Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi

Z.N. Tojiyeva – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 90 326 73 70

e-mail: z_tadjieva@mail.ru


O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O‘zbekiston Milliy universtiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakultetining “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kafedrasi bilan bog‘liq bo‘ldi. Dastlab bu  kafedra 1940-yilda O‘rta Osiyoda yakkayu-yagona bo‘lgan «Iqtisodiy geografiya» nomida  tashkil topdi. Keyinchalik u «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» (1978 y.) deb yuritila boshladi. 1998 yildan esa, mazkur kafedra «Ijtimoiy geografiya  va  mintaqaviy  iqtisodiyot»  nomi bilan  faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik uning nomi bir necha marotaba o‘zgargan bo‘lsada bugungi kunda yana shu nom bilan ya’ni  «Iqtisodiy va ijtimoiy  geografiya»  nomi bilan yuritilmoqda.

Kafedraning dastlabki mudiri geografiya fanlari nomzodi, dotsent V.G. Kuznetsov bo‘lgan. So‘ngra uni g.f.d., professor M.G. Kadek (1941-1945 yy.), g.f.d. professor V.M.Chetirkin (1944-1948 yy.), g.f.n., dotsent R.S.Lobach (1948-1954 yy.), g.f.n., dotsent Sapenko (1954-1959 yy.) boshqarib kelgan. 1960-1969 yillar mobaynida ushbu vazifani g.f.n., dotsent N.G.Smirnov bajarib kelgan. Maxalliy o‘zbek olimlaridan birinchi bo‘lib bu kafedraga g.f.d., professor Z.M.Akramov rahbarlik qildi. U kafedra mudiri lavozimida 1969-1984 yillar davomida ishlab keldi, 1984 yildan  2010 yilgacha kafedrani taniqli olim g.f.d., prof. A.S.Soliev boshqardi. Hozirgi kunda kafedrani geografiya fanlari doktori, professor Z.N.Tojieva boshqarib kelmoqda.

Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati yuksalishi va o‘quv-uslubiy ishlar  rivojlanishida olimlar  G.N.Cherdansev,  A.N.Rakitnikov, O.B. Ota-Mirzaev, A.A.Qayumov,  T.I.Raimov, R.A. Xodiev,  T.E.Egamberdiev, T.T.Tojimov, S.S.Saidkarimov, S.B.Boqiev, M.R.Bo‘rieva, A.M.Sodiqovlarning xizmatlari   salmoqli  bo‘lgan.

Kafedra tarixiga e’tibor bersak, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng muxim va dolzarb yo‘nalishlari: iqtisodiy rayonlashtirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, axoli geografiyasi, shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya muammolari, umuman ijtimoiy (sotsial) geografiyaning turli soxalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayotgani ko‘zga tashlanadi. 1998-1999 o‘quv yilida MDH mamlakatlari o‘rtasida ilk bor prof. A.S.Soliev tomonidan olg‘a surilgan mintaqaviy iqitisodiyot yo‘nalishiga bog‘liq nazariy va amaliy masalalar katta qiziqish bilan o‘rganilib kelindi.

So‘nggi yillarda, jahon taraqqiyotiga mos andozalardan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda ham an’anaviy ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Masalan, aholiga tibbiy, ta’lim va boshqa sohalarda xizmat ko‘rsatish, siyosiy geografiya va geosiyosat, sotsial geografiya, turizm va rekreatsiya, tibbiy va kasalliklar geografiyasi (nozogeografiya), jinoyatchilik geografiyasi kabilar rivojlanib bormoqda. Ularning barchasida O‘zMU «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» kafedrasi asosida mustaqillik yillarida shakllangan milliy iqtisodiy geografiya ilmiy maktabi va unga uyushgan olimlarning hissasi bevosita katta bo‘ldi. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur ilmiy maktabning shakllanishi va samarali rivojlanishida ikki katta-olim Ziyovutdin Muxitdinovich Akramov va Abdusami Solievich Solievlar etakchi bo‘ldilar.

Iqtisodiy geografiyaning tarixi eng avvalo iqtisodiy rayonlashtirish muammolari bilan bog‘liq. Mamlakatimiz, xususan O‘zMU kafedrasida iqtisodiy rayonlashtirish masalasi birinchi navbatda tabiiy geografiya, so‘ngra qishloq xo‘jaligi talab va extiyojlarini o‘z ichiga oladi. Mana shundan kelib chiqqan xolda, iqtisodiy geografiya ilmiy maktabida olib borilgan tadqiqotlar negizida integral, ya’ni asosiy iqtisodiy rayonlarni aniqlashga o‘tildi. Bu borada taniqli olimlar V.M. Chetirkin, Z.M. Akramov, A.S.Soliev, O.B. Ota-Mirzaev va boshqalar tomonidan bajarilgan ilmiy yo‘nalishlar ilmiy jamoachilik e’tiborini qozongani ma’lum.

Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ilmiy maktabi asosan ikkita yo‘nalishga ega. Bu yo‘nalishlarning biri agrogeografiya (qishloq xo‘jaligi geografiyasi) bo‘lsa, ikkinchisi aholi geografiyasidir. Xususan bu yo‘nalishda shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya jarayonining xududiy  muammolari o‘rganilmoqda. YUqoridagi muhim ilmiy yo‘nalishlar hozirgi zamon Vatan geografiya fanining ustunlari bo‘lmish, ikki zabardast olim va buyuk inson prof. Akramov Ziyovutdin Muxitdinovich va prof. Soliev Abdusami Solievichlarning o‘zaro uyg‘un va xamkorlikda samara topgan ilmiy-ijodiy va pedagogik-ustozlik faoliyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Mana shuning uchun xam bu norasmiy ilmiy uyushmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Akramov-Solievlarning ilmiy maktabi», deb atash mumkin.

O‘zbekiston iqtisodiy geografiya ilmiy maktabi tez orada nafaqat respublikada, balki  qo‘shni respublikalar va boshqa xorij mamlakatlarida xam e’tibor topdi. Jumladan, bu borada, xususan mazkur ilmiy maktabda etishtirilgan fan nomzodlari va doktorlari, uning xalqaro aloqalari to‘g‘risida Moskva Davlat universitetining professorlari Y.G.Saushkin, A.I.Kovalyov, Perm Davlat universiteti professori M.D.Sharigin, Sankt-Peterburg Davlat universiteti professori A.I.Chistobaev, Qozog‘iston Milliy universiteti professorlari S.R.Erdavletov va Sh.M. Nadirovlar yuqori baho berishgan.

Kafedra a’zolarining asosiy maqsadi–professorlar Z.M.Akramov va A.S.Solievlar tomonidan shakllantirilgan O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ilmiy maktabi an’analarini davom ettirish, jamoada sog‘lom o‘quv-ilmiy muhitni saqlab turish hamda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev yo‘lboshchiligida mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘li bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shishdan iborat. Ayni paytda kafedra O‘zbekistonda geografiya fanining tayanch dargohi sifatida barcha mintaqaviy oliy ta’lim muassasalari va shu bilan birga Moskva, Rostov-don (ARGO, Rossiya), Qozog‘iston (KazNU) kabi mamlakatlar geografiya ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy aloqalar olib bormoqda.


Kadrlar tayyorlash bo‘yicha spetsifikasi – fakultet tarkibida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash ishida ishtirok etadi. Kafedra geograf bakalavr va geograf magistrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Kafedrada 11.00.02 – iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud.

Yo‘nalish va mutaxassisliklar nomi, shifri va qisqacha tavsifi – YAngi Davlat ta’lim standartlari asosida Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 60530400 – Geografiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 70530402- Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha) va 70530403-Amaliy geografiya (sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.


  1. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda
Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaTalabalarda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning nazariy-metodologik va amaliy asoslari (tushunchalar, qonuniyatlar, tadqiqot usullari va boshqalar) to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
2ShaharlargeografiyasivageourbanistikaasoslariTalabalarga shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslarining bosh tushuncha va kategoriyalarini, nazariy asoslarini, mamlakat va rayonlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatiga oid  nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
3Jaxon xo‘jali gigeografiyasiTalabalarda jahon xo‘jaligi tizimlarining rivojlanishi, tabiiy  resurs salohiyati va jahon iqtisodiyoti tarmoqlarining joylashishi, alohida mamlakatlarning jahon xo‘jaligi tarmoqlaridagi o‘rnini aniqlash va qiyosiy ustunliklarini topish haqida nazariy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
4Axoli geografiyasi va demografiya asoslariAholi soni va tarkibidagi o‘zgarishlar, aholi joylanishi va hududiy harakati to‘g‘risida, aholining tabiiy va mexanik harakati, aholining irqiy, diniy va etnik tarkiblari haqidagi bilimlarni shakllantirishdan iborat.
5O‘zbekiston geografiyasiTalabalarda O‘zbekistonning tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi bo‘yicha kompleks bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
6Jaxon geografiyasiTalabalarga jahon mamlakatlari va mintaqalarining iqtisodiy-geografik o‘rni, aholisi, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari va ularni boshqarish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
7O‘rta Osiyo geografiyasiTalabalarda O‘rta Osiyo mintaqasida “tabiat-aholi-xo‘jalik” tizimi doirasida tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari va ularni boshqarish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
8Qishloq xo‘jaligi geografiyasiTalabalarda qishloq xo‘jaligining tarmoqlar vahududiy tarkibi hamda rivojlanishining geografik jihatlariga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
9Tabiatdan foydalanishnig geografik asoslariTalabalarda tabiatdan foydalanishning to’g’ri yoki noto’g’riligini belgilovchi mezonni aniqlash, tabiatdan foydalanishni to’g’ri amalga oshirishda, avvalo, umumiy geografik konuniyatlarga asoslanish, tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi ekologik iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va moxiyati haqidagi bilim,  ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir
10Shaxarlar geografiyasiFan shaharlar turi va tizimlari rivojlanishining tarixiy-geografik, sotsial. iqtisodiy-geografik, shaharsozlik jihatlarini o’rganishga, urbanizatsiyaning murakkab,  zamonaviy global xarakterini ochib berishga,  shaharlar va ularning xududiy tizimlari rivojlanishining strategiyasini mazmun va ahamiyatini, shaharlarni joylashtirish, rivojlantirish, loyihalash va boshqarish asoslarini o’rganishga qaratilgan.
11Amaliy geografiyaTalabalari geografiyaning bevosiga amaliyot bilan bog’lik sohalari xaqida bilimga ega bo’lishi katta ahamiyatga ega. Amaliy geografiya fani meliorativ tadbirlar va shaharlarning loyihalarini tuzish, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil etishning amaliy jihatlari xaqida bilimlar beradi.
12Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasiMarkaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani oliy ta’lim geografiya  yo’nalishi talabalariga respublikamiz va unga qo’shni bo’lgan Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston, Kirgiziston davlatlarining iqtisodiy geografik rivojlanish xususiyatlari, tabiiy xomashyo salohiyati, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiyoti, uning tarmoqlar va hududiy tarkibi, rivojlanish xususiyatlariga doir bilimlarni shakllantirishdani borat
Magistratura
13GeodemografiyaTalabalarga aholi tabiiy xarakatining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari, demografik o’tish nazariyasi, aholi takror barpo bo’lishining turlari va bosqichlari, rivojlanish Qonuniyatlarini ilmiy amaliy baholash demografik jarayonlarning ijtimoiy iqtisodiy xayotga ta’siri va oqibatlarini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
14Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning metodologiyasiTalabalarga tadqiqot usullari, va geografiya ta’limining jarayon qismlari, didaktik vositalar, dars berish to‘g‘risida ma’lumotlar berish, tabiiyot va geografiya fanidan dars o‘tishda texnika vositalaridan foydalanish, noan’anaviy va interfaol darslar haqida ma’lumot berishdan iborat.
15GeourbanistikaTalabalarga urbanizatsiya va shaharlar rivojlanishi, joylashish qonuniyatlari, ularni rejalashtirish, xududiy tashkil etish va monitoring qilish hamda tartibga solishga oid nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
16Tibbiyot geografiyasiTalabalarga tibbiyot geografiyasi fanining ilmiy nazariy va metadologik asoslari amaliy ahamiyatga doir bilimlarni yanada boyitish, fanning shakillanish va rivojlanish uning istiqbol va muammolarini aniqlash bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakillantirishdan iborat.
17Aholishunoslik siyosatiMagistrlarda talabalariga aholishunoslik siyosatining tarkibi oila, nikoh va demografik vaziyat va boshqalarning demografik siyosatga ta’siri, demografik siyosatni amaliyotga tadbiq etish hamda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
18Urbanizatsiyalashgan hududlarni ekologik rejalashtirishMagistrlar shahar ekologiyasining nazariy asoslari va tushunchalari, shaxarni muxitining ekologik muammolari va ularni tadiq; etish to’g’risida bilimlarga ega buladilar.
19Sotsial geografiyaning yangi yo‘nalishlariTalabalarda sotsial geografiyaning ilmiy – nazariya soslari, shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari, sotsial geografiyaning yangi yo’nalishlari – servis geografiyasi, G‘arb olimlarining sotsial-geografik g’oyalari, tibbiy-geografik tadqiqotlar, sotsial rayonlashtirish bilan tanshitiradi va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va bajarishga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.SHIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1Nazarov Mamatqodir Ismatillaevichg.f.n., dotsentO‘zbekiston qishloq joylarida ijtimoiy infratuzilmani hududiy tashkil etilishi va rivojlanishi
 Qurbonov Shuxrat Bekmetovichg.f.f.d. (PhD), dotsentO‘zbekiston hududlarida aholi turmush sifatining ijtimoiy geografik tahlili: nazariya, metodika, amaliyot

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasining mahalliy hamkorlik shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot

t\rTashkilot nomiShartnoma yoki memorandum imzolangan sanaUniversitet bilan aloqa olib boradigan mas’ul shaxsning ismi sharifi va tel raqami
1O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti25.12.2020  Direktor.N.M.Egamberdieva Tel.:  +998(71)  267 05 36
2Toshkent tumani 24-maktab Beganchov Y.U  Tel.:  +998(99) 0064050
3«O‘ZGASHKLITI» DAVLAT UNITAR KORXONASI 24.12.2019Direktor. Y.D.Magrupov Tel.:  +998(71) 271-27-07
4“Oʼzb. Res. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti01.11.2019Direktor.U.K.Abidxajaev Tel.: +998 (71) 244-01-17
5G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti Direktor.V.A.Rafiqov Tel.: +998 (71)  241-51-70
6“Tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi Direktor. Y.D.Magrupov Tel.:  +998(71)  2788649
7TDIU huzuridagi “Oʼzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari”  ilmiy tadqiqot markazi Direktor.M.B.Kalonov Tel.: +998 (71) 244-01-17
8Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish xududiy markazi Direktor. B.F.YAlgasheva Tel.:  +998(71)  232-83-94

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasining xorijiy hamkorlik shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot

t\rXorijiy universitet nomiShartnoma yoki memorandum imzolangan sanaUniversitet bilan aloqa olib boradigan mas’ul shaxsning ismi sharifi va tel raqamiShartnoma muddati
1Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti2021 yil 1fevralSamiev K.T Tel: +996 7727136172031 yil 1 fevral
2Penza Davlat universiteti2019 yil 16 oktyabr  Gulyakova A.D Tel: +7(841-2)5635112024 yil 16 oktyabr  
3Kazan federal Universiteti2019 yil 20 sentyabr  Panasyuk M.B Tel: +7 (843)292-69-772022 yil 31 dekabr
4Moskova Davlat universiteti2017 yil 11 aprelSadovnichiy V.A. Tel: +7 (495) 939-10002022 yil 11 aprel
5Qozog‘iston  Milliy geografiya jamiyati2018 yil 17 martBayg‘arin Q. Tel: +8 (7172) 999 3362023 yil 17 mart
6Baltika federal universiteti2018 yil 2 mayDrujinin A.G. Tel: +7401259-55-952023 yil 2 may

Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1g.f.d., prof. Z.N.Tojieva z_tadjieva@mail.ru
2g.f.d.prof. N.Q.Komilovankomilova75@mail.ru
3dots. M.I.Nazarovnazar_0820@mail.ru
4dots. S.Q.Tashtaevastashtaeva@mail.ru
5dots. M.M.Egamberdievaegamberdiyevam@mail.ru 
6dots.U.T.EgamberdievaUmri_1960@mail.ru
7dots. S.L.YAnchukYanchukSL@mail.ru
8dots. SH.B.QurbonovQurbonov1977@mail.ru
9U.Pazilova Umidapazilova965@gmail.ru
10N.Jaloliddinovn_jaloliddinov@mail.ru