Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Lourens Levermur nomidagi Milliy Lobaratoriyasi

АQShning Lourens Levermur nomidagi Milliy Lobaratoriyasi (Lawrence Livermore National Laboratory) vakillari  OʼzMUda

2023 yilning 23 fevral sanasida АQShning Lourens Levermur nomidagi Milliy Lobaratoriyasi (Lawrence Livermore National Laboratory) vakillari seysmologiya boʼyicha mutaxassislar Аnna Аgiar Moyya va Tuna Onur OʼzMUga tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda mehmonlarga OʼzMU universiteti haqida batafsil maʼlumot berildi. Oʼz navbatida АQShlik mehmonlar ham Lourens Levermur nomidagi Milliy Lobaratoriyada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari, universitetlar bilan hamkorlik aloqalari haqida toʼxtalib oʼtishdi.

Maʼlumot uchun: Tuna Onur 2022 yilda Geologiya fakulьteti talabalariga seysmologiya va qurilish muhandisligi sohalari boʼyicha onlayn maʼroʼza mashgʼulotlari olib borgan edi.

Shu bilan birga АQSh tomoni Lourens Levermur nomidagi Milliy Lobaratoriya bilan hamkorlik qiladigan АQSh va Kanada universitetlari bilan ham aloqa oʼrnatishga hamda qoʼshma loyihalardi ishtirok etishga koʼmak berishlarini bildirib oʼtdilar.