Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni

“Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv

2023-yilning 27-sentabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Buyuk mutaffakir va qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash tog’risida” gi PQ-361-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy universitetida “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda AQSh, Saudia Arabiston, Italiya, Afg‘oniston, Misr, Turkiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Qizg‘iziston, Qozog‘iston, Indoneziya, Malayziya  va Jazoir kabi davlatardan professor-o’qituvchilar, davlat va fan arboblari tashrif buyurdi.

          Ishtirokchilar kunning birinchi yarmida Beruniyni xotirlab, mutafakkir haykali poyiga gullar qo’yishdi. Shuningdek, “Adiblar xiyoboni”da boʻlib, Beruniyning ilmiy me’rosi va uning bugungi kundagi oʻrni toʻgʻrisida suhbat oʻtkazildi.

Tadbirning asosiy qismi O‘zMUda davom etib, tadbirni xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Raima Shirinova ochib berdi.

Xorijiy davlatlardan, xususan, Turkiyaning Dijle universiteti (Turkiya) rektori Mustafa Demirchi, Rossiya davlat tabiiy fanlar universiteti  professori Aleksandr Stolyarov, Kristofor Simone (Italiya) universiteti, Geologiya bo‘limi, KA Foskari Venetsiya universiteti professori Vladimir Andrea Boselli, Misrning Qohira universiteti Sharq tillari va sivilizatsiyasi fakulteti professori Jalal al-Said al-Xavnafiy, Azusa Pasifik universiteti (AQSH) professori Akles Nensi hamda Tillar universiteti (Ozarbayjon) katta o‘qituvchisi Aynura Husainovalar ham mutafakkir olim va u haqidagi tadqiqotlar toʻgʻrisida fikr almashildi.

Konferensiya soʻngida mutafakkir olim Beruniy siymosini abadiylashtirish va uning ilmi me’rosiga bagʻishlangan tadqiqotlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.