Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

AQSh elchixonasi

AQSh elchixonasi vakillari O’zMUda

2023 yil aprel oyida AQSh elchixonasi vakillari Fulbrayt dasturi doirasida  taklif etilgan G’arbiy Michigan Universiteti professori Changshen Heni tanishtirish maqsadida O’zMUga tashrif buyurushdi.

Tashrif davomida professori Changshen He O’zMUda mehnat faoliyati davomida mamlga oshirishni ko’zlagan ishlari haqida hamda O’zbekistondagi ilk tashrifi natijasidagi taassurotlari haqida to’xtalib o’tdi.

O’z navbatida AQSh elchixonasi vakili Harris Lipskomb AQSh elchixonasi tomonidan amalaga oshirilayotgan ta’lim, malaka oshirish va grant dasturlari, xususan UGrad, SUSI, STEM, Fulbright, Hamphery, TechWomen, UniCEN kabi qator dasturlar haqida atroflicha ma’lumot berib o’tdi.


Fulbright Specialist Programme bo‘yicha talabnomalar qabuli boshlandi

2023 yilning 8 noyabridan  Toshkentdagi AQSh elchixonasining ma’lumotiga muvofiq turli bilimlar, ta’lim va fan sohalari bo‘yicha amerikalik mutaxassislarni 2-6 haftagacha bo‘lgan muddatda ekspert va maslahatchi sifatida taklif qilish (Fulbright Specialist Programme) bo‘yicha talabnomalar qabul qilish Jarayoni e’lon qilindi.

• Taklif etilayotgan amerikalik ekspertlar turli mutaxassisliklar, barcha bilim sohalari, jumladan, tibbiyot, muhandislik, aniq fanlar, texnik va gumanitar fanlar (ingliz tii fanidan tashqari) bo‘yicha ekspert va maslahatchilar sifatida taklif qilinishlari mumkin.

• Ushbu loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar Amerika tomonidan qoplanadi, biroq, O‘zbekiston tomoni turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini qoplash orqali o‘zining hissasini qo‘shishi mumkin. Shu bilan birga, mazkur xarajatlarni qoplashning iloji bo‘lmasa, Amerika tomoni xarajatlarning ushbu qismini ham o‘z zimmasiga olish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

• Shuningdek, amerikalik mutaxassislar va ekspertlar bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zamonaviy o‘quv rejalari va o‘quy dasturlarini yaratish, loyihalar ustida birgalikda ishlash, turli bilim sohalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berish va yordam ko‘rsatish uchun taklif qilinishlari ko‘zda tutilgan.

• Amerikalik mutaxassislarni taklif qilish uchun talabnomalarni topshirish muddatlari va tartibi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni quyidagi manzildan olish mumkin:  tashkentfulbright@state.gov

O’zMU olimlari xalqaro konferensiyada ma’ruza o’qidi

 2023-yilli 19-23 oktabr kunlari Markaziy YevroOsiyo tadqiqotlari jamiyati CESS (AQSh) ning  an’anaviy konferensiyasi  AQSh Universitetlar ligasiga kiruvchi Pittsburg  universitetida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada 300 ga yaqin Markaziy YevroOsiyo bo‘yicha mutaxassis olimlar va ekspertlar qatnashib dolzarb mavzular bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etildi.

O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti «Falsafa va mantiq» kafedrasidan falsafa fanlari doktori, professor Shaxnoza Madayeva “O‘zbek identikligi tarixida xanafiya va tasavvuf o‘zaro aloqadorlik mexanizmlarining o‘rni” va falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xurshid Toshov «O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kutubxonalar ularning ijtimoiylashuv omili sifatida» mavzusida taqdimot qilishdi.

  Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv

2023-yilning 27-sentabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi «Buyuk mutaffakir va qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash tog’risida»gi PQ-361-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Milliy universitetida “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirda AQSh, Saudia Arabiston, Italiya, Afg‘oniston, Misr, Turkiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Qizg‘iziston, Qozog‘iston, Indoneziya, Malayziya  va Jazoir kabi davlatardan professor-o’qituvchilar, davlat va fan arboblari tashrif buyurishdi.

Ishtirokchilar kunning birinchi yarmida Beruniyni xotirlab, mutafakkir haykali poyiga gullar qo’yishdi. Shuningdek, “Adiblar xiyoboni”da bo’lib, Beruniyning ilmiy me’rosi va uning bugungi kundagi o’rnib to’g’risida suhbat o’tkazildi.

Tadbirning asosiy qismi O‘zMUda davom etib, tadbirni xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova ochib berdi.

Xorijiy davlatlardan, xususan, Turkiyaning Dijle universiteti (Turkiya) rektori Mustafa Demirchi, Rossiya davlat tabiiy fanlar universiteti  professori Aleksandr Stolyarov, Kristofor Simone (Italiya) universiteti, Geologiya bo‘limi, KA Foskari Venetsiya universiteti professori Vladimir Andrea Boselli, Misrning Qohira universiteti Sharq tillari va sivilizatsiyasi fakulteti professori Jalal al-Said al-Xavnafiy, Azusa Pasifik universiteti (AQSH) professori Akles Nensi hamda Tillar universiteti (Ozarbayjon) katta o‘qituvchisi Aynura Husainovalar ham mutafakkir olim va u haqidagi tadqiqotlar to’g’risida fikr almashildi.

Konferensiya so’ngida mutafakkir olim Beruniy siymosini abadiylashtirish va uning ilmi me’rosiga bag’ishlangan tadqiqotlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

Xorijiy talabalar uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul

2022 yil 20 dekabrdan -2023 yil 10- yanvargacha O‘zbekiston Milliy universitetida xorijiy talabalar uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlari davom etdi.

Qabul davomida universitetning kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti, matematika, fizika, yadro fizikasi va yadro texnologiyalari, psixologiya, lingvistika: rus tili, xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) singari mutaxassisliklariga Kaliforniya davlat universiteti (AQSH), Fizika ilmlari instituti (Fransiya) hamda Xitoy, Rossiya, Filippin va Bangladesh davlatlaridan xorijlik abituriyentlar xujjat topshirishdi hamda ular suhbat asosida universitetga qabul qilindilar.

Shuni taʼkidlash joizki, bugungi kunda universitetda tahsil olayotgan xorijiy talabalarning geografik tomondan yildan-yilga kengayib bormoqda. Ayniqsa birinchi marotaba xujjat topshirgan AQSH, Fransiya, Filippin va Bangladesh davlatlarining xorijiy talabalari O‘zMUning xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinda ekanligi va matematika bo‘yicha QS Subject reytingida Top-500da ekanligini eʼtirof etishdi. Shu sababli ham, universitetning matematika va aniq fanlar yo‘nalishlariga xorijiy abituriyentlar tomonidan talab ortib bormoqda.


2023 yilning  27-28 aprel kunlari AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi  va Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashi tomonidan boshqariladigan UniCEN “AQSh-Markaziy Osiyo universitetlari hamkorlik dasturi”  doirasida «Ilg‘or tadqiqot metodologiyasi» nomli workshop tashkil etildi.

 Workshopda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 40 nafar nomzod ishtirok etdi. Ular orasida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakul’teti «Sotsiologiya» kafedrasi dotsenti, sots.f.n. Xusanova Xayriniso Tayirovna ham ishtirok etdi.

Ishtirokchilar xalqaro reyting va xorijiy grant loyihalarda birgalikda ishtirok etish yuzasidan o’zaro fikrlar almashildi.

 Ishtirokchilar Washington universiteti professori Jay Turner, Xalqaro Westministr universiteti professori Hamid Reza Shahbazkia hamda Akfa universiteti professori Rauf Salohodjaev tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.