Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Sanoat ikkilamchi xom ashyosi asosida yangi turdagi kationit olish texnologiyasini ishlab chiqish.

Ilmiy rahbari: Nurmanov Suvonqul Erxanovich

Bajarilish muddati: 01.04.2020-31.03.2023

Loyiha shifri: AМ-ФЗ-2019081449

Loyiha turi: Amaliy

Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati. Mahalliy xom ashyolar, ikkilamchi mahsulotlardan foydalangan holda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Markaziy Osiyoda eng yirik polimer mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Uz-

KorGaz Chemical” MChJga qarashli Ustyurt gaz-kimyo majmuasining “Surg‘ul” konidan yiliga 3 mlrd m3 tabiiy gaz va 115 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib olinadi. Jarayonda dastlab tabbiy gaz metan, etan, prapan-butan fraksiyalariga ajratiladi. Metan majmuada qayta ishlanmaydi, tayyor mahsulot sifatida foydalanishga yuboriladi. Etan hamda propan-butan fraksiyalari alohida tarzda pirolizga uchratiladi va mos ravishda etilen, propilen olinib, so‘ngra ularni polimerlash natijasida tovar mahsuloti sifatida granulalangan polietilen va polipropilen olinadi. Kompleksning yillik quvvati 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen va ikkilamchi mahsulotlar 102 ming tonna piroliz distillyati, 8 ming tonna piroliz moyi, 10 ming tonna qoldiq qattiq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ikkilamchi mahsulotlar qayta ishlanmaydi va arzon narxlarda, sifatsiz yoqilg‘i, bug‘ qozon yoqilg‘isi sifatida sotiladi.

Bu ikkilamchi mahsulotlardan biri piroliz moyini fraksion haydash natijasida fraksiyalarga ajratib, olingan naftalin fraksiyasi asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar superplastifikator va sulfokationit ishlab chiqarish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Chiqindi maxsulot tarkibidan naftalin va uning gomologlarini ajratib olinadi. Tarkibining fizik-kimyoviy tahlili o‘tkaziladi. Olingan natijalar asosida ixtiro patentga buyurtma beriladi. Sho‘rtan-gaz kimyo majmuasining chiqindi maxsulotlari tarkibi fraksiyalarga ajratib o‘rganiladi va ularning texnologik parametrlarini va fraksiya maxsulotlarini tozalash usuli ishlab chiqiladi. Naftalin fraksiyasini formalin bilan reaksiyasini amalga oshiriladi va polimer modda olish uchun fraksiyalarga ajratiladi. Olingan polimer moddani sulfolash reaksiyasi amalga oshiriladi. Mahsulot unumiga harorat, reaksiya davomiyligi va boshlang‘ich moddalarning mol miqdorlari ta’sirlari aniqlanadi.

Tadqiqotning maqsadi: Loyixaning maqsadi piroliz jarayoni ikkilamchi xom ashyosi asosida neft va gaz sanoati ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan texnologik suvlarni og‘ir tuzlardan tozalashning yangi samarador usulini yaratish, texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.

Loyixani bajarish davomida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi maxsuloti- qattiq qoldiqning kimyoviy tarkibini aniqlash;
  • piroliz jarayoni qoldiq maxsulotini  qayta ishlash usulini ishlab chiqish;
  • piroliz qoldiq maxsulotini qayta ishlash qurulmasini yaratish;
  • qattiq chiqindi maxsulotni fraksiyalarga ajratishni texnologik parametrlarini ishlab chiqish;
  • fraksiya maxsulotlarini tozalash usulini ishlab chiqish;
  • piroliz jarayoni qoldiq maxsulotini qayta ishlashning texnologik sxemasini ishlab chiqish va material sarfini hisoblash;
  • qattiq maxsulot fraksiyalari asosida sorbent-ionitlar olish usulini yaratish;
  • olingan sorbentlarning fizik-kimyoviy parametrlarini aniqlash;
  • Ustyurt gaz kimyo majmuasida uglevodorodlar pirolizi jarayoni ыattiы ыoldiы maxsuloti asosida yaratilgan sorbentning tajriba-sanoat namunasini ishlab chiqish;
  • piroliz jarayoni qattiq maxsulotini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiyani sinovdan o‘tkazish, dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblashlarni amalga oshirish.
  • Olingan tadqiqot natijalari asosida O‘zR patenti olish uchun materiallar tayyorlanadi va buyurtma beriladi, Web of Science Core va Scopus bazalariga kiritilgan ilmiy jurnalda hamda boshqa ilmiy jurnallarda maqola chop qilinadi.

Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo’lga kiritilgan muhim natijalar:

– Chiqindi maxsulot tarkibidan naftalin va uning gomologlarini ajratib olindi. Tarkibining fizik-kimyoviy tahlili o‘tkazildi. Olingan natijalar asosida Ixtiro patentiga buyurtma berildi.

– Sho‘rtan-gaz kimyo majmuasining chiqindi maxsulotlari tarkibi fraksiyalarga ajratilib o‘rganildi va ularning  texnologik parametrlari aniqlandi, fraksiya maxsulotlarini tozalash usuli ishlab chiqildi.

– Naftalin fraksiyasini formalin bilan reaksiyasi amalga oshirildi va olingan maxsulot polimer modda olish uchun fraksiyalarga ajratildi. Fraksion xaydash natijalariga ko‘ra pirolizning suyuq mahsulotlari tarkibida naftalin ko‘p miqdorda uchrashi aniqlandi. Naftalinni ajratib olindi va formalin bilan reaksiyasi o‘tkazildi. Olingan polimer moddani sulfolash reaksiyasi amalga oshirildi.

– Naftalinni sulfolash reaksiyasi amalga oshirildi. Mahsulot unumiga harorat, reaksiya davomiyligi va boshlang‘ich moddalarning mol miqdorlari ta’siri aniqlandi. Olingan sulfonaftalinni formaldegid bilan reaksiyasi amalga oshirildi va polimer maxsulot olindi.

  • Sulfonaftalinni formalin bilan polikondensatlash jarayoni amalga oshirildi va jarayon borishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlandi.
  • Olingan moddalarning tarkibi va tuzilishi turli fizik-kimyoviy usullar yordamida o’rganildi. Jarayonlarning kinetikasi tadqiq qilindi va mexanizmi taklif etildi.
  • Olingan superplastifikatorning beton aralashmalariga ta’siri aniqlandi va import superplastifikatorlar bilan taqqoslandi.
  • Sulfokationitning ekspluatatsion xossalari – bo’kishi, statik va dinamik almashinish sig’imini aniqlandi, termik va kimyoviy barqarorligi tekshirildi. Olingan sulfokationitning xossalari boshqa kationit bilan solishtirildi.

Patent

  1. Kim Sergey Nikolaevich. FAP01803 Elektrogidravlik yoki elektroimpulsli qurilma uchun ishlaydigan elektrod. O‘zbekiston Respublikasi foydali modellar davlat reestrida 10.01.2022 yilda
  2. FAP 20210092. Способ получение катионитов из нафталина и его гомологов

Loyiha doirasida chop etilgan WoS va Scopus bazasidagi xalqaro ilmiy ishlar

  1. D. Rakhmonova, L. Gapurova, S. Razzoqova, Sh. Kadirova, B. Torambetov, Z. Kadirova, S. Shishkina. Acta Crystallographic E, ISSN: 2056-9890, V.78, 2022 P. 231-234.
  2. D. Rakhmonova, Z. Kadirova, B. Torambetov, Sh. Kadirova, J. Ashurov, S. Shishkina. The molecular and crystal structures of 2-(3-hydroxypropyl) benzimidazole and its nitrate salt. Acta Crystallographic E, ISSN: 2056-9890, V.78, 2022 P. 211-215.