Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Rektor universitet huzuridagi Biofizika va biokimyo institutida bo‘ldi 

Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitet huzuridagi Biofizika va biokimyo institutiga tashrif buyurib, u yerda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, jarayonlar bilan tanishdi. 

O‘zMU rektori institutdagi ilmiy laboratoriyalarni ko‘zdan kechirib, mas’ullarga institut faoliyatini yanada rivojlantirish, infrastrukturani yaxshilash  bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Biofizika va biokimyo institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi  “Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  universiteti  huzurida Biofizika  va  biokimyo  institutini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi  558-son Qarori  bilan tashkil etilgan.

 Mazkur muassasa biologiya yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqot instituti bo‘lib, o‘z faoliyati davrida mamlakatimizda biologiya, biotexnologiya va farmakologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda. 

Hozirgi vaqtda Biofizika va biokimyo institutining 8 ta biologiya sohalaridagi laboratoriyalarida 53 ta ilmiy xodim, shu jumladan 2 ta akademik, 10 ta fan doktori, 22 ta fan nomzodlari hamda falsafa doktorlari faoliyat yuritishmoqda. Institut biofizika, biokimyo, odam va hayvonlar fiziologiyasi sohalarida yuqori malakali mutaxasisslar va ilmiy kadrlar tayyorlash Markazidir. 

Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi biologiya fanlari bo‘yicha Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda institut tashkil qilingan yildan beri qisqa davrda 25 ta biologiya fanlari bo‘yicha falsafa va fan doktorlari tayyorlangan.

O'zMU Axborot xizmati