Bakiev Zafar – Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
+998 9
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
№ | Fan nomi | Fan haqida ma’lumot |
1 | Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati | Talabalarga yengil atletika sport turining nazariyasi va uslubiyatini, ko‘p yillik tayyorgarlikda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va boshqarish tizimi, vosita va uslublarini yengil atletikada saralash bosqichlarining tizimi va tartibi, sportchilarni kompleks nazorat qilish shakllari va uslublari, yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashg‘ulot jarayonini innovatsion boshqarishning texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatishdani boratdir |
2 | Gimnastika nazariyasi va uslubiyati | Gimnastikaning vujudga kelishi, qadimgi davrlarda gimnastika, yangi davr gimnastikasi, milliy gimnastika tizimini yaratilishi, XX asrning birinchi yarmida gimnastikaning ravnaq topishi, O‘zbekistonda gimnastikaning taraqqiyoti va o‘ziga xos xususiyatlari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. |
3 | Suzish nazariyasi va uslubiyati | Talabalarga suzish sport turining nazariyasi va uslubiyatini, ko‘p yillik tayyorgarlikda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va boshqarish tizimi, vosita va uslublarini suzishda saralash bosqichlarining tizimi va tartibi, sportchilarni kompleks nazorat qilish shakllari va uslublari, yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashg‘ulot jarayonini innovatsion boshqarishning texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatishdan iboratdir. |
4 | Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi | Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining asosiy maqsadi va vazifalari. Fanning mazmuni va asosiy tushunchalari. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining asosiy davrlari. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining o‘rganish manbalari.Fanning jismoniy tarbiya va olimpiya sporti sohasidagi o‘rni va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati |
5 | Sport pedagogikasi | Bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi sifatida talabalarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish, pedagogik faoliyat mazmuni, ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari, innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish orqali ularda pedagogik tafakkurni, ijobiy fikrlash qobiliyatini, ta’lim oluvchilar bilan muvaffaqiyatli ishlashga doir zarur malakalarni, mutafakkirlarning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ta’lim muassasalari amaliyotiga maqsadli tatbiq etish tajribasini hosil qilish. |
6 | Sport marketingi | Talabalarga sport marketingi faoliyatini yuritish va uni o‘rgatish, marketing tushunchalarini bilishi va o‘z sohasi bo‘yicha qo‘llanilishini o‘rganish. Shuningdek marketing tamoyillari, marketingda raqobat, marketingda loyihalashtirish, marketing aloqalarini qo‘llanilishi hamda ilg‘or tajribalarini o‘rgatishdan iborat. |
7 | Jismoniy tarbiya va sport menejmenti | Talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, boshqaruv jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda sportni boshqarishning zamonaviy tizimini, O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni tartibga solishning me’yoriy huquqiy asoslarini, hususiy jismoniy tarbiya va sport korxonalarini tashkil etish, davlat ro‘yhatidan o‘tkazish va boshqarishni, boshqaruv qarorlarining mohiyati ularga qo‘yiladigan talablar va qaror-huquqiy hujjatlar tayyorlash tartibini, sport muassasalarida menejerning o‘rni, vazifalari va hodimlar bilan ishlash uslublarini o‘rgatishdan iborat. |
8 | Sport psixologiyasi | Sportchini psixologik jihatdan tayyorlash; sportchini taktik jihatdan psixologik tayyorlash; sportchini irodaviy jihatdan tayyorlash; jismoniy tarbiya va sport jarayonida sportchi shaxsini psixologik kuzatish; ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish; sport menejeriga va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisiga; sport treneriga, trener-o‘qituvchiga; sport musoboqasiga psixologik tavsif berish hamda sport turlari bo‘yicha kasbiy muammolarni hal qilishga o‘rgatish. |
9 | Sportni boshkarish asoslari | Talabalarga sportni boshqarish faoliyatini yuritish va uni o‘rgatish, sportni boshqarish tushunchalarini bilishi va o‘z sohasi bo‘yicha qo‘llanilishini o‘rganish. Shuningdek sportni boshqarish tamoyillari, marketingda raqobat, sportni boshqarishda loyihalashtirish, marketing aloqalarini qo‘llanilishi hamda ilg‘or tajribalarini o‘rgatishdan iborat. |
10 | Sport inshootlari | Malaka-sport inshootlari fani o‘quv materiallari mazmuni har xil jihozlar, qurilmalardan foydalanish ularni tayyorlash qoidalari va usullari, harakat va mashqlarga mustaqil joy tayyorlash, sport inshootlarining atrof-muhitga ta’sirini to‘g‘ri hisobga olishni ko‘ra bilishmalakalariga ega bo‘lishi kerak. |
11 | Bolalar va o‘smirlar sporti asoslari | “Bolalar va o‘smirlar sporti asoslari” fani umumkasbiy fanlari blokiga kiritilgan bo‘lib yuqori kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq rejalashtirilgan. Mazkur fan jismoniy tarbiya va sport faoliyatida bolalar va o‘smirlar sportini yangicha yondoshuvlarga asoslanib hamda ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati muhim ahamiyatga egadir |
12 | Umumiy pedagogika va sport pedagogikasi | “Yosh davrlar pedagogikasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kirirtilgan bo‘lib, 2-kurs 4-semestrda oqitilishi maqsadga muvofiqdir. “Yosh davrlar pedagogikasi” fani va ijtimoiy-gumanitar fanlar turkumiga kiradi va u maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladi. U boshqa fanlarni o‘qitishda asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu kursning asosiy vazifasi talabalarda umumpedagogik bilimlarni shakllantirishdan iborat. |
13 | Sport tadbirlarini moliyalashtirish | “Sport tadbirlarini moliyalashtirish” fani ixtisoslik fanlar blokiga kirirtilgan bo‘lib, o‘quv rejadagi semestrda o‘qitilishi ham maqsadga muvofiqdir. U boshqa fanlarni o‘qitishda asos sifatida xizmat qilishi mumkin. |
14 | Qo‘shimcha fanlar (Boshqaruv psixologiyasi) | “Boshqaruv psixologiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida menejment evolyutsiyasi; boshqaruv ilmining nazariy-tarixiy asoslari; chet el menejment nazariyalari va amaliyoti; sharq mutafakkirlarining boshqaruvchilik faoliyatiga oid ijtimoiy-psixologik qarashlari haqidagi tasavvur va bilimlarga ega bo‘ladi. |
15 | Qo‘shimcha fanlar (Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish turizmi) | “Jismoniy tarbiya va sport sogʼlomlashtirish turizmi» fanini o‘rganishdan maqsad-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va talabalarga aholi sog‘lom turmush tarzini shakillantirishda jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish turizmi o‘rni xaqida bilim va ko‘nikmalar berish. |
16 | Sport tadbirlarini tashkil etish va boshkarish | Talabalarda sport tadbirlari va musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha barcha ta’limi muassasalarining boshqarish tartibi, sport tashkilotlari boshqaruvi masalalari, O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida tashkil etiladigan barcha turdagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport shuningdek barcha muassasalarning sport-musobaqa faoliyatini to‘g‘ri olib borishni o‘rgatishdan iborat. |
17 | Tanlov fanlari (kadrlar menejmenti va merketingi) | “Kadrlar menejmenti va marketingi» fanini o‘rganishdan maqsad-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va talabalarda O‘zbekiston Respublikasida jahon tajribasi va davlat siyosati asosida davlat iqtisodiyotini rivojlantirishni belgilovchi mehnat resurslaridan samarali foydalanish muammolari hamda xodimlarni boshqarish vazifalarini belgilash va hal etishga uslubiy yondashuvni shakllantirish. |
18 | Tanlov fanlari (sport sohasida ilmiy tadqiqotlar) | Ilmiy tadqiqotning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ilmiy xodimning tanlangan mavzu bo‘yicha ishga qay tarzda kirishishiga, material yig‘ishni qanday tartibda olib borishiga, uni qanday qilib tizimga solib, tahlil qilishi va, nihoyat, bajarilgan ish natijalarini qay tariqa taqdim etishiga bog‘liq. |
19 | Umumiy psixologiya va sport psixologiyasi | Sport psixologiyasi – psixologiya fanining amaliy sohasi sifatida. Sport psixologiyasining taraqqiyoti. Sport psixologiyasining predmeti va ob’ekti. Sport psixologiyasining maqsad va vazifalari. Sport psixologiyasi fanining bugungi holati va istiqbol yo‘nalishlari. Zamonaviy sport psixologiyasi va uning ustuvor yo‘nalishlari. Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun sport psixologlarini tayyorlashning dolzarb muammolari. |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh. | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ish mavzusi |
1 | Ravshanov G‘olib Xamrokulovich | O‘qituvchi | Asosiy gimnastika vositalari orqali 16-18 yoshli o‘spirinlarning harakat tayyorgarligini takomillashtirish |
2 | Abdullaev Ilxom Xushnudovich | O‘qituvchi | Jismoniy tarbiya bo‘yicha akademik littsey o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi jarajasini baholashni farqlash |
3 | Murodov Kamoliddin Nuritdinovich | O‘qituvchi | Erkin kurashda maxsus trenajerlar va mashklardan foydalanish asosida kurashchilarning kuch chidamliligini rivojlantirish texnologiyasi |
4 | Karimova Nargiza Xudoyberganovna | O‘qituvchi | Suzish mashg‘ulotlari orqali xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasi |
5 | Davidov Bobur Baxodir | Stajyor o‘qituvchi | O‘zbekistonda ommaviy sport tadbirlarini boshqarish va yo‘naltirish tizimini takomillashtirish texnologiyasi |
Mahaliy va xorijiy hamkorliklar bo‘yicha ma’lumot
Kafedra tarkibi
№ | I. F.Sh | Elektron pochta |
1 | Axmatov Maxmud | мailto:mahmud.ahmatov@mail.ru |
2 | Karimov Ulugbek Raximov | ulugbek.karimov0505@gmail.com |
3 | Bakiev Zafar Abdushukurovich | zafar.bakiev@gmail.com |
4 | Ravshanov Golib Xamrokulovich | g.ravshanov@nuu.uz |
5 | Arzibaev Qodirjon Odiljonovich | armwrestling@mail.ru |
6 | Abdullaev Ilxom Xushnoudovich | abdullaevilhom45@gmail.com |
7 | Murodov Kamoliddin Nuritdinovich | mkаmoliddin@gmаil.com |
8 | Karimova Nargiza Xudoyberganovna | nаrgizа.kаrimovа87@mаil.ru |
9 | Muxsinov Shoxjaxon Uygun o‘g‘li | shmukhsinov@gmаil.com |
10 | Davidov Bobur Baxodir o‘g‘li | mistrbab92@gmail.com |
11 | Sobirov Ulug‘bek | rayyonfirdavs7@gmail.com |
12 | Kimsanboev Javoxir | kimsanov@gmail.com |