Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig'i
MADATOV JAVLONBEK XAMIDOVICH
- 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
- Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
- madatov_j@nuu.uz
Xalqaro grantlar va dasturlar bo‘yicha koordinator — Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Javlonbek Madatov.
Xalqaro grantlar va dasturlarni muvofiqlashtirish
Xalqaro grantlar va dasturlarda ishtirok etishni muvofiqlashtirish Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Bo‘lim amaldagi xalqaro loyihalar va grantlarni kompleks ma’muriy hamda tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, jumladan ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi va ichki jarayonlarni muvofiqlashtiradi.
Yangi grant imkoniyatlari bo‘yicha:
- amal qilayotgan va kutilayotgan dasturlar haqida ma’lumot beradi
- ishtirok etish shartlari bo‘yicha maslahat beradi
- xorijiy tashkilotlar va hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishda ko‘maklashadi
- ariza topshirish jarayonida yordam beradi hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘mak beradi
Xususan, Bo‘lim quyidagi dasturlarda ishtirokni qo‘llab-quvvatlaydi: Erasmus+, JICA, KOICA, TIKA, Fulbright dasturi va boshqa xalqaro tashabbuslar.
Bog‘lanish uchun
Qo‘shimcha ma’lumot va maslahat olish uchun quyidagi manzillar orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Telegram: @javlonbek_madatov
WhatsApp: +999 94 007 45 12
Email: madatov_j@nuu.uz