O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 795-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat rejasining 7.5-bandida“Universitet ikki oy muddatda: Institutni ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, salohiyatini oshirishga qodir bo‘lgan tajribali mutaxassislar va ilmiy xodimlardan iborat yuqori malakali kadrlar bilan ochiq tanlov asosida to‘ldirish choralarini ko‘rsin” deb belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika instituti quyidagi lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:
- Direktorning ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari -1 ta;
- Ilmiy kotib -1 ta;
- Bosh yuriskonsult -1 ta;
- Kvant maydon nazariyasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi – laboratoriya
mudiri – 1 ta; - Nochiziqli fizika ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi – laboratoriya mudiri -1 ta;
- Subatom fizikasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi – laboratoriya mudiri -1 ta;
- Sun’iy intellekt, hisoblash va ma’lumotlar bazasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi – laboratoriya mudiri -1 ta;
- Gravitatsion maydon nazariyasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi – laboratoriya mudiri -1 ta;
- Kvant tarmoqlar va dinamik tizimlari ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi – laboratoriya mudiri -1 ta;
- Bosh buxgalter -1 ta;
- Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis -1 ta;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis -1 ta:
Tanlovda qatnashadigan nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Instituti direktori nomiga ariza;
- Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomlar nusxalari;
- Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni to‘g‘risidagi diplomlar nusxalari;
- Ilmiy ishlari ro‘yxati (so‘nggi 3 yil);
- Malaka oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi (so‘nggi 3 yil).
Hujjatlar e’lon chop etilgan sanadan boshlab 1 (bir) oy muddatda qabul qilinadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy, O‘zMUning xodimlar bo‘limi.
Tel.: (71) 246-03-92.