Ro’ziyev Shohruhmirzo G’ayrat o’g’li 2001 – yil 2 – martda Navoiy viloyati Karmana tumani Arabxona mahallasida tug’ilgan. 2019 – yil Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unverstiteti Fizika fakultetiga o’qishga qabul qilingan. 2021-2022 yillar O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Olmazor tuman kengashi raisi o’rinbosari, yoshlar masalalari bo’yicha rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2022-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan «Kelajak liderlari» klubi boshqaruv kengashi a’zosi hamda Navoiy viloyati Karmana tumani Yoshlar yetakchilariga rahbar sifatida jamoatchilik asosida biriktirilgan. 2022 – yil Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida maxsus malaka oshirish kursni tamomlagan. 2023 – yil Open doors international olimpiadasida g’olib bo’lib Rossiya Federatsiyasining Milliy yadro tadqiqotlar unvertitetining magistraturasiga grant asosida o’qishga qabul qilingan. Shu unverstitetda 2024-2025 – yillarda muxandis bo’lib ishlagan. 2025 – yil sentyabridan hozirga qadar O’zbekiston Milliy unverstiteti Fizika fakulteti «Yadro fizikasi va astronomiya» kafedrasida stajyor-o’qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.