Kafedra mudiri
LATIPOVA NODIRA MUXTARJANOVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
O‘zbekiston Milliy universitetining 2017 yil 28 sentabrdagi 2-sonli Ilmiy Kengashida Ijtimoiy ish kafedrasi tashkil etilishi to‘g‘risida qaror qilinib, universitetning 2017 yil 21 oktabrdagi № 01-598 sonli bo‘yrug‘i bilan tashkil etildi. 2017 yilning 21 oktabridan boshlab kafedrada Ijtimoiy ish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura mutaxassisliklarida kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilar talabalarga ta’lim berib kelmoqdalar.
“Ijtimoiy ish” kafedrasi ijtimoiy ish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda o‘quv-uslubiy faoliyatni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Joriy o‘quv yilida Ijtimoiy ish ta’lim yo’nalishi balaklavriat bosqichida jami 764 nafar (Kunduzgi shaklida 238 nafar, Sirtqi shaklida 350 nafar, masofaviy shaklda 122 nafar) talaba, magistratura bosqichida 37 nafar, masofaviyda 17 nafar talaba tahsil olmoqda.
2025/2026 o‘quv yilida Ijtimoiy ish kafedrasi asosiy shtatda jami 11 nafar prof-o’qituvchilar, 9 nafar prof-o’qituvchilar yaqin o‘rindoshlik asosida, 3 tashqi o‘rindoshlik asosida professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek o‘tgan o‘quv yilida xorijdan 8 nafar, joriy yilda 10 prof-o‘qituvchilar dars jarayonlariga jalb qilindi. Bundan tashqari kafedrada 2 nafar tayanch doktorant, 10 nafar mustaqil izlanuvchi mavjud.
O‘tgan 5 yil davomida kafedra prof-o’qituvchilari va izlanuvchilari tomonidan 250 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 8 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 8 ta monografiya, 200 dan ortiq mamlakatimiz va xorijiy yetakchi jurnallarda maqolalar chop etilgan.
Bugungi kunda:
- 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi
- 2.Toshkent shahar “Taskin” bolalar xospisi
- 3.Toshkent shahar Bolalar uyi
- 4.“Ishonch va hayot” nodavlat notijorat tashkiloti
- 5.O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash vazirligi
- 6.Olmazor tumani 100-sonli ixtisoslashgan maktab internati
- 7.O‘zbekiston ekologik partiyasi
- 8.“Sharoit plyus” nogironlar jamoat birlashmasi
- 9.Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
- 10.Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limi
- 11.Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
- 12.Toshkent shahar sudi
- 13.“Ijtimoiy himoyaga muxtoj, inqirozga uchragan yoshlarni, shu jumladan nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy inklyuziyasi” loyihasi
- 14.Respublika bolalar ijtimoiy moslashtirish markazi
- 15.“Umidvorlik” nogironligi bor bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash markazi
- 16.O‘zbekiston nogironlar assosiasiyasi
- 17.O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
- 18.“SOS” O‘zbekiston bolalar mahalalari” uyushmasi
- 19.Samarqand davlat universiteti
- 20.Samarqand viloyati ijtimoiy ish maktabi Assosiasiyasi
- 21.“Muruvvat” nogiron bolalar uchun 1-son internat uyi
- 22.“Istiqbolli avlod” tashubbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish markazi
- 23.“Nihol” tashubbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish markazi
- 24.”Ro‘y-Rost” MCHJ bilan bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Kafedraga hozirgi kunda sotsiologiya fanlari doktori, professor N.M.Latipova mudirlik qilib kelmoqda.
Kafedra tarkibi
Ziyayeva Xolida Omonqul qizi
Dotsent
Batafsil
Abduxalilov Abdullo Abduxamitovich
Dotsent
Batafsil
Abduvaliyeva Mumtozxon Asilbekovna
Dotsent
Batafsil
Jurayeva Halima Alisher qizi
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Xolmurodov G‘ulom O‘tkir o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Axmedov Qaxramon Abdulxamid o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Egamova Ozodaxon Saydamqul qizi
Stajer-o‘qituvchi
Batafsil
Azlarova Iroda Raxmat qizi
Stajer-o‘qituvchi
Batafsil
Mahsudova Azizaxon Muxtorxon qizi
Stajer-o‘qituvchi
Batafsil
Murodov Mashrab Yoqub o‘g‘li
Assistent
Batafsil
Xamidova Fariza Shuxrat qizi
Assistent
Batafsil
Yusupova Sevara Nosirjon qizi
Assistent
Batafsil
Rashidova Shahnoza Bahodirovna
Assistent
Batafsil
Ilmiy faoliyat
Ijtimoiy ish kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Ehtiyojmand oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ishning o‘ziga xosligi” ilmiy mavzusi ustida ish olib borishadi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilarining alohida o‘z ilmiy mavzulari bo‘lib, o‘z ijodiy ishlari bilan faoliyat olib boradi.
Ilmiy yutuqlar va natijalar
Kafedra tomonidan so‘nggi yillarda sezilarli ilmiy natijalarga erishildi, jumladan:
1.PZ-2017092819 “Aholining zaif guruhlari uchun talaba yoshlardan volontyorlarni tayyorlash va takomillashtirish” loyihasi,
2.«A-OT-2021-61 “Oilalarga sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun mobil ilova yaratish (Создание мобильного приложения для оказания качественных и оперативных социалных услуг семьям)” loyiha,
3.F73/2025 “Volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash: o‘zaro yordam va jamiyatga xizmat” loyihasi.
4.”Giyohvandlikga qaramlikni davolash maqsadida NNTlar va ijtimoiy ishning rivojlanishi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash” bo‘yicha SOLID loyihasi.
5.Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorligida “O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasida ta’lim sifatini oshirish va amaliyotini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro loyiha,
6.2025 yilning dekabr oyida 2026 yilning may oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan hamkorlikda “Ijtimoiy ish sohasidagi professor-o‘qituvchilar va bolalar himoyasi mutaxassislari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi” tashkil etildi va kafedraning professor-o‘qituvchilari trener sifatida jalb etildi.
ILMIY TADBIRLAR
Ijtimoiy ish kafedrasi tomonidan Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar muntazam o’tkazib kelinmoqda.
2023 yil 21 oktyabr «Ijtimoiy sohani rivojlantirishning zamonaviy trendlari» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
2024 yil 17 may “Inson kapitali ijtimoiy davlatni barqaror rivojlantirish omili sifatida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
2025 yil 22 oktyabr kuni “Ganiyeva Ma‘rifat Xabibovnaning ilmiy maktabini rivojlantirish konsepsiyasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Kafedra faoliyatida ilmiy seminarlar, davra suhbatlari, ochiq ma’ruzalar va konferensiyalar muntazam o‘tkazib boriladi. Ushbu tadbirlar ilmiy muhitni rivojlantirish va akademik almashinuvni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.
Doktorantura ixtisosliklari:
- 22.00.02-Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi
- Tayanch doktorantlar
- Teshaev D.M.
- Kadiradjieva L.B.
- Mustaqil izlanuvchilar
- Abduvoxidova M.D.
- Azizbekova N.
- Muxammadieva N.M.
- Izzatov D.
- Negmatova F.B.
- Allanzarov B.M.
Xalqaro hamkorlik
Kafedrada xorijlik professor-o‘qituvchilarni taklif etgan holda uslubiy
va amaliy seminarlar faol o‘tkazilmoqda.
Montaev Ardak Bazarbekovich – Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti, 4.12.2024dan 25.12.2025 yilgacha hamda 24.04.2025 dan 26.05.2025 yilgacha jamoatchilik asosida 16 soat Aholini turli guruhlari bilan ijtimoiy fanidan ma’ruza mashg‘uloti olib bordi.
Daribaeva Raushan Dosqulovna – Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti, 4.12.2024dan 25.12.2025 yilgacha hamda 24.04.2025 dan 26.05.2025 yilgacha jamoatchilik asosida 16 soat Ijtimoiy ish nazariyasi fanidan ma’ruza mashg‘uloti olib bordi.
Kadыralieva Altыnay Mustafa qizi – Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti, 4.12.2024dan 25.12.2025 yilgacha hamda 24.04.2025 dan 26.05.2025 yilgacha jamoatchilik asosida 16 soat Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish fanidan ma’ruza mashg‘uloti olib bordi.
Gelyasina Yelena Vladimirovna – Belarusiyaning P.M.Masherova nomidagi Vitebskiy davlat universiteti dotsenti, 4.12.2024dan 25.12.2025 yilgacha hamda 24.04.2025 dan 26.05.2025 yilgacha jamoatchilik asosida 16 soat Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish fanidan ma’ruza mashg‘uloti olib bordi.
2025 yilning 7 oktabr kuni Germaniyaning Nurnberg texnika universiteti vakillari, SOLID dasturi asosida O‘zbekiton Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti, Ijtimoiy ish kafedrasiga tashrif buyurdi.
Ijtimoiy ish kafedrasi o’qituvchilari SOLID dasturi doirasida ish boshlashdi. SOLID darsturi BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan bo‘lib loyihaning uchta asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lmish: Ijtimoiy ish va psixofaol moddalarni iste’mol qilishga oid buzilishlar va Ijtimoiy ish va infeksion kasalliklar (OIV) yo‘nalishiga doir, “Giyohvandlikka qaramlikni davolashda Ijtimoiy ishning rivojlanishi bo’yicha hamkorlikni mustahkamlash: SOLID loyihasi tajribasi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida Dr.Ulla Pape va Dr.Katarzyna Kowalczyk ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari hamda magistrlari kasbiy kompetensiyasi rivojlantirildi va mavzu doirasida xaqlaro tajribalar natijalari taqdimoti o‘tkazildi.
2025 yil 20-21 noyabr kuni SOLID loyihasi ishtirokchilari (Nyurnberg TH) Katarzyna Kowalczyk, Larissa Steimle, Ulla Pape) seminar-trening tashkillashtirildi.
2024-2025 o‘quv yilida Qozog‘istondan 1 talaba,
2025-2026 o‘quv yilida Tojikistondan 1 talaba akademik almashinuvga keldi.