universitetlar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘rganish asosida yaratildi.

Bugungi kunda kafedrada 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisoslikligi bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura ochish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga talabnoma berildi va 2023 yil aprel oyidan tayanch doktorantura va doktorantura ochish uchun ruxsat olish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.

Kafedrada 1 nafar tayanch doktoranturada (mustaqil izlanuvchi) biriktirilgan G‘ovurov Olimjon G‘olib o‘g‘li, “Yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarish va joylashtirish amaliyotini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

2022-2023 o‘quv yilida kafedrada - 6 nafar professor – o‘qituvchilar, jumladan, fan doktori, professor – 1 nafar, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD), dotsentlar – 2 nafar, 1 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedrada bugungi kunda assosiy shtatda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar: i.f.d., prof. Sh.Sh.Shoha’zamiy, i.f.f.d (PhD) X.X. Rejapov, i.f.n., dots.v.b. R.G.Tashbayeva, katta o‘qituvchi T.B.Akimniyazov, o‘kituvchilar U.A.Narmanov, O.G‘.G‘afurov, X.O.Xolmuminov.

2023-2024 o‘quv yilida kafedrada - 6 nafar professor – o‘qituvchilar, jumladan, fan doktori, professor – 1 nafar, fan doktori, dotsentlar – 2 nafar, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD), dotsentlar – 1 nafar, 1 nafar katta o‘qituvchi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) va 2 nafar katta o‘qituvchilar, 3 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedrada bugungi kunda assosiy shtatda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar: i.f.d., prof. Sh.Sh.Shoha’zamiy, i.f.d (DSc), dots. X.X. Rejapov, i.f.d (DSc), dots. B.B. Baxtiyorov, i.f.f.d.(PhD), dots. K.Y.Jabbarov, katta o‘qituvchilar i.f.f.d.(PhD) U.A.Narmanov, T.B.Akimniyazov, N.Maxkamova, o‘kituvchilar O.G‘.G‘afurov, A.B.Sotvoldiyev, Z.R.G‘aybullayeva, Sh.Qayumova hamda tayanch doktorant X.O.Xolmo‘minov faoliyat olib bormoqdalar.    

Boshqa oliy o‘quv yurtlari va tashkilotlardan o‘rindoshlik asosida
13 nafar professor-o‘qituvchi fakultetdagi o‘quv jarayoni va ilmiy–tadqiqot ishlariga jalb qilingan.

2022 yil yakuni bo‘yicha Moliya va kredit kafedrasi mudiri X.X.Rejapov “2022 – yilda universitet o‘quv, ilmiy, o‘quv –uslubiy, xalqaro aloqalar va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faolligi va o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun” universitet rektorining Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2023-2024 o‘quv yilida  Moliya va kredit kafedrasi mudiri i.f.d., dots. Rejapov Xayrillo Xikmatulayevich rahbarligida iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Kadirov Azmat Ashrafovich “Novoiy” nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Kafedrada xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida bir qancha xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminarlar o‘tkazilmoqda va ularni o‘quv jarayoniga ham jalb qilinmoqda. O‘zbekiston Milliy universitetining milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida Moliya va kredit kafedrasiga Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti (RFHMU) (THE Impact Rankings 2021, 601-800, QS University Rankings by Subject 2020 — 351—400) faoliyat yuritayotgan professor Sыganov Aleksandr Andreyevich(h-indeks-9, i10-indeks-6) va i.f.n. dotsent v.b. Selivanova Marina Aleksandrovna
(h-indeks-7, i10-indeks-5)larni  qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha 60310100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishida taxsil olayotgan  talabalarga bilimlarni yanada mustahkam egallashlari uchun professor-o‘qituvchilar tashqi o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilindilar.

O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida joriy yil 25-aprel kuni “Moliya-kredit tizimini strategik rivojlantirishning muammolari va ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada200 nafardan ortiq ishtirokchilar faol ishtirok etdi. Jumladan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar-19 nafar, xorijiy ishtirokchilar – 8 nafar120-nafar talabalar va 28 nafar magistrlar qatnashdi.