Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi

– Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 9


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Maxsus tarix fanlari Ushbu fan uch semestr davom etib, birinchi semestrda Tarix fani tushunchasi, O‘zMU Tarix fakultetining tarixi, referat, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi yozish uslublari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi. Ikkinchi semestrda xronologiya va metrologiya maxsus tarix fanlaridan tushunchalar berilib, kalendarlar, metrik o‘lchovlar tarixi, yil hisoblaridan foydalanish bo‘yicha malakaga ega bo‘ladilar. Uchinchi semestrda sfragistika, genealogiya, geraldika, diplomatika va boshqa maxsus tarixi fanlari, ularning tadqiqot obe’kti va usullariga oid ma’lumotlar bilan tanishadi.
2Tarixiy geografiyaFanni o‘qitish jarayonida O‘rta Osiyoning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy geografiyasi va kartografiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
3Sharq tillariUshbu kurs davomida arab va fors tili alifbosi harflarini o‘rgatish va ushbu tillarga oid lug‘at boyligini oshirish, (arab va fors tillaridan) matnlarni o‘qishni o‘rgatishdan iborat.  
4Muzeyshunoslik va arxivshunoslikUshbu fan davomida manbashunoslik va tarixshunoslikning
predmeti va ob’ekti, vazifalari, manbalar va ularning turlari, tarixshunoslik
sohasidagi tadqiqotlarning turlari, manbashunoslik va tarixshunoslikning nazariy muammolari, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi tarixiy tadqiqot usullari haqida bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi.
5Mutaxassislikka kirishTarix-arxivshunoslik tushunchasi, O‘zMU Tarix fakultetining tarixi, referat, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi yozish uslublari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.
6O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixiUshbu fanning maqsad va vazifalari O‘zbekiston hududida ilk davlat muassasalarining shakllanishi, o‘zbek davlatchiligi va boshqaruvi tarixi va davlat boshqaruv idoralari faoliyatini o‘rgatishdan iborat.  
7Arxiv ishi nazariyasi va amaliyotiUshbu fanning maqsadi O‘zbekiston Milliy arxiv Fondi, arxivlarda davlat hisobi, ilmiy ma’lumotnoma apparatini shakllantirish hujjatlar qimmatdorligi ekspertizasini tashkil qilish, arxivlarda ish yuritish tartiblarini o‘rgatishdan iborat.
8Jahon arxivlari tarixiFan asosiy maqsadi talabalarga arxivlarning umumiy tarixi va hozirgi zamon
jahon yetakchi arxivlari fani orqali qadimgi arxivlarninng tarixiy ahamiyati, ular
tarkibidagi hujjatlarning ahamiyati, ularning tarixiy ahamiyatini o‘rgatishdan iborat.  
9Raqamli manbalar va elektron arxiv asoslariUshbu kurs raqamli manbalarning turlari va elektron arxivlarning qonunchiligi tahlili, elektron ilmiy-ma’lumotnoma apparati tizimi haqidagi nazariy va amaliy jihatdan qo‘llay olish, davlat arxivlari raqamli manbalarning tashkil etilishi, elektron hujjatlar qimmatdorligi ekspertizasini tashkil qilish, raqamli hujjatlarni turkumlash, jahon arxivlarida elektron arxivlarini tashkil etilish tajribasini o‘rgatadi.
10Xronologiya va metrologiya Xronologiya va metrologiya fanining fan
sifatida paydo bo‘lishi, qadimda foydalanilgan vaqt va o‘lchov birliklarini o‘rgatish, turli xalqlarda qo‘llanilgan vaqt o‘lchov birliklarini qiyoslash, kalendarlar va ularning turlarini o‘rgatishdan iborat
11Muzeyshunoslik va kutubxonashunoslikO‘zbekistonning qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan kutubxona ishi va muzeylar tarixi, tarixiy davrlarda va hozirgi davrdagi zamonaviy muzeyshunoslik, kutubxonashunoslik va bibliografiya asoslariga oid nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi.
12ManbashunoslikFan davomida talabalarga qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan O‘zbekiston tarixi haqida ma’lumot beruvchi tarixiy manbalar haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
13Arxiv sohasida innovatsiyalarFanning asosiy maqsadi arxiv sohasidagi jarayonlarni anglashda axborot texnologiyalarining o‘rnini tahlil etish, fanning asosiy yo‘nalishlariga
oid innovatsion yondoshuvlarni tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish,
davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda
fanning o‘rnini tushuntirish, talabalarga tarix faniga oid elektron
manbalardan, internet imkoniyatlaridan foydalanish, tarixiy tadqiqotlarda
axborot texnologiyalarini qo‘llashni, modellar va metodlarni o‘rgatishdan iborat.
Magistratura bosqichida o‘tiladigan fanlar
1Tarixiy tadqiqot metodlariFanning asosiy maqsadi tarixchi tadqiqotchilar ilmiy faoliyat olib borish jarayonida tadqiqot metodlaridan foydalanish usullarini, tadqiqiqot metodlarining mohiyatini o‘rgatishdan iborat.
2Yangi va eng yangi davr tarixi manbalari va tarixshunosligiUshbu fan mustaqillik davri tarixining manbalari va tarixshunoslik tadqiqotlarini o‘rganishni nazarda tutadi.  
3Paleografiya va matnshunoslikMazkur fan davomida jahonning qadimiy va o‘rta asrlarda keng tarqalgan yozuv turlari, ularning tarixi hamda zamonaviy ko‘rinishlari o‘rganiladi
4O‘rta Osiyo xonliklarida tarixnavislik maktablariMazkur fan xonliklar davridagi tarix fanining rivoji, tarixnavislik maktablarining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda tarixiy asarlarni o‘rganadi

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1Rahmanqulova Zumrad Boyxo‘rozovnakaf. mudiri    O‘rta Osiyo  xonliklarining Usmoniylar  davlati  bilan o‘zaro  aloqalari XX-XXI asr boshlari tarixshunosligida
2Saidboboev Zokirjon AbdukarimovichprofessorEvropada O‘rta Osiyoga  oid tarixiy –kartografik  ma’lumotlar(XVI-XIXasrlar)
3Burieva Xayriya Amanullaevna.dotsentToshkent shahrining 1917-2007 yillardagi toponimiyasi va uning tarixiy aspektlari
4Xamidova Muhabbat SamandarovnadotsentO‘zbekistonning Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari tarixi
5Choriev Sherzodjon Shokirjonovichdotsent O‘zbekiston Milliy  arxiv  hujjatlarida  O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy  tarixi (1924-1941 yillar)
6Zohidova Sahovat AbdukodirovnaDotsent v.b.Xojagon  iyya-naqshbandiyya “Himoyat tizimi” va uning temuriylar (XV –XVI asrlar) ijtimoiy  siyosatida  tutgan muhim o‘rni  va ahamiyati
7Saidboboeva Gulzora Ne’matjonovna Dotsent v.b.Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish tarixi (XIX asr oxiri XX asrning birinchi choragi)
8Shaydullaeva Guljahon Shopo‘latovnaPhD o‘qituvchiOks  va Xarappa sivilizatsiyalarining madaniy aloqalari
9Nazarov Aziz  YoqubjonovichKatta o‘qituvchiO‘zbekiston Milliy arxividagi ilmiy jamiyatlar fondlari hujjatlari
10Yusupova Dildora Jo‘raqulovnao‘qituvchiToshkent shahar tarixi  tarixshunosligi (XIX asr oxiri –XX asr boshlari)
11Duschanov Rasuljon Raximbaevicho‘qituvchi O‘zbekistonda Sovet davlatining soliq siyosati tarixi (1946-1990 yy.)
12Botirov Elbek Alisherovicho‘qituvchiTurkiston ASSR bojxona  ishi tarixi
13Xamroev Sunnat Allaberdievicho‘qituvchiBuxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi  diplomatik munosabatlar tarixshunosligi
14Salomova Lutfiya Iskandarovnao‘qituvchiO‘zMA hujjatlari  Turkiston ASSR sog‘liqni  saqlash masalalariga  oid manba

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

    Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi  bir qator mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan xamkorlik qilib kelmoqda. Mahalliy hamkorlar Uzarxiv agentligi, O‘zRFA tarix instituti, O‘zRFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutidir. Hamkor tashkilotlar bilan o‘quv rejalar, dasturlarni muhokama qilish  va magistrlarga ilmiy rahbarlik qilish borasi bir qator ishlar olib borilmoqda. Shuningdek,  ular bilan birgalikda bir qator konferensiyalar   o‘tkazildi.

Xorijiy xamkorlar bilan ham bir qator ishlar olib borilmoqda. 2020-2021 o‘quv yilida Istanbul universiteti professor o‘qituvchilari: Tuba Tombulo‘g‘li – Turkiyaning (Worid Rankings (CWUR) 1160, Research Performance Rank 1110  o‘rinda) Mersin universiteti professori, Demir Alparslan – Turkiyaning (Times Higer Education ranking 1126 o‘rinda) Tokat universiteti professori, Jeyxan Guler – Turkiyaning Istanbul universiteti (xalqaro reytingda (Times Higer Education ranking da 801 o‘rinda,  QS 801 o‘rinda ) professori,  Yunus Kuch – Turkiyaning (Times Higer Education ranking 750 o‘rinda) Xujatepa universiteti professor talabalrga ma’ruzalar o‘qimoqdalar.

Shuningdek, kafedraningbir qator o‘qituvchilari top 1000 universitetlari talabalriga ma’ruza o‘qishi rejalashtirilmoqda.

Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1Rahmanqulova Zumrad Boyxo‘rozovnazumradrahmankulova @gmail.com    
2Saidboboev Zokirjon Abdukarimovichsaidboboyev@rambler.ru  
3Burieva Xayriya Amanullaevna.burieva73@mail.ru
4Xamidova Muhabbat Samandarovnahamidova.2002@ mail.ru
5Choriev Sherzodjon Shokirjonovichsherzodch@rambler.ru  
6Zaxidova Saxovat Abdukodirovnasakhovat_2009@ mail.ru
7Saidboboeva Gulzora Ne’matjonovna Gulzora @ rambler.ru
8Shaydullaeva Guljahon Shopo‘latovnashaydullayeva87@list.ru  
9Nazarov Aziz  YoqubjonovichAzizbek_888@mail.ru
10Yusupova Dildora Jo‘raqulovnayusupovadildora0603@gmail.com
11Duschanov Rasuljon Raximbaevichduschnov85rr@mail.ru
12Botirov Elbek Alisherovichelbekalisherovich91@gmail.com  
13Xamroev Sunnat Allaberdievichhamroyev.s@mail.ru
14Salomova Lutfiya Iskandarovnasalomovalutfiya95@gmail.com

To‘garaklar

       Manbashunoslik va arxivshunoslik  kafedrasining sharq tillari  o‘qituvchilari tomonidan fakultetning bakalavr va magistiratura yo‘nalishlari talabalarining bo‘sht vqtlarini unumli o‘tkazish va fors tilini mukammal o‘rganishda ko‘maklashish maqsadida “Sharq tillari” to‘garagi yo‘lga qo‘yildi.