O‘zbekiston va Hindistonning qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil daryolari havzalarida suv taqchilligi hamda qurg‘oqchilikka to‘g‘onlar va iqlim o‘zgarishi ta’sirini baholash.

Ilmiy rahbari: Raxmonov Komiljon Radjabovich
Bajarilish muddati: 04.01.2021-31.12.2023
Loyiha shifri: Uzb-Ind-2021-89
Loyiha turi: Amaliy

Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: Chirchiq (O‘zbekiston) va Tapi (Hindiston) daryolarida meteorologik qurg‘oqchilik, gidrologik qurg‘oqchilik va suv tanqisligi jihatlarini – muayyan davr uchun tabiiy sharoitda va tanlangan daryo havzalaridagi Chorbog‘ (O‘zbekiston) va Ukay (Hindiston) to‘g‘onlari ta’sirida yuzaga keladigan qurg‘oqchilik indekslarini baholash. Chirchiq va Tapi daryolari havzalarida meteorologik qurg‘oqchilikning asosiy xususiyatlarini aniqlash, qurg‘oqchilik indekslaridan foydalangan holda uni turli vaqt oralig‘idagi iqlimiy stsenariylar bo‘yicha prognozlash va baholash. Iqlim o‘zgarishining meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilikka ta’sirini statistik baholash, meteorologik qurg‘oqchilikning yillararo tebranishi o‘rganish, Piskom va Yangiyo‘l meteorologik stantsiyasi ma’lumotlari asosida meteorologik qurg‘oqchilikni tavsiflash. Meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslarini hisoblash ular orasidagi bog‘lanishlarni statistik baholash, Pirson va Spirman rang korrelyatsiya koeffitsientini aniqlash, “Hit-score” indeksi qurg‘oqchilik indeksini aniqlash, meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslari orasidagi bog‘lanishlarni siljitishlar usulida baholash.
Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo‘lga kiritilgan muhim natijalar: Chirchiq daryosi havzasida kuzatilgan gidrologik va meteorologik ma’lumotlar umumlashtirildi va birlamchi qayta ishlandi. Chirchiq daryosidagi meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilikni tavsiflash uchun qurg‘oqchilikning tegishli ko‘rsatkichlari tanlandi. Chirchiq daryosining yillik va mavsumiy oqim o‘zgaruvchanligi baholandi. Meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslari (SPI, SSI, Run theory) tavsiflandi va aniqlandi. Meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslari orasidagi bog‘lanishlar aniqlandi. Meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslarining turli ta’minlanishlarida “Hit-score” indeklari aniqlandi. Meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslari orasidagi bog‘lanishlar siljitishlar usulida baholandi.

Patent
Yo‘q.

Loyiha doirasida chop WoS va Scopus bazasidagi xalqaro ilmiy ishlar

  1. Khikmatov F., Ganiev Sh., Ziyaev R. Statistical Assessment of the Runoff Variability of Small Rivers in the Middle Zeravshan Basin // Alınteri Journal of Agriculture Sciences (2021). 36(2): 252-256
  2. Namozov J.A., Khamroeva F.A., Dovulov N.L. Specific and integral efficiency use of land and water resources // Specific and integral efficiency use of land and water resource. AGRITECH-V-2021. – Rassiya. 2021. – P.1-7.
  3. Muxamedjanov I.D., Konstantinova A.M., Lupyan E.A., G.U.Umirzakov. Otsenka vozmojnostey sputnikovogo monitoringa dinamiki rechnogo stoka na primere analiza sostoyaniya reki Amudarьi // Sovremennыe problemы zondirovaniya Zemli iz kosmosa. –Rossiya, 2022, T.19.№1. –S. 87-103