Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kimyo sohasida xalqaro tajriba almashinuvi: Zagreb universiteti delegatsiyasining tashrifi

🔴 Bugun, 10 – iyun kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Zagreb universitetining kimyo muhandisligi va texnologiya yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari — Elvira Vidovich, Marijana Kraljić Rokovich, Hrvoje Kushich, Zvonimir Katanchichlar tashrif buyurdilar. Mehmonlarni Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, Kimyo fakulteti dekani Shaxnoza Qodirova, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Javlon Madatov hamda Ta’lim infratuzilmasini transformatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i Nodir Narziev kutib oldi.

🔴 Ma’lumki, ushbu universitet bilan Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlik olib borilmoqda. Joriy yilda kimyo fakulteti professorlari Zagreb universitetida stajirovka o‘tib qaytdilar.
Bugungi delegatsiya ham Erasmus+ dasturi doirasida universitetimizga stajirovka o‘tash maqsadida tashrif buyurdi. Ular asosan kimyo fakulteti professorlari bilan kelgusidagi ilmiy loyihalar, xalqaro konferensiyalar tashkil etish, hamda xalqaro grantlarda ishtirok etish borasida muzokaralar olib bordilar.

🔴 Shuningdek, kelgusida akademik mobillik almashinuvi dasturi hamda xorijiy talabalar uchun qishki va yozgi maktablar tashkil etish kabi bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishildi. Zagreb universiteti professorlari o‘z stajirovkalari doirasida doktorantlar va magistrlar uchun master-klass darslari o‘tkazish hamda kelajakda ikki rahbarlik (dual supervision) tizimini yo‘lga qo‘yish istishini bildirdilar.



Xalqaro aloqalar bo’limi