AQSh elchixonasi
Representatives of the US Embassy in NUUz
In April 2023, representatives of the US Embassy visited NUUz to introduce Professor Changshen He of Western Michigan University, who was invited as part of the Fulbright program.
During the visit, professor Changshen He spoke about the work he aimed to improve during his work at NUUz and his impressions of his first visit to Uzbekistan.
In turn, the representative of the US Embassy, Harris Lipscomb, gave detailed information about the education, training and grant programs implemented by the US Embassy, in particular, a number of programs such as UGrad, SUSI, STEM, Fulbright, Hamphery, TechWomen, UniCEN. .
Fulbright Specialist Programme bo‘yicha talabnomalar qabuli boshlandi
2023 yilning 8 noyabridan Toshkentdagi AQSh elchixonasining ma’lumotiga muvofiq turli bilimlar, ta’lim va fan sohalari bo‘yicha amerikalik mutaxassislarni 2-6 haftagacha bo‘lgan muddatda ekspert va maslahatchi sifatida taklif qilish (Fulbright Specialist Programme) bo‘yicha talabnomalar qabul qilish Jarayoni e’lon qilindi.
• Taklif etilayotgan amerikalik ekspertlar turli mutaxassisliklar, barcha bilim sohalari, jumladan, tibbiyot, muhandislik, aniq fanlar, texnik va gumanitar fanlar (ingliz tii fanidan tashqari) bo‘yicha ekspert va maslahatchilar sifatida taklif qilinishlari mumkin.
• Ushbu loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar Amerika tomonidan qoplanadi, biroq, O‘zbekiston tomoni turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini qoplash orqali o‘zining hissasini qo‘shishi mumkin. Shu bilan birga, mazkur xarajatlarni qoplashning iloji bo‘lmasa, Amerika tomoni xarajatlarning ushbu qismini ham o‘z zimmasiga olish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.
• Shuningdek, amerikalik mutaxassislar va ekspertlar bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zamonaviy o‘quv rejalari va o‘quy dasturlarini yaratish, loyihalar ustida birgalikda ishlash, turli bilim sohalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berish va yordam ko‘rsatish uchun taklif qilinishlari ko‘zda tutilgan.
• Amerikalik mutaxassislarni taklif qilish uchun talabnomalarni topshirish muddatlari va tartibi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni quyidagi manzildan olish mumkin: tashkentfulbright@state.gov
O'zMU olimlari xalqaro konferensiyada ma'ruza o'qidi
2023-yilli 19-23 oktabr kunlari Markaziy YevroOsiyo tadqiqotlari jamiyati CESS (AQSh) ning an'anaviy konferensiyasi AQSh Universitetlar ligasiga kiruvchi Pittsburg universitetida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada 300 ga yaqin Markaziy YevroOsiyo bo‘yicha mutaxassis olimlar va ekspertlar qatnashib dolzarb mavzular bo‘yicha ma'ruzalar taqdim etildi.
O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Falsafa va mantiq" kafedrasidan falsafa fanlari doktori, professor Shaxnoza Madayeva “O‘zbek identikligi tarixida xanafiya va tasavvuf o‘zaro aloqadorlik mexanizmlarining o‘rni” va falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xurshid Toshov "O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kutubxonalar ularning ijtimoiylashuv omili sifatida" mavzusida taqdimot qilishdi.
Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv
2023-yilning 27-sentabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi "Buyuk mutaffakir va qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash tog'risida"gi PQ-361-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O'zbekiston Milliy universitetida “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Tadbirda AQSh, Saudia Arabiston, Italiya, Afg‘oniston, Misr, Turkiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Qizg‘iziston, Qozog‘iston, Indoneziya, Malayziya va Jazoir kabi davlatardan professor-o’qituvchilar, davlat va fan arboblari tashrif buyurishdi.
Ishtirokchilar kunning birinchi yarmida Beruniyni xotirlab, mutafakkir haykali poyiga gullar qo’yishdi. Shuningdek, “Adiblar xiyoboni”da bo’lib, Beruniyning ilmiy me’rosi va uning bugungi kundagi o’rnib to’g’risida suhbat o’tkazildi.
Tadbirning asosiy qismi O‘zMUda davom etib, tadbirni xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova ochib berdi.
Xorijiy davlatlardan, xususan, Turkiyaning Dijle universiteti (Turkiya) rektori Mustafa Demirchi, Rossiya davlat tabiiy fanlar universiteti professori Aleksandr Stolyarov, Kristofor Simone (Italiya) universiteti, Geologiya bo‘limi, KA Foskari Venetsiya universiteti professori Vladimir Andrea Boselli, Misrning Qohira universiteti Sharq tillari va sivilizatsiyasi fakulteti professori Jalal al-Said al-Xavnafiy, Azusa Pasifik universiteti (AQSH) professori Akles Nensi hamda Tillar universiteti (Ozarbayjon) katta o‘qituvchisi Aynura Husainovalar ham mutafakkir olim va u haqidagi tadqiqotlar to’g’risida fikr almashildi.
Konferensiya so’ngida mutafakkir olim Beruniy siymosini abadiylashtirish va uning ilmi me’rosiga bag’ishlangan tadqiqotlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.
Xorijiy talabalar uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul
2022 yil 20 dekabrdan -2023 yil 10- yanvargacha O‘zbekiston Milliy universitetida xorijiy talabalar uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlari davom etdi.
Qabul davomida universitetning kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti, matematika, fizika, yadro fizikasi va yadro texnologiyalari, psixologiya, lingvistika: rus tili, xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) singari mutaxassisliklariga Kaliforniya davlat universiteti (AQSH), Fizika ilmlari instituti (Fransiya) hamda Xitoy, Rossiya, Filippin va Bangladesh davlatlaridan xorijlik abituriyentlar xujjat topshirishdi hamda ular suhbat asosida universitetga qabul qilindilar.
Shuni taʼkidlash joizki, bugungi kunda universitetda tahsil olayotgan xorijiy talabalarning geografik tomondan yildan-yilga kengayib bormoqda. Ayniqsa birinchi marotaba xujjat topshirgan AQSH, Fransiya, Filippin va Bangladesh davlatlarining xorijiy talabalari O‘zMUning xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinda ekanligi va matematika bo‘yicha QS Subject reytingida Top-500da ekanligini eʼtirof etishdi. Shu sababli ham, universitetning matematika va aniq fanlar yo‘nalishlariga xorijiy abituriyentlar tomonidan talab ortib bormoqda.
On April 27-28, 2023, a workshop titled "Advanced Research Methodology" was organized within the UniCEN "US-Central Asian Universities Cooperation Program" managed by the US Embassy in Uzbekistan and the American Council on International Education.
A total of 40 candidates from Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan and Uzbekistan participated in the workshop. Among them, associate professor of the Department of "Sociology" of the Faculty of Social Sciences of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek, Ph.D. Khusanova Khairiniso Tayirovna also participated.
The participants exchanged opinions on international rating and joint participation in foreign grant projects.
The participants were awarded with certificates by Washington University professor Jay Turner, International Westminister University professor Hamid Reza Shahbazkia and Akfa University professor Rauf Salohodzhaev.