Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi

Babashev Farxad Aytmuratovich – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

71 246-67-35

 sadullaev@mail.ru


PEDAGOGIKA KAFEDRASI

Ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibidagi “Pedagogika” kafedrasi talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash, ya’ni pedagogik ishga tayyorlanganlikka qo‘yiladigan fundamental (dars berish mahorati; tarbiyalash mahorati; o‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar; ta’lim olayotganlarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati) va ta’lim turiga ko‘ra alohida talablarga javob berishini ta’minlashdagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi asosiy bo‘linma sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra zimmasiga “Umumiy pedagogika”, “Obщaya pedagogika” fanlarini o‘qitish, “Fanni o‘qitish metodikasi” o‘quv modulini metodik ta’minlash, pedagogik amaliyot sifatini ta’minlashda ishtirok etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish kabi vazifalar yuklatilgan.

Kafedra tarixi O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, XX asr o‘zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy  maktab yaratuvchisi, yangi  milliy  teatr  tashkilotchilaridan biri, adib, shoir, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li nomi bilan bog‘liq. 

Kafedraga turli yillar mobaynida Abdulla Avloniy, dotsent Yusuf Toxiriy,  dotsent Arxangelskiy Nikolay Porfirevich (1960-1964 yy), professor Yusuf Umarov (1964-1971 yy), professor Raximjon Usmonov (1971-1985 yy), dotsent Leonid Petrovich Jdarkin (1985-1991 yy), dotsent Yodgorov Raxmonjon Yodgorovich (1991-1992 yy),  proffessor Naim Raximovich G‘aybullaev (1992-2004 yy), profesor Nurali Saydahmedov (2004-2006 yy), professor Qodirov Botir Raxmonqulovich (2006-2008 yy), dotsent Majidov Nabi Maxmudovich (2008-2014 yy), dotsent Dalimova Nilufar Meliboevna (2014-2016 yy), dotsent Mavlonov Mamadjon Mustafoevich (2016-2018 yy) rahbarlik qilgan. 

Bu yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari respublikaning barcha  ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etib, o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelganlar. Pedagogika fanlari doktori, professor  N.G‘aybullaev rahbarlik qilgan davrda kafedrada 13.00.01-pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha o‘ziga xos ilmiy maktab yaratilib, uning 20 dan ortiq shogirdlari pedagogika fanlari nomzodi va pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalarini olishga muvaffaq bo‘lgan. 

2018 yildan boshlab universitetda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.01.09-raqamli ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu esa 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiiy va aniq fanlar) ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash imkoniyatini yaratdi. Bugungi kunda ushbu ilmiy kengash faoliyatida kafedra a’zolari samarali ishtirok etib kelmoqdalar (A.Askarov-ilmiy kengash kotibi, Sh.Abdullaeva-ilmiy kengash a’zosi, D.Maxmudova-ilmiy seminar a’zosi).

Bundan tashqari kafedra a’zolari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.Ped.26.01 raqamli, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Bosh ilmiy-metodik markaz huzuridagi DSc.30.05.2018.Ped.69.01 raqamli Ilmiy Kengashlar, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari” bo‘yicha  ilmiy-texnik kengash faoliyatida ham faollik ko‘rsatib kelmoqdalar.

Shuningdek, kafedra tomonidan YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘qituvchilarning AKT kompetensiyalarini baholash bo‘yicha milliy seminar” loyihasi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda kafedrada 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan P3-20170929789 sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusida amaliy tadqiqot loyihasi amalga oshirilmoqda.

– 2018 yilda loyiha doirasida “Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi: amaliyot va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi;

– “Umumiy pedagogika” fani o‘quv-uslubiy majmuasi pedagogik texnologiyalarni mavzular kesimida qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan qayta ishlandi va o‘quv jarayoniga joriy etildi;

– “Umumiy pedagogika” fanidan axborot-resurs maydonchasi ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi (pedagogika.masofa.uz).

– loyihaning hamkor tashkilotlari bilan birgalikda ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun “O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” mavzusida o‘quv-trening yo‘lga qo‘yildi.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Umumiy pedagogikatalabalarga pedagogik jarayonning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatish, pedagogik g‘oyalarni amaliyotga maqsadli tadbiq etish hamda innovatsion pedagogik jarayonlar bilan tanishtirish, kasbiy-pedagogik kompetentlikni shakllantirish, pedagogik jarayonda muvaffaqiyatga erishish masalalarini hal qilishga o‘rgatishdan iborat.
2Umumiy psixologiyatalabalarda umumpsixologik bilimlarnishakllantirish, shaxsning kamoloti va unga ta’sir etuvchi omillar, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, yosh davrlar psixologiyasining nazariy asoslari kabi masalalarni hal qilishga o‘rgatishdan iborat
3Ijtimoiy pedagogikaTalabalarga ijtimoiy pedagogik bilimlarni berish, shaxsni o‘zida kechadigan jarayonlarning guruh bilan bog‘lik ravishda o‘zgarishi to‘g‘risidagi pedagogik bilimlarni shakllantirish, ularni jamiyat xayotida ijtimoiy pedagogik hodisalar, xolatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy omillar, shaxsning muloqot jarayonidagi individual xolatlarini tahlil etishga o‘rgatishdan iborat.  
4Sotsial psixologiyaTalabalarga sotsial psixologik bilimlarni berish, voqelik va jamiyatdagi voqea-hodisalarning, shaxsni o‘zida kechadigan jarayonlarning guruh bilan bog‘lik ravishda o‘zgarishi to‘g‘risidagi psixologik bilimlarni shakllantirish, ularni jamiyat xayotida ijtimoiy psixologik hodisalar, xolatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko‘rsatuvchi sotsial omillar, shaxsning muloqot jarayonidagi individual psixologik xususiyatlari, emotsional xolatlarini tahlil etishga o‘rgatishdan iborat.  
5Umumiy va ijtimoiy psixologiyaTalabalarda umumiy va ijtimoiy psixologik bilimlarni shakllantirish, voqelik va jamiyatdagi voqea-hodisalarning, shaxsni o‘zida kechadigan jaraѐnlar va psixologik bilimlarni shakllantirish.  
6Umumiy psixologiya va pedagogikatalabalarda umumpedagogik va umumpsixologik bilimlarnishakllantirish, shaxsning kamoloti va unga ta’sir etuvchi omillar, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, shaxsning ta’limi va tarbiyasi, yosh davrlar psixologiyasining nazariy asoslari va inson taraqqiyoti qonuniyatlarini tadqiq etish uchun amaliy jihatlarini innovatsion pedagogik jarayonlar bilan tanishtirish, kasbiy-pedagogik kompetentlikni shakllantirish, pedagogik jarayonda muvaffaqiyatga erishish masalalarini hal qilishga o‘rgatishdan iborat.   

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1Axrarova Zebuniso BaxramovnaPedagogika fanlari nomzodi, dotsent“Jadid pedagogikasining ilmiy-nazariy asoslari va zamonaviy-didaktik mazmuni”
2Sadikova Shoira OdeljanovnaKatta o‘qituvchi“Universitet talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish”
3Xudaynazarov Tursunali AlinazarovichKatta o‘qituvchi“Rag‘batlantirish va jazolash fenomenlari, talabalarning o‘quv faoliyati samaradorligini ta’minlashning psixologik omili”
4Sattarov Timur Sabirovicho‘qituvchi“Sennostno- smыslovыe determinantы uchastie molodeji v deyatelnosti politicheskix organizatsiy”
5Nig‘matova Shoxsanam Nabi qizio‘qituvchi“Psixologik konsultatsiya jarayonida o‘zini-o‘zi anglash kvalimetriyasi”

Xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

  1. Kafedraga dars berish uchun taklif qilingan xorijiy professor- o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot

Pedagogika fanlari nomzodi Kroleveskaya Yelena Nikolaevna Rossiyaning Belgorod davlat universitetini 2002 yil fizika-matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2003-2006 yillarda Pedagogika kafedrasida kunduzgi aspiranturani tugatgan. 2006 yil noyabr oyida kandidatlik ishini himoya qilgan. 13.00.08 – Kasbiy ta’limning nazariya va metodikasi. Rahbari pedagogika fanlari doktori, professor I.F.Isaeva. 

Ye.N. Kroleveskaya “Kasbga kirish”, “Sinf rahbari”, “O‘quv amaliyoti”, “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi”, “Zamonaviy ta’lim texnologiyasi” mustaqil ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boradi.

Ye.N. Kroleveskaya 111 ilmiy ishlari nashr etilgan. Shulardan 2 ta o‘quv-metodik majmua, 3 ta monografiya, 14 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta elektron darslik, 94 ta maqola, konferensiya tezislari, 14 ta VAK jurnalida maqola, 5 ta skopus.

Xozirda dotsent Ye.N. Kroleveskaya BelGU da bir necha doktorant, magistrlar va bakalavr yo‘nalishi talabalariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

Dotsent Ye.N. Kroleveskaya “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasida 12 soat soatbay asosida Obщaya pedagogika fanidan mashg‘ulotlar olib bordi.


  1. Kafedraga dars berish uchun taklif qilingan xorijiy professor- o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot

Atenovich Perlenbetov Qozog‘istonning Qaynar Akademiyasi direktori. 2011 yil 16 iyunda psixologiya fanlari nomzodi va 2013 yil 30 dekabrdan psixologiya fanlari doktori, professor unvonini olgan.

Xozirda M. A. Perlenbetov Qozog‘istonning Qaynar Akademiyasida bir necha doktorant, magistrlar va bakalavr yo‘nalishi talabalariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

Professor M. A. Perlenbetov “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasida 12 soat soatbay asosida Obщaya psixologiya fanidan mashg‘ulotlar olib bordi.


  1. Kafedraga dars berish uchun taklif qilingan xorijiy professor- o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot

Moskva davlat universiteti (Rossiya) professori Kabardov Muxamed Kanshobievich. 
Professor M.K.Kabardov o‘zining Psixologiya sohasidagi tadqiqotlari va natijalari bilan nom qozongan. U faoliyat ko‘rsatayotgan Moskva davlat universiteti xalqaro OTMlar reytingida 96 o‘rinni egallab kelmoqda.

Moskva davlat universiteti (Rossiya) professori M.K. Kabardovga 2020-2021 o‘quv yili davomida “Rus tili va adabiyoti” yo‘nalishdagi 3-kurs bakalavriat talabalariga “Umumiy psixologiya” fanidan 12  soat soatbay asosida onlayn dars olib borgan.

  1. Kafedraga dars berish uchun taklif qilingan xorijiy professor- o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot

M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universtiteti (Qozog‘iston) professori, pedagogika fanlari doktori Joldasbekov Abdimanit Abdrazoqovich
Matematika fakulteti matematika yo‘nalishdagi 3-kurs rus guruxi talabalariga “Umumiy pedagogika” fanidan 12 soat o‘zaro shartnoma asosida onlayn dars olib bordi.


Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1Sodikov Ulug‘bek Jo‘raevichsodiqov_7377@mail.ru
2Xudaykulov Xol Jumaevichxol.xudayqulov.51@mail.ru
3Axrarova Zebuniso Baxramovnaz.axrarova@nuu.uz
4Tulyaganova Gulchexra Kuchkarovnagulchexra.tulyaganova@mail.ru
5Abduraximov Qodir Abduxalilovichqaa0212@mail.ru
6Mardieva Gulnoz Quchkarovnagulnozmardiyeva@gmail.com
7Usmanova Shoira Djumabekovnashoirausmonova64 @mail.ru
8Ro‘zimatov Erkinjon Yo‘lchievichrozimatov3955@gmail.com
9Sadikova Shoira Odeljanovnasodikovash71@gmail.com
10Xudaynazarov Tursunali Alinazarovichtursunali.q@mail.com
11Sattarov Timur Sabirovichp.sattarov1978@gmail.com
12Sagatova Shoxsanam Farrux qizisanam7227@mail.ru
13Nig‘matova Shoxsanam Nabi qizishnigmatova94@qmail.com
14Tulishov G‘olib Ravshanovichg.tulishov@nuu.uz
15Jo‘raeva Xalima Alisherovnaxalimajuraeva614@gmail.com
16Xabiev Temur Rafaelovich6465562@gmail.com

To‘garaklar

“Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasida 2013 yildan buyon “Yosh pedagog” to‘garagi faoliyat yuritadi. To‘garakning o‘z Nizomi, yillik o‘quv rejasi va to‘garak a’zolarining ro‘yxati mavjud. Hozirgi kunda to‘garakning 22 nafar a’zosi bo‘lib, ular doimiy ravishda OTM va respublika gazeta, jurnal, ilmiy to‘plamlarda o‘zlarining ilmiy va ijtimoiy maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

2021-2022 o‘quv yili uchun belgilangan yillik rejada to‘garak a’zolari bilan olib boriladigan ishlar bilan birgalikda Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan to‘garak a’zolarining ilmiy maqolalarini e’lon qilish. A.Navoiy va Z.M.Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan   maqolalarini e’lon qilish. Yil bo‘yi 10 ta maqola e’lon qilgan talabalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bu bilan talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltiriladi va ilmiy faoliyatga rag‘batlantiradi.