Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Talabalar kengashi

Talabalar kengashi nizomi

Talabalar Kengashi talabalarni huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida talabalarning vakillik organi, talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hisoblanadi.
Talabalar Kengashi talabalarning universitet faoliyatining talabalarga tegishli eng muhim masalalarini muhokama qilish va hal qilishda ishtirok etish, talabalar hayotidagi dolzarb masalalarni xal qilish, ijtimoiy himoya huquqlarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Talabalarning faolligi, ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va amalga oshiradi.
Talabalar Kengashining asosiy maqsadi talaba-yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning ijtimoiy yetukligi, mustaqilligi va qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, universitetdagi talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, ularning huquq va manfaatlarini ximoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo’lib yetishiga munosib xissa
qo‘shishdan iborat.
Talabalar Kengashi tuzilmasi:
Universitet Talabalar Kengashi raisi Ilmiy kengashga a’zo.
Talabalar Kengashining tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
Universitet Talabalar Kengashi a’zolari 15 kishidan iborat:
Talabalar Kengashi raisi, Talabalar Kengashi raisi o‘rinbosarlari, Talabalar
– Fakultet talabalar kengashi 11 kishidan iborat
-TTJ talabalar kengashlari (tarkibi 9 kishidan iborat.
Tavsiya etilgan nomzodlar TTJda yashaydigan talabalarning vakillari (xar etajdan 10-15 ovoz berish yo‘li bilan saylanadi va tegishli bayonnoma asosida tayinlanadi.