Ro‘ziyev Shohruhmirzo G‘ayrat o‘g‘li – Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2023-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetini tamomlagan. 2023-yilgi «Open Doors: Russian Scholarship Project» xalqaro olimpiadasi g‘olibi sifatida Rossiya Federatsiyasining Milliy yadro tadqiqotlari universiteti (MIFI) magistraturasiga grant asosida qabul qilingan va 2024–2025-yillarda mazkur universitetda muhandis lavozimida faoliyat yuritgan.
2021–2022-yillarda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Olmazor tuman kengashi raisi o‘rinbosari, yoshlar masalalari bo‘yicha rahbar lavozimida ishlagan. 2022-yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasining maxsus malaka oshirish kursini tamomlagan. 2025-yildan buyon O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti «Yadro fizikasi va astronomiya» kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi sifatida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.