O‘zbekiston tarixi kafedrasi – 1938 yilda tashkil topgan. Dastlab O‘rta Osiyo tarixi kafedrasi deb nomlanib, unga t.f.n. prof. K.YE.Jitov rahbarlik kilgan.
Ikkinchi Jahon urushi yillari kafedra hayotida bir qator professor-o‘qituvchilar frontga ko‘ngillilar qatorida jo‘nab ketishgan. O‘sha davrda front uchun zarur bo‘lgan askar tayyorlashga kirishgan, gospitallarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan. 1942 yilda O‘zbekistonga Moskva, Leningrad va boshqa shaharlardan ko‘plab olimlar, professor-o‘qituvchilar evakuatsiya qilinib, o‘quv jarayonga jalb qilingan va aynan shu paytdan, 1942 yil fevral oyidan boshlab kafedrani SSSR Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi A.Y. Yakubovskiy boshqargan.
1949 yilda kafedra a’zolari ishtirokida urushdan keyingi yillarida birinchi marotaba talabalar ilmiy ishlari to‘plami ham nashr etildi va kafedra professor-o‘qituvchi va talabalari uchun doimiy an’anaga aylandi. 1953 yilni yanvar oyidan boshlab “Tarix fakulteti olimlari asarlari» ruknida doimiy ravishda ilmiy- uslubiy to‘plamlar chiqa boshladi. 1962 yildan boshlab kafedra O‘zbekiston xalqlari tarixi deb nom oladi. O‘z ilmiy-uslubiy, o‘quv, tarbiyaviy faoliyatini yuqori saviyada davom ettirgan holda, 1966 yilda Toshkent zilzilasida zarar ko‘rgan universitet binolarini tiklashda, qayta ta’mirlashda va boshqa tadbirlarda kafedra professor-o‘qituvchilari faol qatnashishdi.
1991 yildan boshlab malakali tarixchi-mutaxassis tayyorlashda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Universitet asoschilari bo‘lmish jadidlar g‘oyalarini amalga oshirish maqsadida Vatanimiz tarixini dolzarb masalalarni tadqiq etishga qaratgan. Birinchi navbatda, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va o‘quv fan dasturlariga o‘zgarishlar kiritildi va ilgari o‘qitilmagan va o‘qitishga imkoniyat bo‘lmagan yangi fanlar o‘quv jarayoniga joriy etildi. 2011 yil 1 dekabrdan “Tarix”, 2014 yil fakultetlararo “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi bilan birlashtirilgach, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi deb qayta nomlangan. 2021 yilda kafedra tarkibidan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi ajralib chiqdi. Kafedrada turli yillarida yirik olimlar akademik A.R.Muxammadjonov, prof. G.G. Xolliyev, prof. A.A. Golovanov, prof. V.L.Gentshke, prof. X.G‘ulomov, Z.Choriyev, G.Machin, Z.Mustafayevlar faoliyat ko‘rsatgan.
O‘zbekiston tarixi
Kafedra mudiri
XOLIKULOV AXMADJON BOYMAXAMMATOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Professor
Qabul kunlari:
Dushanba, Chorshanba, 09:00 – 17:00
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
| № | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
| 1 | Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich | t.f.n., dotsent | XIX – XX asr boshlarida Qashqadaryo bekligi |
| 2 | Musaev Nuriddin Umirzoqovich | t.f.d., professor | XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi |
| 3 | Yunusova Xurshida Erkinovna | t.f.d., professor | XX asr 80-yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ma’naviy hayot |
| 4 | Ishanxadjaeva Zamira Raimovna | t.f.d., professor | Sovet hokimyati qatag‘onlik siyosatining O‘zbekiston madaniy hayotiga ta’siri |
| 5 | Kobzeva Olga Petrovna | t.f.d., professor v.b. | Velikiy Shelkovыy put: analiz problem i perespektiv izucheniya |
| 6 | Siddikov Ravshan Berdimurotovich | t.f.n., dotsent | Globallashuv sharoitida O‘zbekistonda oliy ta’limni isloh qilinishi va rivojlanishi (1991-2021) |
| 7 | To‘xtabekov Kozimbek Azimbekovich | t.f.n., dotsent | Chor Rossiyasining Birinchi jahon urushi yillarida Turkiston o‘lkasida o‘tkazgan iqtisodiy siyosatining mustamlakachilik mohiyati |
| 8 | Zamonov Akbar Turgenovich | t.f.f.d.(PhD), dotsent | Abdullaxon hukmronligi davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti |
| 9 | Xudoykulov Urol Karimovich | t.f.n., dotsent | O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida yengil, oziq-ovqat sanoati tarixi (1980-1990 yillar) |
| 10 | Norbekov Abdukomil Vafaevich | t.f.n., dotsent | O‘zbekistonda qishloq madaniy muassasalarining rivojlanishi va aholini ma’naviy tarbiyalashdagi o‘rni (1989-2000 yy) |
| 11 | Baltabaeva Manzuraxon Mirzajanovna | t.f.f.d.(PhD), dos. v.b. | O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodi va siyosiy jarayondarning yangi bosqichida qotin-qizlar ishtiroki (2017 yildan hozirgi kungacha |
| 12 | Tog‘aev Jasur Erkinovich | t.f.f.d.(PhD), katta o‘qituvchi | Bronza va ilk temir davri tarixiy rekonstruksiyasi masalalari (Janubiy O‘zbekiston misolida) |
| 13 | Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich | katta o‘qituvchi | Milliy g‘oya rivojida tarixiy ong va tafakkur omili |
| 14 | Usarov Umidjon Abdumavlyanovich | katta o‘qituvchi | Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasidagi yer-suv munosabatlariga oid siyosati |
| 15 | Alinazarova Dildora Valisherovna | katta o‘qituvchi | Stanovlenie i razvitie periodicheskoy pechati v ferganskoy doline (kones XIX veka – 80-ye godы XX veka) |
| 16 | Muxammadiev Raxmon Rashidovich | o‘qituvchi | O‘zbekiston SSR dagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda Usmon Yusupovning tutgan o‘rni (1931-1966 yy.) |
| 17 | Primov Muhiddin Omonovich | o‘qituvchi | 1924-1990 yillarda O‘zbekistonda kartografiya tarixi: holati, bosqichlari va muammolari |
| 18 | Shakirov Ilyas Raximzyanovich | o‘qituvchi | Istoriya sotrudnichestva Uzbekistana i Singapura (1991-2020) |
Kafedra olimlari hammuallifligida bir qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy qo‘llanmalar nashr etilib, amaliyotga joriy etib kelinmoqda. So‘nggi yillarda kafedra a’zolari tomonidan “O‘zbekiston tarixi” darsligi (Mualliflar jamoasi), “O‘zbekistonda yer-suv munosabatlari” (qadimgi davrdan – XV asrgacha) 1–qism. o‘quv qo‘llanmasi (Xolikulov A.B.), “История узбекской государственности” (Kobzeva O.P., Siddiqov R.B.), “История Узбекистана” (Kobzeva O.P., Alinazarova D.V.) o‘quv qo‘llanmasi, “Fan va texnika tarixi” (D.V. Alinazarova, F.A.Akramova) o‘quv qo‘llanmasi, “O‘zbekiston tarixi” (O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixi) o‘quv qo‘llanmasi (X.E.Yunusova., U.Usarov), “Tarbiya” o‘quv qo‘llanmasi (A.Narbekov), “O’zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning nazariy konseptual masalalari” o‘quv qo‘llanmasi (2-qism)” (M.Baltabayeva), “O‘zbekistonda xarbiy ish tarixi” o‘quv qo‘llanmasi. (Egamberdieva G.A., Djuraeva S.N), “O‘zbekiston tarixi. 4-qism. XIX asr o‘rtalari – XX asr boshlari. (Seminar mashg‘uloti va mustaqil ta’lim mavzularini mustahkamlash uchun) (U.Usarov) uslubiy qo‘llanmasi, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi. 1-qism. (Eng qadimgi davrdan – XIV asr birinchi yarmigacha)” (U.Usarov) uslubiy qo‘llanmasi, “O‘zbekistonda yer-suv munosabatlari (XIX asr o‘rtalari–XX asr boshlari” (U.Usarov) uslubiy qo‘llanmasi, “Buxoro xonligi tarixi” (A.Zamonov) o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, “Raqamli tarix (seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha)” (J.Tog‘ayev) uslubiy qo‘llanmasi, “Buxoro amirligi tarixi” (A.Zamonov, A.Egamberdiyev) uslubiy qo‘llanmasi, “История Узбекистана” (Эгамбердиева Г.А. ва бошқ.) o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, “Bibliografiya. Anatoliy Sagdullayev” (J.Tog‘ayev) risolasi, “Репрессивная политика советской власти и культура Узбекистана: трагедия выживания” (Z.R.Ishanxodjayeva), “Узбекистан в условиях колониализма и советского тоталитаризма” (Z.R.Ishanxodjayeva), “Rights and freedom of women, all-sided support of their activities in the field of business: the experiment of Uzbekistan” (M.Baltabaeva), “Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasidagi yer-suv munosabatlariga oid siyosati” (U.Usarov), История периодической печати в Ферганской долине (конец XIX – последняя четверт XX века) (Алиназарова Д.В.), “Karmanalik tasavvuf allomalari” (Kandaxarov A.Х.), “Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy jarayonlari va unda tasavvuf vakillarining o‘rni” (Kandaxarov A.X.) monografiyalari nashr etildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston tarixi, boy tarixiy- madaniy merosimizni targ‘ibot qilish maqsadida o‘z tajribalarini dunyo ilmiy markazlarga keng targ‘ibot qilish maqsadida “raqamlitarix.uz” elektron ma’lumotlar bazasini yaratgan va ushbu platformaga ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilab, yuklab kelishmoqda. 2022 yilning 28 sentyabr kuni kafedra tashabbusi bilan “Tarix va kompyuter” mintaqalararo assotsiatsiyasi (Moskva, Rossiya Federatsiyasi), M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tarix fakulteti tarixiy informatika kafedrasi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Pyotr I nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetining gumanitar instituti, Novosibirsk davlat universitetining gumanitar instituti, Tomsk davlat universiteti Yevroosiyo tadqiqotlari markazi, L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi olimlari ishtirokida “O‘zbekiston tarixini o‘rganishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishdi.
2024-yil 14-15 may kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi tomonidan buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan “Mirzo Ulug‘bek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy anjuman o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasida ham prof. X.E.Yunusova rahbarligida OT-F1-109 “O‘zbekistonda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)”, J.E.Tog‘aev rahbarligida OT-YeA-1-06 “O‘zbekiston hududidagi qadimgi davr yodgorliklarining (ibodatxona, saroy va uy qo‘rg‘on) 3D (uch o‘lchamli) modellari to‘plamini yaratish” mavzusida yosh olimlarning amaliy loyihasi, S.Jo‘raeva rahbarligida A-OT-2021-132 “Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalariga oid “i-Turism” platformasini ishlab chiqish” amaliy loyihalari doirasida tadqiqotlar olib borilgan. 2021-2022 yillarda prof. Z.R.Ishanxodjaeva rahbarligida “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediyali kompleksini yaratish” amaliy loyihasi doirasida izlanishlar olib borildi. Shu bilan bir qatorda, 2024 yil S.Jo‘raeva rahbarligida AL-662205481 “Qashqadaryo vohasi tarixiy va madaniy yodgorliklari, ekoturizmiga oid ziyoratgohlarning “i-turizm” platformasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihalari doirasida kafedra professor o‘qituvchilaridan prof. X.E.Yunusova, dotsentlar D.V.Alinazarova, G.A.Egamberdieva va o‘qituvchi F.Akramovalar tadqiqotlar olib borib, grant yakuni buyicha monografiya ham chop etildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining aksariyati O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04 raqamli Ilmiy kengash va Ilmiy seminar a’zolari sifatida faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan 2021-2022 yillarda J.Tog‘ayev, I.Shakirov, U.Usarov, Sh.Ernazarov, D.Alinazarova, G.Egamberdiyevalar falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini, 2023 yilda A.Xolikulov fan doktori dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2024 yilda A.Xolikulov professor ilmiy unvoni, J.Tog‘ayev, U.Usarov, D.Alinazarovalar dotsent ilmiy unvonlarini olishga erishdilar.
Kafedra a’zolari tomonidan turli yillarda dasturiy mahsulotlar, ishlanmalar uchun Intellektual mulk agentligi tomonidan guvohnomalar olingan:
- “Repressiv siyosat – sovet hokimiyati va O‘zbekiston madaniyati: omonlik fojiasi (1925-1953 yy)” mobil ilovasi. № DGU 13630. 10.11.2021 / Ishanxadjayeva Z.R. va boshq.
- “Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalariga oid “i-Turism” platformasi dasturiy majmuasi”. № DGU 14172. 24.12.2021. S.Jo‘rayeva.
- “O‘zbekiston tarixi multimediyali o‘quv-uslubiy kompleks”. № DGU 07256. 21.10.2019. Z.R. Ishanxadjayeva, S.Beknazarova.
- “История Узбекистана” (справочник для бакалавров-историков по направлению – 5120300 История по мировым странам).№002269. 30.06.2020. Ishanxadjayeva, S.Beknazarova.
- “Медиаэнциклопедия для мобильной платформы Android”. № DGU 05467. 22.06.2018. Ishanxadjayeva, S.Beknazarova.
- “Sharq allomalari”. Media prilojeniye. № DGU 05794. 26.11.2018. Z.R. Ishanxadjayeva, S.Beknazarova.
- “O‘zbekistonning qadimgi davr yodgorliklarining 3D modellarini yaratish” № 000070. 04.06.2015. J.E.Tog‘ayev.
Kafedraning umumiy ilmiy mavzusi “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi” deb nomlanib, kafedra a’zolarining deyarli barchasi mazkur mavzu atrofida, xususan, qadimgi davrlardan tortib bugungi kunga qadar O‘rta Osiyo va O‘zbekiston xudularida O‘zbekiston davlatchiligi tarixi, dastlabki shaharsozlik, o‘zaro savdo-sotiq, madaniy aloqalar, Buyuk ipak yo‘li va jahon sivilizatsiyasi tarixi, Sharq allomalarining hayoti va faoliyati, Amir Temur davlati va unda davlat boshqaruv masalalari, o‘zbek xonliklari, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, O‘rta Osiyo toponimlari, Rossiya imperiyasi va O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi munosabatlar, Turkistonda sovet davlatining o‘rnatilishi tarixi, qatag‘onlar, quloqlashtirish siyosati, O‘zbekistonda sovet davlati yillarida, O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar tarixi, shuningdek mustaqillik yillari O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishi, milliy istiqlol g‘oyasi va uning jamiyat rivojida tutgan o‘rni, ta’lim tizimidagi islohotlar kabi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
“O‘zbekiston tarixi” kafedrasida o‘qitilgan asosiy fanlar quyidagilar:
Bakalavriat yo‘nalishida
- O‘zbekiston tarixi;
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi;
- Fan va texnika tarixi;
- O‘zbekiston davlatchiligi tarixi;
- Sharq allomalarining ilmiy merosi;
- O‘rta Osiyoda tasavvuf tariqatlari tarixi;
- O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi.
- Rakamli tarix va boshqalar
Magistratura mutaxassisiliklarida
- O‘rta Osiyoda yer suv munosabatlari (qadimgi davrdan xozirgi kungacha);
- O‘zbekistonda savdo munosabatlari va tadbirkorlik tarixi;
- O‘zbekistonni XIX ikkinchi yarmi XX asr tarixining dolzarb muammolari;
- O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik.
Xalqaro hamkorlik
Mahalliy va xorijiy hamkorlar :
- O‘zR FA Tarix instituti.
- O‘zbekiston tarixi davlati muzeyi.
- Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi.
“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari dunyoning top universitetlarida doimiy ravishda ma’ruzalar o‘qib kelmoqdalar. 2019 yilda kafedra dotsentlari D.V.Alinazarova va G.A.Egamberdievalar (Rossiya Davlat Gosdumasi Yoshlar parlamenti), 2020 yilda esa D.V.Alinazarova va G.A.Egamberdievalar (Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasi), 2021 yilning o‘zida A.G.Mo‘minov (Madrid Avtonom universiteti), Z.R.Ishanxodjaeva va J.E.Tog‘aev (L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti), A.B.Xoliqulov, O.P.Kobzeva, I.R.Shakirovlarning (Novosibirsk Davlat universiteti), N.U.Musaev (Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti), 2022 yilda X.E.Yunusova, U.Usarov (Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti), 2023 yilda A.B.Xoliqulov, O.P.Kobzeva, U.A.Usarov, J.E.Tog‘aev, D.V.Alinazarova (Novosibirsk Davlat universiteti), X.E.Yunusova (Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti), 2024 yilda A.B.Xoliqulov, U.A.Usarov, J.E.Tog‘aev (Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti), O.P.Kobzeva, M.Baltabaeva, G.A.Egamberdieva, D.V.Alinazarova (Rossiya Fanlar akademiyasining Afrika instituti va M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika instituti (Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari kafedrasi)), 2025 yilda X.E.Yunusova va M.Baltabaeva, G.A.Egamberdieva, D.V.Alinazarova (Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti) ma’ruzalari dunyoning yetakchi universitetlarida tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorda, 2020 yil kafedra dotsenti D.V.Alinazarova “Молодой учёный СНГ- 2020” tanlovi g‘olibi bo‘lib, shu nomli ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, 2020 yil yakunida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsentlari D.V.Alinazarova va G.A.Egamberdievalar A.A. Громыко nomidagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi, Rossiya Fanlar akademiyasi Yevropa instituti, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Xalqaro munosabatlar Moskva davlat instituti (MGIMO), Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Idora boshqaruv akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Konkurs molodыx mejdunarodnikov SNG imeni A.A.Gromыko-2020” (“Конкурс молодых международников СНГ имени А.А.Громыко – 2020”) halqaro ko‘rik tanlovida ishtirok etib, fahrli 3 o‘rinni egalladilar.
Universitetning xalqaro reytingini oshirish maqsadida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi xorijiy hamkor universitetlar bilan aloqalarni yanada kuchaytirmoqda. Bu aloqalar Academic reputation employer reputationni oshirishga xizmat qiladi. Bu borada Moskva davlat universiteti (QS rankings da 75 o‘rinda), Novosibirsk davlat universiteti (QS rankings da 260 o‘rinda), Qozog‘istonning Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti (QS rankings da 150 o‘rinda) L.N. Gumilev nomidagi Yovroosiyo Milliy universiteti (QS rankings 278 o‘rinda), A.Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq – Turk universiteti (QS rankings da 743 o‘rinda), Turkiyaning N.Erbakan universiteti, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (QS rankings da 801-1000 o‘rinda)asosiy hamkorlar hisoblanadi.
Kafedra tomonidan o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislarning jalb qilinishiga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada Turkiyaning Kastamonu universiteti, M.V. Lomonosov nomli Moskva Davlat Universiteti, RF Prezidenti xuzuridagi Rossiya xalk xo‘jaligi va Davlat xizmatchilari Akademiyasi, Sankt-Peterburg Buyuk Petr Politexnika universitetining Gumanitar fanlar instituti, Novosibirsk davlat universitetining Gumanitar fanlar instituti, Al-Farobiy nomli Kozog‘iston Davlat Universiteti, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universitetlari, Kozog‘iston Davlat tarixi ilmiy tekshiruv instituti, Qozog‘istondagi R.B.Suleymanov nomidagi Sharqshunoslik universiteti, Xodja Axmad Yassaviy nomidagi Halqaro Qozoq-Turk universiteti professorlari doimiy ravishda o‘quv jarayoniga jalb etib kelinmoqda.
Turkiyaning Najmiddin Erbakan universiteti bilan tuzilgan Erasmus + loyihasi doirasida akadem mobillik dasturi doirasida o‘qish tashkil qilinmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston tarixi kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro stajirovkalarda va konferensiyalarda faol ishtirok etishdi. Jumladan, 2023 yil 25-29 aprel kunlari Sankt-Peterburg davlat universitetida bo‘lib o‘tgan Osiyo va Afrika mamlakatlari manbashunosligi va tarixnavisligi bo‘yicha “Rossiya va Sharq. Sankt-Peterburg davlat universitetining 300 yilligiga” nomli an’anaviy Xalqaro ilmiy Kongressi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari O.P.Kobzeva, D.V.Alinazarova va F.A.Akramovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
2024 yil 21-23 may kunlari Rossiya Fanlar akademiyasining 300 yilligi va Rossiya Fanlar akademiyasining Afrika tadqiqotlari institutining 65 yilligiga bag‘ishlangan «Noviy miroporyadok: ot naslediya kolonializma k suverenitetu i razvitiyu» («Новый миропорядок: от наследия колониализма к суверенитету и развитию”) nomli XVI – xalqaro konferensiyasida doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari O.P.Kobzeva, M.M.Baltabayeva, G.Egamberdiyeva va D.V.Alinazarovalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
2024 yil 24 mayda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika instituti (Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari kafedrasi), Rossiya Davlat kutubxonasi Sharq adabiyoti markazi bilan birgalikda “Ipak yo‘lidagi madaniyatlararo kommunikatsiyalar: tarix va zamonaviylik” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida kafedra professor-o‘qituvchilari O.P.Kobzeva, M.M.Baltabayeva, G.Egamberdiyeva va D.V.Alinazarovalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
2024-yilning 22-iyulidan 31-iyuligacha O‘zbekiston Milliy universitetining 11 nafar professor-o‘qituvchilari qatorida tarix fakulteti dotsenti Jasur Tog‘aev ham Chexiya Respublikasining “Yevropa amaliy fanlar va menejment” institutida stajirovkadan o‘tgan. Ushbu stajirovkalar natijasida ta’lim jarayoniga qator yangiliklar kiritildi.
2024 yil 3 oktabr kuni, Erlangen-Nyurnberg shahridagi Fridrix-Aleksandr universitetining zamonaviy va Sharqiy Yevropa tarixi kafedrasi mudiri, fan doktori, professor – Morits Florin (Moritz Florin), zamonaviy va Sharqiy Yevropa tarixi kafedrasi ilmiy xodimi Mariya Paxomenko (Maria Pakhomenko), Erlangen-Nyurnbergdagi Fridrix-Aleksandr universiteti qoshidagi Tarix fanlarini targ‘ib qilish jamiyati rahbari Klaus Dirov (Klaus Troff) lar O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Ular tarix fakulteti professorlari tomonidan kutib olindi.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining salohiyati yuqorilagani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadqiqot natijalari xalqaro ilmiy hamjiyatga yaxshi ma’lum ekanligi va ularning e’tirof etilayotganligini ham xorijlik olimlarning fakultetimiz professor-o‘qituvchilarining qiziqishi oshib borayotganing sabablaridan bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Bunday e’tiroflarning misoli sifatida O‘zbekiston tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan t.f.d., professorlar Z.R. Ishanxodjaeva va A.B. Xolikulov hamda va dos. J.E. Tog‘aevlarning 2022 yilning noyabrida “Tarix va kompyuter” Xalqaro assotsiatsiyasiga a’zolikka qabul qilinganligini keltirish mumkin. Bungacha O‘zbekiston olimlari mazkur assotsiatsiyaning rasmiy a’zosi bo‘lgan emas. 2021 yildan beri kafedra professori O.P.Kobzeva Scopus bazasiga kirgan «Вестник Новосибирского государственного университета» jurnalida tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdalar, kafedra professori Z.R. Ishanxodjaeva esa Kozogiston Respublikasi ilmiy jurnallari: «Museum.KZ» «Arxiv xabarshыsы», RF Fanlar akademiyasining Sibir bulimi (Novosibirsk) «Историческая наука в Центральной Азии: аналитика и критика» jurnallari taxrir xayyatining a’zosi. Shu bilan birga Kozogiston tarixi mutaxassisligi buyicha Ilmiy unvon beruvchi Ilmiy kengashning xorijlik a’zosi sifatida PhD darajasiga davogar bulganlarni dissertatsiya ximoyalarida katnashib kelmokda.