Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoevning “Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli boʼladi va istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi..” degan chuqur maʼno va mazmunli mulohazasi bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishning asoiy ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida belgilandi. Oʼtgan davr ichida matematika ilm-fani va taʼlimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamiz oliy oʼquv yurtlariga xorijiy ilgʼor ilmiy markazlarda faoliyat olib borayotgan vatandosh matematik olimlar taklif qilindi, shu bilan birga xalqaro miqyosda ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratildi. Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqotlarning oʼzaro integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Talabalar shaharchasida OʼzR FА V.I.Romanovsiy nomidagi Matematika institutining yangi zamonaviy binosi barpo etildi.
2021 yil 20 aprelь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, OʼzR FА V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Аyupov Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurib, Matematika fakulьtetining yosh oʼqituvchilari, tadqiqotchilari, doktorantlari va iqtidorli talabalari bilan universitetda tobora anʼanaga aylanib borayotgan “Senator – yosh olimlar va iqtidorli talabalar davrasida”deb nomlangannavbatdagi ilmiy-maʼrifiy tadbirda ishtirok etdi.
Tadbirni OʼzMU rektori Inomjon Madjidov olib bordi. Unda OʼzMU ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori Xikmat Saburov, OʼzR FА Matematika instituti direktorining ilmiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Oʼtkirjon Roziqov, “Matematik analiz” kafedrasi professori Аzizjon Vorisov hamda matematika fakulьtetining kafedra mudirlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda senator Sh.Аyupov matematika sohasida ishlayotgan yoshlarga taaluqli boʼlgan yangiliklar haqida, OʼzR FА Matematika instituti xuzurida boshlangʼich mablagʼi 5 mlrd. soʼm boʼlgan “Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi” tashkil etil-gani va bu jamgʼarma xomiyligida turli fan olimpiadalari oʼtkazish, yoshlarni ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash kabi koʼplab vazifalari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Professor Oʼtkirjon Roziqov esa matematika fanining amaliyotda qoʼllanishi haqida toʼxtalar ekan, jumladan xozirgi vaqtda GPS-navigatorlar sistemasi Lobachevskiy geometriyasiga, Google.com qidiruv tizimi esa ehtimollar nazariyasidagi staxostik matritsaga mos Markov zanjirlariga asoslangani haqidagi ilmiy asoslarni qiziqarli misollar bilan tushuntirib berdi.
Tadbir ishtirokchilari oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatori, akademik Shavkat Аyupovdan toʼliq javob olishdi. Uchrashuv qizgʼin bahs va mulohazalarga boy boʼldi.
Ravshanjon OMONOV,
Jurnalistika fakulьteti
Yoshlar bilan ishlash boʼyicha
dekan oʼrinbosari