Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Estoniya elchisi bilan rasmiy uchrashuv


2025-yil 11-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Estoniya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Jaap Ora tashrif buyurdi.


Elchi janoblarini universitet rahbariyati nomidan prorektorlar Raima Shirinova hamda Shuhrat Toshmatovlar kutib oldilar. Tashrifidan maqsad O‘zMU va Estoniya oliygohlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarni kengaytirishdan iborat bo‘ldi.


Elchi janoblari xususan, Tartu hamda Tallin universiteti faoliyatiga alohida to‘xtalib, mazkur universitetlar bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha hamkorlik, qo‘shma ilmiy loyihalar tashkil etish bo‘yicha fikr almashdi.



Uchrashuvda, shuningdek, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro Yozgi maktab dasturlarida ishtirok etish uchun Estoniyalik talaba-yoshlarni keng jalb qilish masalasiga alohida to‘xtaldi.



Mazkur tashrif O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasidagi ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa, universitetlararo strategik sheriklikni shakllantirish yo‘lida muhim qadamlaridan biri bo‘ldi.


Xalqaro aloqalar bo’limi