Kafedra mudiri
FATXULLAYEVA ZILOLA MAMIRJANOVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
«Geodinamika va tektonika» kafedrasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “Oʼzbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisi” dagi PQ – 2527-son Qarori hamda universitet Kengashining 2016 yil 14 maydagi 10-sonli navbatdan tashqari majlisi qarori asosida tashkil etilgan.
Kafedra professori X.A.Toychiev rahbarligida bir necha amaliy grantlar bajarilmoqda.
- “Sozdanie mejdissiplinarnogo, mnogofunksional’nogo sentra komp’yuternogo modelirovaniya 3D Geomodelirovanie” mavzusi bo‘yicha Ministerstvo innovasii respubliki Uzbekiston bilan hamkorlikda 200000 dollarlik Xalqaro grant.
- Grant F3 “GIS texnologiyalaridan foydalangan holda geodinamik jarayonlar va xodisalarni modellashtirish (Chirchiq daryosi vodiysining alohida uchastkalari misolida)” mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayapti.
- UZB-Ind-2021-79 “Masofadan zondlash asosida O‘zbekiston tog‘ tizmalaridagi muzliklarning degradasiya jarayoni dinamikasini o‘rganish” mavzusida Xindiston bilan hamkorlikda xalqaro grant bajarilayapti.
Kafedra tarkibi
Toychiyev Xodjiakbar Xxx
Professor
Batafsil
Ziyomov Bobur Ziyomovich
Dotsent
Batafsil
Tadjibayeva Nodira Ruziyevna
Dotsent
Batafsil
Miraxmedov Tolkun Djurayevich
Dotsent
Batafsil
Raxmatullayev Jasurbek Farxod o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Abdullayeva Muhayyoxon Akramovna
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Xolmirzayev Ma’murjon Janazakovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Usmanaliyev Esanali Abduganiyevich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Panchenko Aleksandr Yevgenevich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Mirfayziyeva Fatima Baxromovna
Assistent
Batafsil
G‘apurov Mirshod Farhod o‘g‘li
Assistent
Batafsil
Jo‘rayev Fayyoziddin Xolboy o‘g‘li
Assistent
Batafsil
Ilmiy faoliyat
| T/r |
Tadqiqotchi professor-о‘qituvchining F.I.SH |
Tayanch doktorant yoki mustaqil izlanuvchi |
Dissertatsiya ishining mavzusi |
| 1 |
Moyliyev Maruf Shodmonovich |
PhD doktorant |
Markaziy Bukantov oltin maʼdanlarining moddiy tarkibi, joylashuv xususiyatlari va qidiruv belgilari |
| 2 |
Rahmatullayev Jasur Farxod o’g’li |
PhD doktorant |
Yangi Davon va Tashkan oltin maʼdanli konlarining moddiy tarkibi va morfologik xususiyatlari |
Xalqaro hamkorlik
Gidrogeologiya va geodinamika kafedrasi M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti bilan samarali va barqaror xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mazkur universitetning nufuzli olimlari kafedra faoliyatida muntazam ishtirok etib kelmoqda. QS World University Rankings xalqaro reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan ushbu universitet bilan hamkorlik kafedraning xalqaro ilmiy-akademik salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Jumladan, Veselovskiy Roman Vitalevich hamda Pozdnyakov Sergey Pavlovich bir necha bor kafedraga tashrif buyurib, talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar uchun ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va mutaxassislikka oid seminarlar o‘tkazdilar. Ularning gidrogeologiya, geodinamika va zamonaviy geoekologik tadqiqotlar sohasidagi boy ilmiy tajribasi o‘quv jarayonini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur hamkorlik natijasida kafedrada xalqaro tajriba almashinuvi muhiti shakllanib, talabalarning ilmiy dunyoqarashi kengaymoqda, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar sifati va amaliy ahamiyati yanada yuksalmoqda. Bu esa kafedraning xalqaro akademik integratsiya jarayonlaridagi o‘rnini mustahkamlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan barqaror hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ham xalqaro ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, N. Tadjibayeva Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etib, “O‘zbekiston Respublikasi hududida gidrogeodeformatsion maydonni o‘rganish” mavzusida ilmiy taqdimot bilan qatnashdi. Mazkur ma’ruza konferensiya ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, O‘zbekistonda olib borilayotgan zamonaviy gidrogeologik va geodinamik tadqiqotlarning xalqaro miqyosdagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Bunday xalqaro hamkorliklar kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga joriy etish, shuningdek, yosh olimlarni xalqaro ilmiy muhitga keng jalb qilishda muhim o‘rin tutmoqda.

