Kafedra 1971 yilda Toshkent Davlat Universitetida “Amaliy matematika va mexanika” fakulteti tashkil topishi munosabati bilan, shu fakultet qoshida akademik N.Y.Satimov rahbarligida «EHMning matematik ta’minoti» (EHMMT) nomi bilan faoliyat boshlagan.
Fakultet va shu jumladan, EHMMT kafedrasi, o‘sha davrda Respublikamiz xalq xo‘jaligining turli sohalarida uchraydigan amaliy masalalarini modellashtirish va boshqaruv masalalarini kompyuter vositasida avtomatlashtirishni amalga oshiruvchi yuqori saviyali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
1992 yildan boshlab kafedra «Hisoblash va avtomatlashtirilgan sistemalarning matematik ta’minoti», 2002 yildan «Programmalash texnologiyalari», 2005 yildan boshlab «Programmalash va tarmoq texnologiyalari» nomi bilan faoliyat olib borgan, 2016 yildan boshlab «Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari», 2024 yildan boshlab “Dasturiy injiniring va sun’iy intellekt” nomi bilan faoliyat yuritadi.
O‘tgan yillar mobaynida kafedraga rahbarlik qildilar:
1971-1972 yy. ,f.-m.f.d., prof. N.Y.Satimov,
1972-1997 yy., f.-m.f.d., prof. B.Kurmanbaev,
1998-2010 yy., f.-m.f.d., prof. A.A.Xaldjigitov,
2010-2016 yy, f.-m.f.n., dots. Sh.F.Madraximov,
2016-2017 yy, t.f.n., dotsent A.X.Ishmuxamedov,
2017-2022 yy, t.f.d., dotsent Sh.F.Madraximov,
2023 yildan ayni paytgacha f.-m.f.n., dots. U.E.Adambayev rahbarlik qilib kelmoqda.
Shu davrgacha kafedrada yuqori ilmiy daraja va unvonga ega mutaxassislar tayyorlangan, xususan fan doktorlari B.Kurmanbaev, I.Mirzaev, U.Y.Yuldashev, A.A.Xaldjigitov, N.A.Ignatev, A.M.Polatov, Sh.F.Madraximovlar va fan nomzodlari M.X.Xakimov, T.T.Imamov, S.M.Gaynazarov, A.M. Ikramov, G‘.Matlatipov, U.E. Adambaev, A.Kalandarovlar, PhDlar: D.Y.Saidov, Q.Xudoyberganov, Y.S.Yusupov, U.Tuliyev, B. Haytqulov, M.Rahimova, Q.Maxarov, D.Nigmanova, E.Navruzovlar yеtishib chiqqan.
Shu kungacha kafedra tomonidan minglab dasturiy ta’minot yaratuvchi mutaxassislar tayyorlangan. Ular davlat tashkilotlarida, banklar va firmalarda IT mutaxassisi sifatida samarali faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra bitiruvchilarining aksariyati pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul va ular orasida ko‘plab fan nomzodli va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar bor. Ular qatorida f-m.f.d., professorlar Sh.U.Nazirov, K.S.Fayazov, M.Tuxtasinov, I.Mirzaevlarni sanab o‘tishimiz mumkin.
Kafedra iqtidorli bitiruvchilarining aksariyati pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul va ular orasida ko‘plab fan nomzodlari va doktorlari etishib chiqqan. Ular qatorida quyidagilarni sanab o‘tishimiz mumkin: f-m.f.d K.S.Fayazov, f-m.f.d. M.Tuxtasinov, f-m.f.d. Sh.U.Nazirov va boshqalar.
Mazkur kafedrada ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan professorlar: I.Mirzaev, U.Yuldashev, B.F.Abduraximov, N.A.Ignatev, Sh.F.Madraximov, dotsentlar: V.B.Buzrukxonov, M.Ikromov, A.Sattorov, T.Imomov, T.Azlarov, N.R.Kadirova, A.A.Abduqodirov, S.S.Gulamovlarni faxr bilan qayd etish mumkin.
Dasturiy injiniring va sun’iy intellekt kafedrasi
Kafedra mudiri
ADAMBAYEV UCHQUNBEK ERKINOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Kafedrada tadbiqiy masalalarni matematik modellashtirish va sun’iy intellektning intuitiv qaror qabul qilish jarayonlarini modellashtirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Tadbiqiy masalalarni matematik modellashtirishda tadqiqot mavzulari – bu izotrop va anizotrop jismlarning plastik deformatsiyalanish jarayonini ifodalovchi tenglamalarni qurish, deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi va plastiklik nazariyasining fundamental muammolari, ya’ni kompozitsion materiallarning chiziqsiz deformatsiyalanish jarayonini ifodalovchi matematik modellarini, xususan, tolali hamda qatlamli kompozitsion materiallar, anizotrop jismlarni chiziqli, nochiziqli matematik va sonli modellarini qurish hamda ularning dasturiy ta’minotini yaratish bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Sun’iy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlarning asosoiy mavzulari – bu obrazlarni anglash masalalarini yechishning noparametrik usullari, ob’ektlarning turli toifadagi alomatlar fazosidagi tavsiflarini son o‘qiga chiziqli va chiziqsiz akslantirish asosida umumlashgan baholarni hisoblash, informativ alomatlar to‘plam ostisini tanlash usullari, informativ alomatlarning minimal to‘plami bo‘yicha ob’ekt-etalonlar bilan qoplamasini qurish orqali o‘rgatuvchi tanlanmani minimallashtirish, kompaktlik o‘lchamini hisoblash, turli toifadagi alomatlar turg‘unlik xossasi asosida latent alomatlarni shakllantirish, tibbiyot, matematik lingvistika va axborot xavfsizligi sohalarida Big Data muammosini yechish, suniy neyron to’rlarini loyihalash masalalari.
Kafedra professor-o’qituvchilari O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan ilmiy-amaliy va innovatsion grantlar tanlovida faol ishtirok etishadi.
Kafedra xodimlari tomonidan bajarilgan ilmiy grantlar:
F-4-64 “Berilganlarni intellektual tahlilida ob’ektlarning umumlashgan baholarini va individual metrikalarini hisoblash usullarini yaratish va asoslash” Ilmiy rahbar professor Ignatev N.A. (2013-2017 yy.);
OT-Atex-2018-224 – “Yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi va kolorekal saratonining rivojlanishi, kechishi va oqibatlarini prognoz qilish, hamda etiopatogenez va tavakkalchilik faktorlarini inobatga olgan holda diagnostikani amalga oshirish va davolashning axborot modelini ishlab chiqish”. Ilmiy rahbar professor Ignatev N.A. (2018-2020 yy.);
A-OTM-2020-2 “O‘pka sili va bronxial astmasi bor bemorlarda o’pka aspargilezini bashorat qiluvchi va tashxislovchi intellektual dasturiy mahsulot yaratish”. Ilmiy rahbar professor Ignatev N.A. (2020-2021 yy.).
S-204 “Matnli hujjatlarni mazmunli tahlili uchun intellektual tizim yaratish”. Ilmiy rahbar dotsent D.Y.Saidov (2023-2024yy)
S-204 “Sun’iy intellekt yordamida homiladorlikning erta davridagi homiladorlik qandli diabeti rivojlanish xavfini baholash”. Ilmiy rahbar PhD U.Y.Tuliyev. (2023-2024)
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan moliyalshtirilgan Б-2023-41 “HBV infeksiyasidan kelib chiqadigan jigar sirrozi va gepatokarsinomani erta tashhislash uchun matematik modelini yaratish”. Ilmiy rahbar professor Sh. F. Madraximov (2023-2024yy.)
Professor A.M.Polatov rahbarligida 05.01.07- “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” sohasida ilmiy faoliyat olib boradi. Kafedrada “Tadbiqiy masalalarni yechishning matematik va sonli usullari” mavzusidagi seminar muntazam amal qilmoqda. Unda kafedra doktorantlari o‘z ilmiy natijalarini bo‘yicha ma’ruzalar qilishadi, dissertatsiyalar muhokama qilinadi.
Doktorlik dissertasiyalari himoyalari: Kurmanbaev B. (1992 y.), Ignat’ev N.A. (2005 y.), Polatov A.M. (2016 y.), Madraximov Sh.F. (2020 y.),
Nomzodlik dissertasiyalari himoyalari: Gaynazarov S.M. (1994 y.), Abduqodirov A.A. (1994 y.) Madraximov Sh.F. (1994 y.), Rasulov S. (1994 y.), Matlatipov G‘. (2001 y.), Ikramov A.M. (2005 y.), Adambaev U.E. (2008 y.), Yuldashev R. (2009 y.), Eshmurodov Sh. (2010 y.) .
PhD dissertasiyalari himoyalari: Saidov D.Yu. (2018y.), Qalandarov A.A. (2018y.), Xudaybergenov K.K. (2020 y.), Yusupov Yu.S. (2021y.), Hayitqulov B.H. (2021y.), Tuliyev U.Yu. (2023y.), Rahimova M.A. (2023), Maxarov Q.T. (2024y), Jumaniyozov S.P. (2024 y.), Nigmanova D.B. (2024 y.), Navruzov E.R.(2024 y.).
Kafedra a’zolari Respublika va xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy ishlarini chop etishadi, ilmiy anjumanlarda qannashishadi.
Кафедра ходимларининг илмий натижалари қуйидаги монографияларда ўз аксинини топган:
- Игнатьев Н.А. Обобщенные оценки и локалные метрики объектов в интеллектуалном анализе данных. Монография. – Ташкент: Издательство «Университет», 2014.
- Мадрахимов Ш.Ф., Хуррамов А.Х. Умумлашган кўрсаткичлар ва улардан билимларни шакллантиришда фойдаланиш. Монография, Қарши: Қарши давлат университети, 2014.
- Игнатев Н. А. Интеллектуалный анализ данных и гипотеза о компактности классов. Меры компактности, критерии оценок. Палмариум Аcадемиc Публишинг, Саарбрюккен, 2016.
- Ишмухамедов А.Х Моделирование оценки надежности управления системой связи. LAP LAMBERT Academic Publishing RU,
- Полатов А.М, Компютерное моделирование волокнистых материалов МКЭ. Монография. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2018.
- Икрамов А.М. Конечноэлементное моделирование трехмерных упругопластических задач. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2018.
- Ишмухамедов А.Х Моделирование оценки надежности управления системой связи. LAP LAMBERT Academic Publishing RU-2019.
- Хакимов М.Х. Технология многоязыкового моделируемого компьютерного переводчика. ЛАМБЕРТ. Academic Publishing, 2019.
- Халджигитов А.А., Қаландаров А.А., Юсупов Ю.С. «Связанные задачи термоупругости и термопластичности», “Фан ва технологийа”, 2020.
- Мадрахимов Ш.Ф. Системы обнаружения скрытых закономерностей на базе методов вычисления обобщенных оценок. Монография // Ташкент, «МУМТОЗ СЎЗ» 2021.
- Марахимов А.Р., Худайбергенов К.К. Структурно-параметрический синтез нейросетевых моделей для задач интеллектуалного анализа данных и распознавания образов. // Монография. – Ташкент: «МУМТОЗ СЎЗ» 2021.
- Ҳайитқулов Б.Х. Алгоритмы и численное моделирование процесса управления распространения тепла и разрешения конфликта. 22.04.2022 Ўзбекистон миллий университети қошидаги илмий – техник кенгашнинг №4-сонли баённомаси. FAN ZIYOSI.
- Gaynazarov S.M. Математическое моделирование динамических процессов в грунтовых сооружениях. Монография. – Т: «Ma’rifat», 2023. 116 стр.
KAFEDRA YUTUQLARI
- Talabalar hayoti va ularning yutuqlari (o‘quv va ilmiy sohalardagi yutuqlari, nomdor stipendiyalar sohiblari)
№ | F.I.Sh. | Erishigan yutuqlar | Rahbari |
1. | Rustam Qosimjonov | – Shahmat bo‘yicha Osiyo chempioni (1998 y.)
– Shahmat bo‘yicha Jahon chempionati kumush medal sohibi (1999 y.) – FIDE yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni (2004 y.) |
Prof. Madrahimov Sh.F. |
2. | Nodira Nodirjonova | Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempioni (2017 y) | prof. A.Polatov |
3. | Maxarov Qodir Tolkunovich | Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori (2009 y.) | Prof. Madrahimov Sh.F |
4. | Ibrohimova Zulayxo Ergash qizi | Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori (2010 y.) | Prof. Hakimov M.X. |
5. | Raximova Mehribonu Akrom qizi | Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori (2011 y.) | Dots. Maxarov T.A. |
6. | Abdikamalov Askar Baxtiyarovich | O‘zR Prezident davlat stipendiyasi sovrindori (2015 y.) | Dots.Gaynazarov S.M. |
7. | Usmonov Maxsud Tulqin o‘g‘li | «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sovrindori (2023 y.) | Dots.Haytqulov B.H. |
8. | Abdurasulova Oydin Shuhratovna | O‘zR Prezident davlat stipendiyasi sovrindori (2024 y.) | Dots.Adambayev U.E. |
- Xalqaro va respublika nufuzli tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar
Professor M.X. Hakimov 2001 yilda “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 10 YIL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Kafedrasi o‘qituvchisi A.A.Djamirzaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17 maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Kafedrasi o‘qituvchisi A.A.Djamirzaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 iyuldagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 25 YIL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Dosent M.X. Hakimov 2007 yilda “Inglizcha-ruscha-o‘zbekcha komp’yuter ilmi bo‘yicha izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanmasi «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv qo‘llanmasi muallifi» Respublika tanlovining g‘olibi sifatida II darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlangan.
2014 yilda dosentlar Hakimov M.X., Gaynazarov S.M. “Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari” nomli oliy o‘quv yurtlari uchun darsligi «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv qo‘llanmasi muallifi» Respublika tanlovining g‘olibi sifatida I darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlangan.
2018 yilda Hakimov M.X. va 2021 yilda Polatov A.M. International Academy of Injineering (Xalqaro Muxandislar Akademiyasi)ning muxbir a’zoligiga saylanganlar.
Kafedrasi o‘qituvchisi R.X.Baxromov 2020 yilda Koronavirus pandemiyasi davrida fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarning mehnatini e’tirof etish, ularni rag‘batlantirish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2020 yil 26-maydagi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi PF-5999-son Farmoniga asosan, pandemiyaga qarshi kurashish, aholi salomatligini muntazam ravishda muhofaza qilib borishda jonbozlik ko‘rsatgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan o‘z kasbining chinakam fidoyi xodimi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra tayanch doktoranti Raximova Merbonu Akrom qizi Xalqaro yosh olimlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «MDHning eng yaxshi yosh olimi – 2021» loyihasida oltin medal va 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2023 yilda professor Polatov Asxad Muxamedjanovich O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab – quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan “MEHNAT FAXRIYSI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2024 yilda katta o‘qituvchi Nig‘manova Dilobar Baxramovna Qozog‘istonning “Bobek umummilliy harakati” assotsiatsiyasi tomonidan “ЛУЧШИЙ УЧЁНЫЙ ГОДА -2024” ko‘krak nishoni va 1-darajali Diplom bilan taqdirlangan.
Xalqaro hamkorlik
Uzbek Content