Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi

Sharipov Olimjon Shukurovich – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 9

e-mail: osharipov@mail.ru


O`zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo`yicha butun dunyoga mashhur ilmiy maktabning poydevor maskani O`zbekiston Milliy universiteti bo`ldi. Matematikaning bu sohasiga doir nazariy va amaliy tadqiqotlar universitet tashkil etilganidan boshlangan bo`lib, unga atoqli matematik olim Vsevolod Ivanovich Romanovskiy (1879-1954) asos solgan.

Mashhur akademik olimlar Toshmuhammad Alievich Sarimsoqov (1915-1995), Sa`di Hasanovich Sirojiddinov (1920-1988) o`zining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktabini yaratgan.

Akademik S.X.Sirojiddinovning ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktabining keyingi yillardagi faoliyati O`zbekistonda uning shogirdlari-akademiklar T.A.Azlarov va Sh.Q.Farmonov nomlari bilan bog`liqlikda rivojlanib kelmoqda.

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mutaxassislar tayyorlash bo`yicha respublikada etakchi hisoblanadi. Har yili kafedrani 12-13 nafar bakalavr, hamda 8 nafar magistrant bitiradi.


Hozirda kafedra quyidagi xorijiy tashkilot olimlari bilan hamkorlik aloqalari o`rnatilgan:

–  Moskva davlat universiteti va Rossiya FA Steklov nomidagi Matematika instituti (Moskva).

–  Moskva davlat texnika universiteti (Rossiya).

–  Nijniy Novgorod davlat universiteti (Rossiya).

–  Perm davlat universiteti (Rossiya).

–  Novosibirsk davlat universiteti, Novosibirsk davlat texnika universiteti, Rossiya FA Matematika institutining Sibir bo`limi (Novosibirsk, Rossiya).

–  Qozog`iston Respublikasi ta`lim va fan vazirligi Matematika instituti (Olmaota).

–  Belorussiya davlat universiteti (Minsk).

–  Limburg universiteti (Belgiya).

–  Stenford universiteti (AQSh).

–  Sibir Federal universiteti (Krasnoyarsk, Rossiya).

–  Segolen universiteti qoshidagi Matematiki instituti (Bordo, Frantsiya).

–  Amerika statistika jamiyati (AQSh).


Kafedra a`zolari:

1. ShARIPOV OLIMJON ShUKUROVICh (kafedra mudiri)
2. FORMONOV ShOKIR KOSIMOVICh (professor)
3. ZUPAROV TALAT MA`RUFOVICh (professor)
4. DJALILOV AXTAM ABDURAXMONOVICh (professor)
5. MUXAMEDOV ABDURAXMAN KUChKAROVICh (dotsent)
6. BEGMATOV ABDUMAJID SAFAROVICh (dotsent)
7. RUZIEVA DILNURA SAIDOVNA (assistent)
8. DAVLATOV JASURBEK EShQO`ZIEVICh (assistent)
9.QOBILOV O`TKIR XUSHVAQTOVICH(assistent)