Men, Mavlanova Umida Bahodirovna, 1982-yil 12-avgustda Toshkent viloyati Ohangaron shahrida tug‘ilganman. Millatim — o‘zbek. 2000–2004-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti «Menejment» yo‘nalishida bakalavriat bosqichida tahsil olganman. 2004–2006-yillarda mazkur universitet magistraturasida o‘qishni davom ettirganman. 2006–2020-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Akademik litseyda asosiy ish joyim bo‘yicha bosh hisobchi lavozimida faoliyat yuritganman. Shu bilan birga, o‘rindoshlik asosida pedagogik faoliyat bilan ham shug‘ullanganman. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti «Makroiqtisodiyot» kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqdaman.