Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Sankt-Peterburg Oliy iqtisodiyot maktabi

Rossiyaning Sankt-Peterburg Oliy iqtisodiyot maktabi delegatsiyasi O’zMUga tashrif buyurdi

2022-yilning 19-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg Oliy iqtisodiyot maktabi direkori Аnna Tishestkaya boshchiligidagi delegatsiya Oʼzbekiston milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Ularni xalqaro boʼlim xodimlari hamda iqtisodiyot fakulьteti vakillari kutib oldi. Maʼlumki mazkur univrsitet bilan joriy yilida hamkorlik memorandumi imzolangan edi va tomonlar muntazam uchrashib hamkorlik yoʼnalishlarini belgilab hamda amalga oshirib kelmoqdalar.

Uchrashuvda asosan universitetning xalqaro reytingda erishgan natijalari va tajribasi hamda ilmiy hamkorlik borasidagi masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, universitetlar xalqaro jurnallarda ilmiy jamoaning hamkorligi, qoʼshma ilmiy loyihalar, ilmiy tadqiqotda ikki rahbarlik kabi bir qator masalalar borasida ham fikr almashdilar.

Universitet direktori Аnna Tishetskaya, ayniqsa xalqaro reytinglarni tashkil qilish boʼlimi hamda ilmiy boʼlim xodimlari uchun stajirovkalar tashkil qilishga tayyor ekanligini ham bildirdi.

Uchrashuv soʼngida mazkur masalalar uchun koordinatorlar belgilab olindi va ularni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishga kelishilindi.


Rossiyaning Sank-Peterburg iqtisodiyot Oliy maktabi vakili bilan navbatdagi onlayn uchrashuv

Oldin xabar berilganidek, O’zMU va Rossiyaning Sank-Peterburg iqtisodiyot Oliy maktabi o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Hamkorlik professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi bilan birgalikda xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo’yicha o’zaro tajriba almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

2023 yilning 13-yanvar kuni  Sank-Peterburg iqtisodiyot Oliy maktabi professori, xalqaro reytinglar bo’yicha ekspert Larisa Aleksandrovna bilan online muloqot bo’lib o’tdi.

Shuningdek, xalqaro hamkorlik,  ilmiy tadqiqot bo’yicha loyihalar ishlab chiqish, maqolalar yozish hamda mazkur yo’nalishdagi tajribalar to’g’risida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida, rossiyalik ekspert xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo’limi mutaxassislarini malaka oshirish kurslariga taklif etib, ularning zaruriy axborotlar bilan ta’minlanishi ta’kidlandi.