Geodeziya va geoinformatika kafedrasi

D.N.Raxmonov – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 97 775-60-86

E-mail: dilshod27r@mail.ru


“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 05.09.2018 yil 01-759 sonli buyrug‘i asosida “Geodeziya va kartografiya” kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedra mudiri sifatida t.f.n. dotsent X.Muborakov tayinlandi (2018-2021 yy.). 2021 yildan kafedra mudiri lavozimida g.f.f.d. PhD. D.N.Raxmonov faoliyat olib bormoqda.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
 GeodeziyaYer sirtida bajariladigan geodezik o‘lchashlar turlari, o‘lchash asboblari va ular bilan ishlashga oid nazariy va amaliy bilimlarni o‘rgatish, zamonaviy geodezik asboblar va texnologiyalardan foydalanish, turli geodezik masalalarni echish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Er sirtida bajariladigan geodezik o‘lchashlar turlari va o‘lchash asboblari tuzilishi davlat III va IV sinf nivelir tarmoqlarini, zichlash triangulyasiya va poligonometriya tarmoqlarini qurishda bajariladigan o‘lchashlar va natijalarni ishlab chiqishni o‘rganadi.
 Oliy geodeziyaYer shakli va o‘lchamlarini o‘rganish, davlat geodezik tayanch tarmoqlarini qurish, geodinamik hodisalarni o‘rganish va Er ellipsoidi sirtini gorizontal tekislikda tasvirlash bilan bog‘liq masalalarni echish yo‘llarini, Er shaklining parametrlari (shakli va o‘lchamlari) uning tashqi gravitatsiya maydonini aniqlash, davlat geodezik planli va balandlik tarmoqlarini qurish masalalarini o‘rganadi.
 Injenerlik geodeziyasiInjenerlik geodeziyasi fani topografik-geodezik qidiruv ishlari, loyihani joyga ko‘chirish, bino va inshootlarni qurishda geodezik ishlarni bajarish, inshootlar deformatsiyasini kuzatish, topografik-geodezik qidiruv ishlari umumiy nazariyasini yaratish, asosiy injenerlik inshootlar turlari uchun geodezik rejalash asosini yaratish dasturini ishlab chiqish, bino va inshootlarni qurishda geodezik qidiruv, rejalash va o‘lchash ishlarini hozirgi zamon asboblar va o‘lchash usullarini qo‘llab bajarish masalalarini yoritib beradi.
 Geodezik o‘lchashlarni matematik ishlab chiqish nazariyasiEhtimollik nazariyasi, matematik statistika va o‘lchashlar xatolarining nazariyasi asosini o‘zlashtirish negizida geodezik o‘lchashlarni matematik ishlab chiqish va ular aniqligini baholash, geodezik o‘lchashlarni matematik ishlab chiqish va o‘lchashlar aniqligini baholash, geodezik asos tarmoqlarida bajarilgan o‘lchashlarni tenglashda munosib usulni tanlash va qo‘llashni o‘rganadi.
 Geografik axborot tizimlariGeografik axborot tizimlarining tuzilishi, asosiy qismlari, geodeziya, kartografiya va kadastr fanlari bilan aloqasini o‘rganish, geografik axborot tizimlarida fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish va ularni qayta ishlash, ma’lumotlar bazasini yaratish, ma’lumotlar bazasi tarkibini ishlab chiqish, 2 va 3 o‘lchamdagi modellarni tuzish, umumgeografik, mavzuli kartografik asoslarni yaratish, hududiy komplekslarni baholash va boshqa turdagi kartalarni loyihalash va tuzish hamda geografik axborot tizimlari orqali turli masalalarni echish yo‘llarini o‘rganadi.
 Fotogrammetriya va erni masofadan turib tadqiq qilishFotogrammetriya va hududlarni distansion zondlash fanining xalq xo‘jaligidagi o‘rni, suratlarda bajariladigan stereofotogrammetrik o‘lchashlar turlari, o‘lchash asboblari va ular bilan ishlashga oid nazariy va amaliy bilimlarni o‘rgatish, s’yomkalarni bajarishda qo‘llaniladigan zamonaviy asboblar bilan tanishish, ob’ektlarning shaklini, o‘lchamini, fazoviy joylashuvini uning fotografik tasviri orqali aniqlash, shuningdek uning xususiyatlarini raqamli va grafik ko‘rinishda tasavvur qilish bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish, er yuzini plan, karta va profillarini tuzish hamda turli injenerlik-geodezik masalalarni suratlar orqali echish yo‘llarini o‘rganadi
 Ko‘chmas mulk kadastriKo‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqni va boshqa huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish; sifat va qiymat jihatidan baholash; kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab borish; kadastr ob’ektlarining holati haqida hisobotlar tuzish; Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish; foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan ta’minlash materiallari va hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarini o‘rganadi.
 Amaliy  geodeziyaInjenerlik inshootlar: ko‘priklar, aeroportlar, sanoat va gidrotexnik inshootlar, shahar qurilishida va tunellar loyihalash va qurishda ishchi chizmalarini tuzish, geodezik rejalash ishlarini bajarish, qurilish jarayonida geodezik nazorat o‘lchashlarni olib borish masalalarini yoritib beradi.


Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.SHIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1Yakubov Gayrat ZaidovichYo‘qYerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanib raqamli yirik masshtabli qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzishning nazariy-texnologik masalalari
2Nosirov Baxtier IxtiyorovichYo‘qOrolbo‘yi mintaqasi geoekologik kartasini tuzishda geografik axborot tizimi dasturlarini qo‘llash usulini takomillashtirish
3Arabov Obid Zarip o‘g‘liYo‘q“GNSS o‘lchovlari va geoaxborot tahlil asosida O‘zbekiston hududining balandlik tizimini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqish»

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Kafedra bir nechta xorijiy OTM va tashkilotlari jumladan, 2019 yil Avstriyaning Zalsburg universiteti, 2020 yil mayda Vengriyaning Obuda universiteti va 2021 yil Portugaliyaning “Erni geodezik tahlil qilish va kosmik tadqiqotlar” laboratoriyasi bilan xamkorlik memorandumlari imzolagan va xamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Portugaliyaning “Erni geodezik tahlil qilish va kosmik tadqiqotlar” laboratoriyasi direktori professor Da Silva Fernandes Rui Manuel 5A311502-“Geodeziya va kartografiya” va 5A313401-“Geodeziya va geoinformatika” magistratura mutaxassisliklari uchun 2021.03.12. № 02-613 buyruq asosida darsga jalb qilingan.

Kafedra dotsenti E.R.Mirmaxmudov “EUPOS” European Position Determination System xalqaro tashkiloti va BMT ning Kosmik geodeziya bo‘yicha tashkilotga a’zo sifatida xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda.


Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
 Rahmonov Dilshod Nurboboevichdilshod27r@mail.ru
 Muborakov Hamidxonk.muborakov@nuu.uz
 Mirmaxmudov Erkin Raximjonovicherkin_mir@mail.ru
 Abdullaev Ilxomjon O‘ktamovichilkhomjon.abdullaev@gmail.com
 Ruziev Azizjon Savridinovichazizjon.ruziyev84@gmail.com
 SHukina Olga GeorgevnaOlga.Shuka_53@mail.ru
 YAkubov Gayrat Zaidovichyakubov1203@gmail.com
 YUsupjonov Otabek G‘ayibjonovisyusupjonov_otabek@mail.ru
 Arabov Obid Zarip o‘g‘lio.arabov@nuu.uz
 Toshonov Bekzod SHermamat o‘g‘litoshonovbek@gmail.com
 Nabiev Umid Rustam o‘g‘liumidnabiyev1996@mail.ru
 Nosirov Baxtier Ixtiyorovichbaxtiyornosirov91@gmail.com

Ilmiy labaratoriyalar (mavjud bo‘lsa)

Kafedrada “Fotogrammetriya tadqiqot usullari” va “Amaliy geodeziya va raqamli fotogrammetriya” nomli 2 ta o‘quv laboratoriya mavjud. “Amaliy geodeziya va raqamli fotogrammetriya” laboratoriyasi uchun jixozlar tez kunda kelishi kutilmoqda. Bu laboratoriyalarda


To‘garaklar

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi qoshida “Geodeziya” to‘garagi tashkil etilgan.


Kafedra xususiyatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishingiz mumkin

Geodeziya va geoinformatika kafedrasi 2017 yildan buyon Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturining “DsinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasida qatnashib kelmoqda. Ushbu Xisobot yilida ushbu loyihaning mablag‘lari hisobidan geodeziya va geoinformatika kafedrasi qoshida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan “E-learning center” markazi tashkil etildi. Ushbu markaz jami qiymati 28660 evro teng bo‘lgan zamonaviy jihozlar: server, kuchli kompyuter va videokonferensiya uchun vositalar bilan jihozlandi. Ushbu markazda tayanch doktorantlar, mutsaqil izlanuvchilar va magistrantlar o‘z ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.