🔴 Bugun 13 iyun kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Xitoyning nufuzli Pekin universitetidan quyidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
🔴 Delegatsiya tarkibida Shi Luven – Xalqaro tibbiy boshqaruv tadqiqot markazi direktori, Guan Xiaodong – Klinik farmatsiya va farmatsiya boshqaruvi bo‘limi direktori, Haisharjiang Wushuer – Xalqaro tibbiy boshqaruv tadqiqot markazi dotsenti, Liu Zhaofeng – Xitoy xalqaro tibbiy va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uyushmasi ijrochi raisi, Jan Qiang – Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi.
Mehmonlarni O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova, ta’lim infratuzilmasini transformatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i Nodirjon Narziyev, xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Javlonbek Madatov, xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Oxundadayev hamda strategik rivojlanish va xalqaro reyting bo‘limi boshlig‘i Alijon Oripov kutib oldi.
🔴 Uchrashuvdan asosiy maqsad — “Bir yo‘l, bir makon” tashabbusi doirasida Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarda O‘zbekiston Milliy universitetining kimyo va biologiya yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilarini jalb etish masalasini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot chog‘ida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik takliflari bildirildi:
✅ “Life Sciences” — biologiya, kimyo va biokimyo sohalarida ilmiy tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish,
✅ Talabalar va professor-o‘qituvchilarni almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
✅ Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish.
🔴 O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati ushbu tashabbuslarni qiziqish bilan qabul qildi va ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
🔴 Uchrashuv yakunlanar ekan, tomonlar keyingi bosqichda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muzokara olib borildi hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
Xalqaro aloqalar bo’limi