Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to’siq

Xorijiy filologiya fakultetida 15-dekabr kuni “Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to’siq” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Bu yig’ilishda O’zbekiston Milliy universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi ma’suli M.To’xtayev, Profilaktika inspektori A.Yigitaliyev, fakulteti dekani I.A.Jo’rayeva, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini X.Sh.Ergashev, xotin-qizlar qo’mitasi raisi F.B.Axrarova, xorijiy til va adabiyoti kafedra katta o’qituvchisi M.M.Abdullayeva va fakultet tyutorlari A.Z.Xalilov, Y.Sobirova, S.Yusupova, F.Abdullayeva, Y.Usmonovalar ishtirok etishdi. Bu davra suhbatida universitetda Korrupsiyaviy illatni yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi va Korrupsiyaviy holatlar bo’lmasligi va uning oldini olish bo‘yicha targ’ibot ishlari olib borilayotganligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxo‘rlik, ta’magirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qo‘yish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida ma’lumot berildi. Agarda bunday holatga duchor bo‘lsa yoki xabardor bo‘lsa, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi tomonidan ochilgan Antikor_NUU.uz sayti ishga tushirilganligi va sayt orqali murojaat qilishini ma’lumot uchun aytib o‘tildi. Murojaat qilgan shaxsning ismi, sharifi sir saqlanishi va himoyaga olinishi haqida talabalarga tushuntirildi. Davra suhbatida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga atrofliсha javob oldilar.

O’zMU Axborot xizmati