Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Geologiya kafedrasi

A.R.Kushakov – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 90 991-98-15

e-mail: kushakov_ar@e-mail.ru


GEOLOGIYA KAFEDRASI TARIXI VA BUGUNGI FAOLIYATI

“Geologiya” kafedrasi 1996 yilda geologiya fakultetining asosini tashkil etuvchi tо‘rtta kafedra “Umumiy geologiya”, “Paleontologiya”, “Litologiya” va “Aerokosmik tadqiqot usullari” kafedralari bazasida tashkil etilgan. Kо‘p yillar davomida bu kafedralarda nafaqat respublikada, balki uning tashqarisida ham taniqli olimlar – akademik V.I.Popov, professorlar T.A.Sikstel, G.S.Chikrizov, S.X.Mirkamalova, O.I.Islomov, SH.D.Davlatov, U.M.Rasulov, dotsentlar Z.F.Gorizdro-Kulchinskaya, V.G.Muxina, Y.V.Stankevich, N.D.Arapova, S.N.Nurtayev, D.I.Xusanbayev, A.Y.Zaprometov, A.A.Filippov, F.P.Korsakov, SH.SH.Shoraxmedov, A.A.Bogoyavlenskiy., va boshqalar ishlagan.

Kafedra О‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi “5140800 -(hozirgi kunda yо‘nalish shifri o’zgargan 60530500)   Geologiya (faoliyat sohasi bо‘yicha) kadrlar tayyorlaydi. О‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “bakalavr” darajasini oladi. Bakalavriatura yо‘nalishi bazasida kafedrada 5A140801- (hozirgi kunda yо‘nalish shifri uzgargan 70530501) Umumiy va xududiy geologiya, (foydali qazilmalar geologiyasi) 5A140806 –   (hozirgi kunda yо‘nalish shifri o’zgargan 70530502) Geologik syomka, foydali qazilmalar konlarini qidirish, 5A140807- (hozirgi kunda yо‘nalish shifri o’zgargan 70530503) Litologiya, 5A140808 – (hozirgi kunda yо‘nalish shifri o’zgargan 70530504) Paleontologiya va stratigrafiya, magistrlik yо‘nalishlari ochilgan. Ularda о‘qish muddati 2 yil, о‘qishni tamomlagandan sо‘ng “magistr” akademik darajasini oladi. Kafedrada “04.00.05 – Paleontologiya va stratigrafiya”, 04.00.01- “Umumiy va xududiy geologiya” ixtisosliklari bо‘yicha tayanch doktorantura ochilgan.


Geologiya kafedrasida о‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida kо‘rinishda

T/rFanning nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Umumiy geologiya          Geologiya – Yer haqidagi fan bо‘lib, yunoncha geo – yer, logos – fan ma’nosini anglatadi. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, paydo bо‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini о‘rganadi. Geologiya fani yerning ustki qismini о‘rganish bilan bir qatorda, uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini о‘rganadi.
2Paleontologiya va stratigrafiya asoslariPaleontologiya va stratigrafiya asoslari fanining о‘qitilishidan maqsad – talabalarni organik qoldiqlar sistematikasi va nomenklaturasi bilan tanishtirish, ularning yetakchi turlarining morfologiyasi va ekologiyasini о‘rganishdan iborat.
3Tarixiy geologiyaTarixiy geologiya fani 4,6 mlrd. yil mobaynida Yerning asosiy fundamental geologik rivojlanishini о‘rganadi. Yer tarixida qazilma boyliklar evolyusiyasi, atmosfera va biosfera, gidrosfera, paleolandshaftlar va magmatizm, litosferalar rivojlanishi va paydo bо‘lishida geologik jarayonlar evolyusiyasining qaytarilmasligi, stratigrafiya va Yer tarixi davriyligi tarixiy geologiyaning asosiy bо‘limlari hisoblanadi.  
4Mintaqaviy  geologiyaMintaqaviy geologiya о‘quv dasturi geologiya yо‘nalishidagi barcha fundamental fanlar orasida mintaqaviy ahamiyatga ega bо‘lgan fandir. U yirik hududlarning geologik tuzilishini va foydali qazilma konlarini tarkalishini urganishda muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy geologiya fanining ahamiyati talabalarni mintaqaviy strukturalar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan foydali qazilma konlarining joylashuvidagi qonuniyatlarni о‘rgatishdan iborat.
5Sedimentologiya va litologiya tadqiqot usullariSedimentologiya va litologiya tadqiqot usullari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferaning о‘zaro ta’siri jarayonida hosil bо‘ladigan va qayta о‘zgaradigan barcha chо‘kindi jinslar majmuasining (tog‘ jinslari, formatsiyalar, minerallar, geokimyoviy assotsiatsiyalar, foydali qazilmalar) tarkibini, tuzilishini, kelib chiqishini va amaliy ahamiyatini о‘rganuvchi fandir.
6Geologik ishlarni tashkil qilish va loyihalashtirishGeologiya-qidiruv ishlarini о‘tkazishda asosiy ishlarni baholash aniqlash. Konkret ma’danli yoki noma’dan kon uchun geologiya qidiruv ish xajmini aniqlash. Konning geologik, iqtisodiy, gidrogeologik sharoitlarini о‘rganish va baholash. Geologiya qidiruv ishlarini konni turiga qarab baholash. Burg‘ulash, geofizika ishlarini xajmini aniqlash va baholash. Namunalash, laborotoriya ishlari, topo – marksheydrik ishlarini xajmini aniqlash. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda qurilish ishlarini aniqlash.
7О‘zbekiston ma’dan konlari geologiyasiО‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi fani   umumiy geologiya, mineralogiya,  litologiya, geokimyo,  geofizika, geotektonika,  strukturaviy geologiya va boshqa fanlar bilan о‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan.  
8Dala materiallarini yig‘ish va qayta ishlashDala sharoitida tabiiy ochilmalarni, tog‘ lahimlarini va burg‘ulash quduqlarini xujjatlashtirish, ularni ta’riflash, о‘lchash, namunalar olish kabi ishlar bajariladi, Kameral sharoitda esa dala sharoitida tо‘plangan tosh materiallar turli hil tahlil usullari yordamida о‘rganiladi. Dala va kameral sharoitlarda olingan natijalar turli chizmalar – grafiklar, gistagrammalardan foydalanib bir tizimga solinadi,  umumlashtiriladi va joyning geologiyasi yoki foydali qazilmalari tо‘g‘risida ma’lum bir hulosalar qilinadi.  
9Mineral xom-ashyo  iqtisodiyotiUshbu dastur yoqilg‘i – energetika resurslarining yer shari bо‘yicha tarqalishi, ularning dunyo bozoridagi iqtisodiy ahamiyatlarini  talabalarga о‘rgatish katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida metallar, metallurgiya uchun noruda xom ashyosi, texnika xom ashyosi, qimmatbaho, ishlov beriladigan toshlarning tarqalishi kabi yuqorida qayd qilib о‘tilgan mineral xom ashyolarning iqtisodiy ahamiyati Respublikamiz iqtisodiyotini tiklashda asosiy zamin hisoblanadi.  
10Geologiyani hozirgi zamon muammolariTog‘-kon qazib olish korxonalari. Mamlakatni oltin ma’danli bazasi. О‘zbekistonni mineral xom-ashyo bazasining istiqbollari. Kumush zaxiralari va ularni asosiy miqdorlari. Uran zaxiralari bazasining istiqbollari. Respublikada rangli, noyob va tarqoq metallarni xom-ashyo bazasi. Volfram xom-ashyo bazasi. Geologik-qidirish ishlarining istiqbollari. Litiyni tasdiqlangan zaxiralari. Yonuvchi slanetslar neft maxsulotlarini olish.
11Foydali qazil. qidir.va razvedka qilishFoydali qazilma boyliklarni bashorat qilish tо‘g‘risidagi tushunchalar. Tarixiy ma’lumotlar. Kurs haqida asosiy tushunchalar, fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. О‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan geologiya-razvedka ishlarining ketma-ketligi, ularning vazifalari.
12Geologik ishlarni tashkil qilish va loyihalashtirishGeologik-qidiruv ishlarini samarali о‘tkazishda va foydali qazilmalarni о‘zlashtirishda texnologik tadqiqotlar. Foydali qazilmalarni qidirilgan zaxiralaridan tо‘la foydalanish. Chuqur qayta ishlash muammolarini xal etish.
Magistratura
1О‘zbekiston geologiyasiО‘zbekiston geologiyasining rivojlanishidagi asosiy bosqichlari ular bilan bog‘liq tektonik xaritalar yaratishni va qо‘llash uslublarini egallashni, regional  geodinamik jarayonlar va geodinamik tadqiqotlar о‘tkazishni,  tektonik rayonlashni va nazariy olgan bilimini amalda qо‘llashni о‘rgatishdir. О‘zbekiston geologiyasi fani umumiy geologiya, mineralogiya,  litologiya, geokimyo,  geofizika, geotektonika,  strukturaviy geologiya va boshqa fanlar bilan о‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan.  
2Stratigrafik qidiruv usullari“Stratigrafik qidiruv usullari” chо‘kindi yо‘li bilan vujudga kelgan foydali qazilma konlarining stratigrafik о‘rnini aniqlashda hamda chо‘kindi foydali qazilmalar uchraydigan kesmalarni tabaqalashda va taqqoslashda, bunday konlarning lateral va vertikal tarqalish qonuniyatlarini aniqlashda ahamiyatga ega.  
3Chо‘kidi jinslar petrografiyasiCHо‘kindi jinslar  yer pо‘stining ustki qavatini tashkil etadi va ularda qattiq, suyuqlik va gaz holidagi foydali qazilmalar umumiy zahirasining 70-80% ni tashkil etadi. Bu esa chо‘kindi tog‘ jinslarini о‘rganishni taqoza etadi. Ushbu dastur tog‘ jinslarining tarkibi, kelib chiqishi va ularda mujassam bо‘lgan foydali qazilmalarni о‘rganibgina qolmasdan, balki Yer qobig‘ining tarixini tiklash, uning rivojlanish qonuniyatlarini о‘rganish imkoniyatini beradi.
4Nodir, qimmatbaho va rangli metallar konlari geologiyasiNodir, qimmatbaxo va rangli metallar geologiyasi kursida bilim oluvchilar foydali qazilma konlari о‘rtasida ma’danli konlarni qidirish va razvedka qilish, geologik suratga olish  jarayonida  Respublikamiz xududida joylashgan asosiy Nodir, qimmatbaxo va rangli metallar konlari geologiyasi bilan tanish bо‘lishlari  maqsadga muvofiq.
5Chо‘kindi  formatsiyalarning fatsial tahliliChо‘kindi formatsiyalar yer pо‘stining ustki qavatini tashkil etadi va ularda qattiq, suyuqlik va gaz holidagi foydali qazilmalar umumiy zahirasining 70-80% ni tashkil etadi. Bu esa chо‘kindi formatsiyalarni batafsil о‘rganishni taqoza etadi. CHо‘kindi formatsiyalar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan foydali qazilmalarning shakllanishi о‘sha davrda hukm surgan tabiiy sharoitlarga bog‘liq bо‘lib, ular fatsial tahlil orqali о‘rganiladi.  
6Paleogeografik loyihalashtirishFanni asosiy maqsadi uzoq о‘tmishdagi paleogeografik sharoitni qayta tiklash uchun paleobiogeografik rayonlashtirish uslublari bilan magistrlarni tanishtirishdir.Fanni vazifasi chо‘kindilar chо‘kishi sharoitini va stratifikatsiyalangan qazilma boyliklarning hosil bо‘lishini aniqlash, shuningdek о‘rganilayotgan hududning geologik tarixini magistrlarga о‘rgatishdir.
7Geologik fanlar tarixi va metodologiyasiYerning tuzilishi va rivojlanish tarixi tо‘g‘risida yangi bilimlarni shakllantirish mexanizmlarini ochib berish, maktablarning shakllanish sharoitlari va geologiya tendentsiyalari va geologik tadqiqotlar uchun uslubiy bazani ishlab chiqish. О‘zbekiston geologiyasi tarixini geologik bilimlar rivojlanishining umumiy fonida о‘rganish muhim vazifa hisoblanadi.  
8Uran konlari geologiyasiFanning vazifalari  dunyoning uran konlari bilan tanishish; uran konlarining genetik turkumlari bilan tanishish; qatlam oksidlanish zonalarini ajratish; uran konlari shakllanishidagi geokimyoviy tо‘siqlarning ahamiyati; epigenetik uran konlarining shakllanishidagi gidrogeologik va iqlim sharoitlarini о‘rganishdan iborat.  
9Noma’dan konlari geologiyasiNoma’dan  konlarini bashoratlash va izlash usullari fanini о‘qitishdan asosiy maqsad – noma’dan konlarning ahamiyati, foydalanish sohalarining keng kо‘lamliligi, genetik turlari va qidirish usullarini о‘zlashtirish orqali  О‘zbekiston Respublikasi xududida tarqalgan noma’dan konlarni bashoratlash va qidirishda zamonaviy usullar va me’zonlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat.  
10Ma’dan konlari geologiyasiО‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi kursida bilim oluvchilar foydali qazilma konlari urtasida ma’danli konlarni qidirish va razvedka qilish, geologik suratga olish  jarayonida  Respublikamiz xududida joylashgan  asosiy О‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi bilan tanish bulishlari  maksadga muvofik.« О‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi » kursining asosiy maqsadi talabalarni Respublikamiz xududidagi asosiy amaliy axamiyatga ega bulgan ma’danli konlar geologiyasi  bilan tanishtirish.
11Neft konlari geologiyasiNeft va gaz qazib olish bashorat resurslari va razvedka qilingan zaxiralari haqidagi ma’lumotlar (dunyo miqyosida va О‘zbekistonda). О‘zbekistonda va dunyoda neft va gaz qazib olish dinamikasi. Neft va gazning bashorat resurslari va razvedka qilingan zaxirasi.
12Gaz konlari geologiyasiKursning nazariy va amaliy ahamiyati qattiq, suyuqlik va gaz holidagi foydali qazilmalarning umumiy zaxirasi 70-80% ni tashkil etuvchi chо‘kindi foydali qazilmalarning tog‘-kon sanoatida tutgan ulkan ahamiyati bilan belgilanadi.  
13Chо‘kindi qazilma boyliklarni qidirishda litologik uslublar“Chо‘kindi qazilma boyliklarni qidirishda litologik uslublar” fanining maqsadi chо‘kindi konlarini qidirish va bashoratlashda litologik va geokimyoviy usullardan samarali foydalanish bо‘yicha magistrantlarning bilim va kо‘nikmalarni chuqurlashtirishdan, chо‘kindi jinslar bilan bog‘liq – terrigen, karbonatli, gologenli formatsiyalar, sof singenetik-epigenetik konlar, neft, gaz va yer osti suvlari bilan bog‘liq bо‘lgan konlarni bashoratlash usullarini о‘rganishdan iborat.
14Biofatsial tahlilFanning maqsadi geologik о‘tmishdagi paleohavzalarda chо‘kindilar hosil bо‘lishi sharoitini aniqlashdir.  Fanni vazifasi biofatsial tahlil va uni о‘tkazish uslublarini talabalarga о‘rgatishdan iborat.
15Litogenez asoslari    Litogenez asoslari fanining asosiy maqsadi chо‘kindi tog‘ jinslari, fatsiya va formatsiyalar hamda ular bilan bog‘liq bо‘lgan chо‘kindi foydali qazilmalar konlariniqidirish, razvedka qilish, baholash yoki bashorat qilish yо‘llarini chuqur о‘rgatishdir.     Fanni vazifasi chо‘kindi tog‘ jinslarining hosil bо‘lishi, litogenez turlari va ularning Yer rivojlanishidagi qaytmas evolyusiyasi  haqida nazariy bilimlarni о‘zlashtirishi va amaliy malakaga ega bо‘lishi hisoblanadi.  
16PaleobotanikaPaleobotanika fanining ahamiyati quruqlik sharoitlarida hosil bо‘lgan yotqiziqlarning nisbiy yoshini aniqlashda, bunday yotqiziqlarni stratigrafik tabaqalash va taqqoslashda ahamiyatga ega. Paleogeografik qayta tiklash (iqlim, relef, landshaftlar, qirg‘oq chizig‘ining holati); Yerda о‘simlik dunyosining rivojlanish tarixini aniqlashdan iborat.
17Geodinamik tadqiqot usullariGeotektonika va geodinamika asoslari fanining dolzarbligi – bu fan strukturalar tuzilishi, geodinamik sharoiti va foydapi kazilmalar uchraydigan zonaparni aniklab berishga yordam beradi. Shuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani xisoblanib, ishlab chikarishiing ilmiy-amaliy tizimining ajralmas bug‘inidir.
18Paleogeografik loyihalashtirish Fanni asosiy maqsadi uzoq о‘tmishdagi paleogeografik sharoitni qayta tiklash uchun paleobiogeografik rayonlashtirish uslublari bilan magistrlarni tanishtirishdir.Fanni vazifasi chо‘kindilar chо‘kishi sharoitini va stratifikatsiyalangan qazilma boyliklarning hosil bо‘lishini aniqlash, shuningdek о‘rganilayotgan hududning geologik tarixini magistrlarga о‘rgatishdir
19Paleontologik qidiruv usullariFanerozoy kesmasini hamma chо‘kindi jinslarida paleontologiya obyekti (biofossilimor) uchraydi. Yerdagi qazilma boyliklarni kо‘pchiligi chо‘kindi formatsiyalar bilan bog‘liq. Shuning uchun bu konlarni qidirish va xaritalash, qatlamlarni paleontologik asosda mukammal о‘rganish va korrelyatsiya qilish kerak bо‘ladi. Organik qoldiqlarni dala sharoitida yig‘ish, ularni laboratoriyada tayyorlash va aniqlash о‘zini ilmiy va texnik uslublari mavjud.
2 mutaxassislik
1Tarixiy geologiyaTarixiy geologiya fani 4,6 mlrd. yil mobaynida Yerning asosiy fundamental geologik rivojlanishini о‘rganadi. Yer tarixida qazilma boyliklar evolyusiyasi, atmosfera va biosfera, gidrosfera, paleolandshaftlar va magmatizm, litosferalar rivojlanishi va paydo bо‘lishida geologik jarayonlar evolyusiyasining qaytarilmasligi, stratigrafiya va Yer tarixi davriyligi tarixiy geologiyaning asosiy bо‘limlari hisoblanadi.  
2Regional geologiyaRegional geologiya о‘quv dasturi geologiya yо‘nalishidagi barcha fundamental fanlar orasida mintaqaviy ahamiyatga ega bо‘lgan fandir. U yirik hududlarning geologik tuzilishini va foydali qazilma konlarini tarkalishini urganishda muhim ahamiyatga ega. Regional geologiya fanining ahamiyati talabalarni mintaqaviy strukturalar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan foydali qazilma konlarining joylashuvidagi qonuniyatlarni о‘rgatishdan iborat.
3Foydali qazil. qidir.va razvedka qilish va baholashFoydali qazilma boyliklarni bashorat qilish tо‘g‘risidagi tushunchalar. Tarixiy ma’lumotlar. Kurs haqida asosiy tushunchalar, fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. О‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan geologiya-razvedka ishlarining ketma-ketligi, ularning vazifalari.
4Mineral xom-ashyo  iqtisodiyotiUshbu dastur yoqilg‘i – energetika resurslarining yer shari bо‘yicha tarqalishi, ularning dunyo bozoridagi iqtisodiy ahamiyatlarini  talabalarga о‘rgatish katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida metallar, metallurgiya uchun noruda xom ashyosi, texnika xom ashyosi, qimmatbaho, ishlov beriladigan toshlarning tarqalishi kabi yuqorida qayd qilib о‘tilgan mineral xom ashyolarning iqtisodiy ahamiyati Respublikamiz iqtisodiyotini tiklashda asosiy zamin hisoblanadi.
5Dala materiallarini yig‘ish va qayta ishlashDala sharoitida tabiiy ochilmalarni, tog‘ lahimlarini va burg‘ulash quduqlarini xujjatlashtirish, ularni ta’riflash, о‘lchash, namunalar olish kabi ishlar bajariladi, Kameral sharoitda esa dala sharoitida tо‘plangan tosh materiallar turli hil tahlil usullari yordamida о‘rganiladi. Dala va kameral sharoitlarda olingan natijalar turli chizmalar – grafiklar, gistagrammalardan foydalanib bir tizimga solinadi,  umumlashtiriladi va joyning geologiyasi yoki foydali qazilmalari tо‘g‘risida ma’lum bir hulosalar qilinadi.
6О‘zbekiston ma’dan konlari geologiyasiО‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi fani   umumiy geologiya, mineralogiya,  litologiya, geokimyo,  geofizika, geotektonika,  strukturaviy geologiya va boshqa fanlar bilan о‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan.
Sirtqi
1Umumiy geologiyaGeologiya – Yer haqidagi fan bо‘lib, yunoncha geo – yer, logos – fan ma’nosini anglatadi. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, paydo bо‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini о‘rganadi. Geologiya fani yerning ustki qismini о‘rganish bilan bir qatorda, uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini о‘rganadi.
2Paleontologiya va stratigrafiyaPaleontologiya va stratigrafiya asoslari fanining о‘qitilishidan maqsad – talabalarni organik qoldiqlar sistematikasi va nomenklaturasi bilan tanishtirish, ularning yetakchi turlarining morfologiyasi va ekologiyasini о‘rganishdan iborat.
3Foydali qazilmalarni qidirish va razvetka qilishFoydali qazilma boyliklarni bashorat qilish tо‘g‘risidagi tushunchalar. Tarixiy ma’lumotlar. Kurs haqida asosiy tushunchalar, fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. О‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan geologiya-razvedka ishlarining ketma-ketligi, ularning vazifalari.
4Tarixiy geologiyaTarixiy geologiya fani 4,6 mlrd. yil mobaynida Yerning asosiy fundamental geologik rivojlanishini о‘rganadi. Yer tarixida qazilma boyliklar evolyusiyasi, atmosfera va biosfera, gidrosfera, paleolandshaftlar va magmatizm, litosferalar rivojlanishi va paydo bо‘lishida geologik jarayonlar evolyusiyasining qaytarilmasligi, stratigrafiya va Yer tarixi davriyligi tarixiy geologiyaning asosiy bо‘limlari hisoblanadi.  
5Mintaqaviy geologiyaMintaqaviy geologiya о‘quv dasturi geologiya yо‘nalishidagi barcha fundamental fanlar orasida mintaqaviy ahamiyatga ega bо‘lgan fandir. U yirik hududlarning geologik tuzilishini va foydali qazilma konlarini tarkalishini urganishda muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy geologiya fanining ahamiyati talabalarni mintaqaviy strukturalar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan foydali qazilma konlarining joylashuvidagi qonuniyatlarni о‘rgatishdan iborat.
6Sedimentologiya va litologiya tadqiqot usullariSedimentologiya va litologiya tadqiqot usullari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferaning о‘zaro ta’siri jarayonida hosil bо‘ladigan va qayta о‘zgaradigan barcha chо‘kindi jinslar majmuasining (tog‘ jinslari, formatsiyalar, minerallar, geokimyoviy assotsiatsiyalar, foydali qazilmalar) tarkibini, tuzilishini, kelib chiqishini va amaliy ahamiyatini о‘rganuvchi fandir.
7О‘zbekiston noma’dan konlari geologiyasiО‘zbekiston noma’dan konlar geologiyasi fani   umumiy geologiya, mineralogiya,  litologiya, geokimyo,  geofizika, geotektonika,  strukturaviy geologiya va boshqa fanlar bilan о‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan.  
8Geologiyaga kirishGeologiya» atamasining etimologik, lug‘aviy va ilmiy ma’nolari. Geologiya fanining asosiy tarmoqlari. Geologiya qaysi fanlar bilan uzviy aloqada. Geologiya fanining shakllanishiga hissa qо‘shgan olimlar va ularning fikrlari tо‘g‘risida ma’lumot.
9Geologik ishlarni loyihalashtirish va tashkillashtirishGeologik-qidiruv ishlarini samarali о‘tkazishda va foydali qazilmalarni о‘zlashtirishda texnologik tadqiqotlar. Foydali qazilmalarni qidirilgan zaxiralaridan tо‘la foydalanish. Chuqur qayta ishlash muammolarini xal etish.
10Geologiyani hozirgi zamon muammolariTog‘-kon qazib olish korxonalari. Mamlakatni oltin ma’danli bazasi. О‘zbekistonni mineral xom-ashyo bazasining istiqbollari. Kumush zaxiralari va ularni asosiy miqdorlari. Uran zaxiralari bazasining istiqbollari. Respublikada rangli, noyob va tarqoq metallarni xom-ashyo bazasi. Volfram xom-ashyo bazasi. Geologik-qidirish ishlarining istiqbollari. Litiyni tasdiqlangan zaxiralari. Yonuvchi slanetslar neft maxsulotlarini olish.
11Geologik fanlar tarixiGeologiya fani tarixi va bu fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Geologiya, geomorfologiya, geodeziya, geografiya, biologiya,  gidrogeologiya, kristallografiya, paleontologiya, tuproqshunoslik, geotektonika, stratigrafiya, muxandislik geologiyasi, Yer taraqqiyoti.
Kechki
1Umumiy geologiyaGeologiya – Yer haqidagi fan bо‘lib, yunoncha geo – yer, logos – fan ma’nosini anglatadi. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, paydo bо‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini о‘rganadi. Geologiya fani yerning ustki qismini о‘rganish bilan bir qatorda, uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini о‘rganadi.
2Paleontologiya va stratigrafiyaPaleontologiya va stratigrafiya asoslari fanining о‘qitilishidan maqsad – talabalarni organik qoldiqlar sistematikasi va nomenklaturasi bilan tanishtirish, ularning yetakchi turlarining morfologiyasi va ekologiyasini о‘rganishdan iborat.

GEOLOGIYA KAFEDRASIDA TAHSIL OLAYOTGAN TAYANCH DOKTORANT VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR

  T/rTadqiqotchi professor-о‘qituvchining F.I.SHTayanch doktorant yoki mustaqil izlanuvchi  Dissertatsiya ishining mavzusi
1Qurbonov Mohigul Mamasoliyevna  PhD doktorantSurxondaryo neft-gazdor paleogen qatlamlarini nannoplankton qoldiqlari bо‘yicha stratigrafiyasi
2Romanov Sayfulla Abdulla о‘g‘liPhD doktorantXarakterniye osobennosti i usloviya formirovaniya zolotogo orudeninya v kremnistix i korbonatnix porodax Kizilturukskogo pole
3Meliboyev BaxodirPhD doktorantFarg‘ona botig‘i  va Toshkentoldi hududlarida tarqalgan paleogen yotqiziqlarining litologo-fatsial xususiyatlari va foydali qazilmalari
4Usmonova Shaxodat ValijonovnaPhD doktorantGeologiya i petro-geoximicheskiye osobennosti intruzivov mestorojdeniya Yoshlik
5Jovliyev BaxromPhD doktorantBiostratigrafiya i fatsialniye osobennosti melovix otlojeniy Zirabulak – Ziaetdinskiye podnyatiya
6Fatxullayeva Zilola MamirjonovnaMustaqil izlanuvchiGeologo-strukturniye pozitsii zolotorudnix proyavleniy Auminzatau-Beltauskogo rudnogo rayona
7Musayeva Nigora AbrorovnaMustaqil izlanuvchiStratigrafiya i usloviya obrazovaniya melovix otlojeniy gor Kuldjuktau
8CHо‘lliyev FarhodMustaqil izlanuvchiTurkiston paleookeanining chetki-kontinental vulqon kamari g‘arbiy qismining geologiyasi va ma’dandorligi
9Fyodorov Yuriy Aleksandrovich  Mustaqil izlanuvchiStratigrafiya i usloviya obrazovaniya melovix otlojeniy gor Kuldjuktau
10Axmedjanov Baxtiyor AxmedjanovichErkin izlanuvchiKatarmay  daykali kamarining geologiyasi va madandorligi ( G‘arbiy О‘zbekiston)
11Aripova Mavjuda KarimjanovnaErkin IzlanuvchiFarg‘ona eotsen yotqiziqlarini ostrakoda qoldiqlari bо‘yicha stratigrafiyasi
12Saxibov Turman QuyliyevichPhD doktorantOltin ma’danlashuvining mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va qidiruv belgilari (Auminza tog‘laridagi Shariqti istiqbolli maydoni)
О‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qо‘mitasi “Geologiya muzeyi”
GEOLOGIYA KAFEDRASI MAHALLIY HAMKORLARI
О‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qо‘mitasi Sharqiy О‘zbekiston geologik suratga olish qidiruv ekspeditsiyasi Stratigrafiya partiyasi
.О‘zbekiston Respublikasi “О‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM
H.M.Abdullayev nomidagi “Geologiya va geofizika instututi” DM