Sirtqi ta’lim
Bo'lim boshlig'i - Berdiyarov Baxriddin
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
Tel: +998977021074
E-mail: bahriddin@bk.ru , bahriddin.bfa@gmail.com
Sirtqi bo`lim Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo`linmasi bo`lib, uning faoliyati bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha talabalarni o`qitish, ta`lim - tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg`unlashgan holda olib borish, ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyixalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtiruvchi tuzilma xisoblanadi. Bo`lim O`zbekiston Respublikasining Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, universitet rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda universitet Ustavi xamda ichki tartib va qoidalari asosida faoliyat olib boradi.
Sirtqi bo`limda bo`lim boshlig`i va 1 nafar uslubchi faoliyat olib boradi.
Sirtqi bo`limning vazifalari:
-sirtqi ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
-talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo`yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
-o`qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o`zlashtirishi nazorat qilinishini ta`minlash;
-talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
-talabalar bilan o`quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko`rish;
-mehnat muhofazasi, texnika va yongin xavfsizligi bo`yicha tadbirlarni, bo`lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
-o`quv jarayonini ta`minlaydigan professor-o`qituvchilarning o`quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
-oliy ta`lim muassasasi Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta`lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;
-talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta`limda o`quv jarayonini ta`minlaydigan professor-o`qituvchilarni taqsimlash;
-sirtqi bo`limning oliy ta`lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o`zaro aloqasini ta`minlash va boshqalar.