Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi

Boboev Baxrom Nurullaevich-Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Payshanba, 15:00 – 17:00

 +998 71 246-07-88

 bahrom-nur@rambler.ru


 Kafedra haqida qisqacha ma’lumot

Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi 1946 yilda kimyo fanlari doktori O.S.Sodiqov tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1956 yilda o‘simlik dunyosini yanada kengroq o‘rganish maqsadida kafedra qoshida Tabiiy birikmalar kimyosi muammolari ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan.

Kafedrani 1946-1972 yillarda – akad. Obid Sodiqovich Sodiqov; 1972-1980 yillarda – prof. O.S. Otroshenko; 1981-1985  va 1988-1992 yillarda – prof. X. Aslanov; 1985-1988 yillarda – dots. T.K. YUnusov; 1992-1998 yillarda – prof. S. A. Auelbekov; 1998-2004 yillarda – akad. SH.I.Salixov;  2004-2005 yillarda – prof. A.O.Sodiqov; 2005-2012 yillarda – prof. D.N.Dalimov; 2012-2013 yillarda – dots. A.X.Xaitboev; 2013-2019 yillarda dots. S.A.Maulyanovlar boshqardilar, 2019 yildan xozirgacha  k.f.d., prof.Boboev B.N rahbarlik qilmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 5140500-Kimyo (bakalavr) va 5141800-Tabiiy fiziologik faol birikmalar kimyosi yo‘nalishlari bo‘yicha 10 ta fandan va 5A140501-Kimyo (Bioorganik kimyo), 5A140502-Radiokimyo  magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 8 ta fandan saboq berib kelinadi. Bu fanlarning talabalarga etkazilishida kafedraning prof.Boboev B.N., prof.Dalimova G.N., dots. XamidovaG.R., dots. Maulyanov S.A. dots.SH.YA.Mirzaaxmedov, dots.A.G.Eshimbetovlar bilan bir qatorda O‘zR FA institutlari xodimlari prof.SHerimbetov S., prof Qurbonov B., prof.Botirov E., k.f.n. Xo‘jaev S., YUldashev X.,  PhD YOrmatov B., Berdiev N. va yosh o‘qituvchilar PhD Eshbekov A., doktorantlar Sarabekov A., Mustafaeva D., magistrlar Bayxanova N., Siddiqova S.ham faol ish olib bormoqdalar.

Kafedra yo‘nalishidagi fanlardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Lagochilus avlodiga mansub o‘simliklar kimyosi, biologiyasi va fiziologik xossalari” monografiyasi va qator uslubiy qo‘llanmalar chop etildi, “Uglevodlar va lipidlar kimyosiga kirish” o‘quv qo‘llanmasini chop etishga ruxsat berildi.  YAngi o‘quv yiliga “Bioorganik kimyo”darsligi, “Kimyo o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmalari yaratiladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari yangi avlod o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanib boryaptilar.
Kafedra ilmiy yo‘nalishi O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni tadqiq qilish, ulardan biologik faol birikmalarni ajratib olish, modifikatsiyalash va biologik faolligini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, buyo‘nalishdagiishlar davlat ilmiy loyihalari va FA institutlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Ohiri vaqtlarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida Inebrin dori vositasi allergiyaga qarshi va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun O‘zR SSV Farmakologik qumitasi tomonidan tibbiyot amaliyotga qo‘llash uchun ruxsatnoma olindi.
Kafedra ilmiy yo‘nalishining dolzarbligini e’tiborga olib hamda kafedra tashkil etilganligining 75 yilligi munosabati bilan 2021 yil 27 mayda Tabiiy birikmalar kimyosi “O‘zbekistonda tabiiy birikmalar kimyosining rivoji va kelajagi” mavzusida chet el olimlari ishtirokida   Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Mustaqillik yillarida kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida 18 ta fan nomzodi (PhD) va 10 ta fan doktori (DSc) tayyorlandi.
Kafedrada ohirgi yillarda ilmiy ishlari bo‘yicha quyidagi ilmiy loyihalari bajarilgan: OT-A-10-2 – Ayrim alkaloidlar asosida teri rakiga qarshi dori vosita yaratish va olish texnologiyasini ishlab chiqish (ilmiy rahbar Maulyanov S.A.)
YOA-11-3 – maxalliy xomashyo asosida antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi samarali vositalar ishlab chiqish.(ilmiy rahbar Berdiev N.)
YOA-11-4 –  Maxalliy xom ashyo asosida gemostatik kollagen plenka olish texnologiyasini ishlab chiqish (ilmiy rahbar SHerimbetov S.G.)
PZ-2017102419 – Pektinning kaliy, magniy, temirli tuzlarini olish usullarini ishlab chiqish (ilmiy rahbar Eshbekov A.E.)
OT-F7-61 “Geterotsiklik birikmalarning yangi hosilalari; sintezi, tuzilishi va biologik xossalari” (ilmiy rahbar Boboev B.N.)

Xorijiy tashkilotlar bilan ham hozirgi kunda hamkorlik aloqalari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, xususan, Rossiyaning Surgut davlat universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti va hozirgi kunda kafedramizning bir qancha bitiruvchilari magistraturada tahsil olayotgan XXR FA SHinjon fizika va texnika instituti va SHanxay Materiya va medika institutlari bilan aloqalar o‘rnatilmoqda.


Kafedra nomiKafedra mudiriFakultetTavsif
 Tabiiy birikmalar kimyosiKimyo fanlari doktori, professor Boboev Baxrom NurillaevichKimyoTabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi 1946 yilda o‘z ilmiy maktabini yaratgan zabardast o‘zbek olimi, nafakat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda bioorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi asoschisi akademik Obid Sodiqovich Sodiqov tashabbusi bilan tashkil etilgan va 1968 yilgacha (O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga Prezident bo‘lguniga qadar)  rahbarlik qilgan.  Kafedra O‘zbekistonda bioorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi sohasida malakali mutaxassislar tayyorlovchi yagona kafedra hisoblanadi.  O‘tgan davr mobaynida kafedraga professor Otroshenko O.S. (1968-1980 yy), professor  Aslanov X.A. (1980-1992 yy), dotsent Yunusov T.K. (1985-1988 yy), professor Auelbekov S.A. (1992-1998 yy), akademik Salixov Sh.I. (1998-2004 yy), professor Sodiqov A.O. (2004-2005 yy), professor Dolimov D.N. (2005-2012 yy), k.f.d.Xaitboev A.X. (2012-2013 yy) va dotsent Maulyanov S.A. (2013-2019 yy) rahbarlik qilishgan. Kafedrada turli yillarda yuqorida keltirilgan olimlardan tashqari akademiklar Abduvahobov A.A., Aripov T.F., Ibragimov B.T., professorlar Ziyaev A.A., Yusupov M.K., Leontev V.B., Qo‘shmurodov Y.Q., Zaynutdinov U.N., kimyo fanlari nomzodlari Muxamedjanov S.Z., Sharipova Sh.T., Begisheva A.I., Maxsudova B.T., Pakudina Z.P., Ten L.N., Mirzaaxmedov Sh.Ya., Davlat mukofoti sovrindori Ishboev O.I. kabi yuzlab olim va pedagoglar faoliyat olib borishgan. Kafedrada Tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi sohasida xorijiy davlatlar (Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Xindiston, Koreya, V’etnam, Mongoliya, Qozog‘iston,  Turkmaniston va boshqa davlatlar)  uchun ham malakali kadrlar tayyorlangan. Hozirda Xitoy Xalq Respublikasinin yetakchi ilmiy muassasalari bilan ilmiy aloqalar davom etmoqda. Hozirgi kunda (2019 yildan buyon) kafedrani k.f.d. Boboev B.N boshqarib kelmoqda. Kafedrada 1 akademik (ilmiy maslahatchi), uchta fan doktori, 8 ta fan nomzodi hamda katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va assistentlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra jamoasining asosiy qismini yosh kadrlar tashkil etadi. Kafedra jamoasi hozirgi vaqtda 2 ta bakalavr yo‘nalishi (“Kimyo”, “Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi”), 2 ta magistratura mutaxassisligi (“Bioorganik kimyo”, “Radiokimyo”) bo‘yicha mutaxassislar tayyorlamoqda. Kafedraning ilmiy tadqiqotlari O‘rta Osiyoda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan fiziologik faol birikmalar ajratib olish, ularni kimyoviy modifikatsiyalash hamda tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun yangi preparatlar yaratishga qaratilgan.  Ilmiy tadqiqotlar natijasida hozirgi kungacha tibbiyotda qo‘llash uchun 3 ta dori vosita (“Anabazin gidroxlorid”, “Lagoden”, “Inebrin”) va qishloq ho‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish uchun 1 preparat (“Edil”) tavsiya etilgan hamda amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda. Bundan tashqari, bir nechta preparatlarning me’yoriy hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Mustaqillik davrida kafedrada olib borilgan pedagogik va ilmiy izlanishlar natijasida 7 ta fan doktori, 30 ga yaqin fan nomzodlari va 100 dan ortiq magistrlar tayyorlandi, 10 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Ilmiy izlanishlarning natijalari 200 ga yaqin mualliflik guvohnomalari, patent, xorijning nufuzli nashriyotlarida chop etilgan maqolalarda o‘z aksini topgan. 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishi

Fan nomiFan haqidi qisqacha ma’lumot
1Bioorganik kimyoHayotiy muhim bo‘lgan moddalarning (aminokislota, oqsil, nuklein kislota, uglevodlar) tuzilishi, xossalari va organizmda boradigan kimyoviy reaksiyalar haqida tizimli bilimni shakllantirish
2Kimyo o‘qitish metodikasiTalabalarni  kimyo o‘qitishning usullari, dars turlari, bilimlarni nazorat qilish usullari hamda kimyo fanining muhim mavzularini o‘qitish, ularni olib borishda ishlatiladigan pedagogik texnologiyalar, ayrim mavzularga bag‘ishlangan laboratoriya ishlarini o‘tkazish uslublarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
3Molekulyar biologoyaTalabalarni molekulyar biologiya fanining nazariy asoslari, molekulyar biologik tushunchava jarayonlari hamda uning kimyo fani bilan o‘zaro bog‘liqliklari bilan tanishtirish
4Tabiiy faol.birikmalar kimyosiTalabalarda  tabiiy biologik faol moddalar, ularning sinflanishi, aminokislotalar, oqsillar, peptidlar, lipidlar, geterofunksional birikma-lar, steroidlar, tabiiy zaxar va toksinlarning tuzilishi, xossalari va moddalar tuzilishi bilan ularning faolligi orasidagi bog‘liqlik haqida tizimli bilimni shakllantirishdan iborat  
5Farmasevtika va farmakognoziyaTalabalarga  dori vositalarni kimyoviy tuzulishini aniqlashtirish,  tibbiyot amaliyotiga joriy etish,  sifatini baholash, nazorat qilish va standartlash, axolini bezarar va samarali dori vositalari bilan ta’minlashda qo‘llaniladigan farmako-peyaviy tahlil usullarini o‘rgatish, talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kimyoviy jarayonlarga uslubiy yondashuvni shakllantirishdan iborat.
6FarmasevtikaTalabalarga  dori vositalarni kimyoviy tuzulishini aniqlashtirish,  tibbiyot amaliyotiga joriy etish,  sifatini baholash, nazorat qilish va standartlash, axolini bezarar va samarali dori vositalari bilan ta’minlashda qo‘llaniladigan farmakopeyaviy tahlil usullarini o‘rgatish, talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kimyoviy jarayonlarga uslubiy yondashuvni shakllantirishdan iborat.
7BiopolimerTalabalarga  biopolimerlar kimyosi fanining nazariy asoslarini, asosiy tushunchalarini, soha bo‘yicha olib boriladigan zamonaviy tadqiqot usullarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.  
8Supramolekulyar kimyo“Mehmon-mezbon” kimyosi, supramolekulyar birikmalarning sinflanishi, o‘zaro ta’sirlashuvlari, koordinatsiya, komplementarlik haqida tushunchalarni shakllantirish
9Toksikologik kimyoTalabalarda  zaxarli va toksik moddalarning kimyoviy-toksikologik analizi sohasida zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat.
10Quyimolekulyar bioregulyatorlar.Talabalarda  quyimolekulyar biologik faol moddalar, ularning sinflanishi, aminokislotalar, oqsillar, peptidlar, fermentlar, geterofunksional birikmalar, vitaminlar, terpenlar, lipidlar, alkaloidlar, tabiiy feromonlarning tuzilishi, xossalari va moddalar tuzilishi bilan ularning faolligi orasidagi bog‘liqlik haqida tizimli bilimni shakllantirishdan iborat  
11Tabiiy biologik faol birikmalarO‘zbekiston respublikasida o‘sadigan dorivor o‘simliklar to‘g‘risida ma’lumot berish, ularni saqlash, qo‘llash, o‘simlik xomashyoning kimyoviy tarkibini o‘rganish va shu asosida fan va texnikaning turli sohalarida qator masalalarni yechishda kasbiy ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.  
12OqsilTalabalarni  tiriklikning asosiy omili bo‘lgan oqsillar, ularning turlari, tabiiy mnbalari, tuzilishi va biologik funksiyasi bilan tanishtirish va ularda oqsillarning tuzilish darajalari,  funksiyalari va oqsillarning inson organizmdagi roli bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish-dan iborat.
13Elektrik, elektro taxlil usullarTalabalarni elektrik,  elektro-  va magnitooptik  tahlil  usullari  asoslari,  ishlash  prinsiplari  va ulardan  kelib  chiqadigan  xususiyatlar  bilan  tanishtirish,  shuningdek, ushbu usullarni kimyoda qo‘llash.
14Tev.Atrof/RadiobiolTalabalarni   tevarak-atrof,  sanoat ob’ektlari  va  axolii  yashash  punktlarida  radiatsion  holatni  nazorat qilish usullari va vositalari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioaktiv  moddalar  bilan  xavfsiz  ishlash  qoidalari  va  me’yorlari bilan tanishtirish. / magistrantlarga   atrof-muhitning  eng muhim  omillaridan  bo‘lgan  radiatsiyaning  tirik  organizmga  ta’siri  va  u tufayli  organizmda  kelib  chiqadigan  fiziologik  o‘zgarishlar,  hamda  bu o‘zgarishlar  asosida  yotgan  fizikaviy,  fizik-kimyoviy  jarayonlar  haqida bilim berishdan iborat.
15Zamonaviy  radiokimyoTalabalarga  radiokimyo fanining zaruriy ma’lumotlari majmuasi (radioaktivlik,  yadroviy reaksiyalar, radioaktiv nurlanishin moddalarga ta’siri, radiatsiyadan ximoyalanish) bilan tanishtirish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
16Radio.ekologiyaTalabalarni  radiatsion ekologiya fanining zaruriy ma’lumotlari majmuasi (radiatsion xavfsizlik, dozimetrik o‘lchash ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioaktiv moddalar bilan xavfsiz ishlashni ta’minlash, radiatsiyadan ximoyalanish va b.) bilan tanishtirishdir
17Nishonlangan/Ion nurTalabalarni   amaliy  radiokimyo (radionuklidlarni  tozalash,   radionuklidlar  bilan  nishonlangan birikmalar  va radiofarmpreparatlarning  olinish  usullari), radionuklidlar  va  radiofarmpreparatlarlarning  yadro  tibbiyotida qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishdan iborat / talabalarni  radiokimyo  mutaxassisligi uchun zarur  bo‘lgan  yadro  fizikasining  zamonaviy  ma’lumotlari,  ionlovchi nurlarning moddalar bilan ta’siridagi fizik jarayonlar bilan,  ionlovchi nurlarni  asosiy   aniqlash  usullari  va  ionlovchi  nurlarning  zamonaviy detektorlari bilan tanishtirishdan iborat.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

Tadqiqotchi professor o‘qituvchilarning F.I.ShIlmiy darajasi, unvoniDissertatsiya ishi mavzusi
1Boboev B.N.Kafedra mudiri, prof.v.b., k.f.d.«Sintez, antifermentativnыe i ekstraksionnыe svoystva novыx proizvodnыx kislot pyativalentnogo fosfora»
2Maulyanov S.A.dos. K.f.n.Azometinovыe proizvodnыe oksiaminov i aminoadamantanov s okislennoy vodorastvorimoy asetilsellyulozoy
3Xamidova G.R.Dos, k.f.n.Izuchenie kompleksoobrazovaniya poli-4- i poli-2-metil-5-vinilpiridinoksidov s polimetakrilovoy kislotoy i ionami metallov.
4Dalimova G.N.Prof. V.b., k.f.d.«Ligninы osnovnыx nedrevesnыx texnicheskix rasteniy Uzbekistana»
5Eshbekov A.E.Katta o‘qituvchi, PhDPhaseolus vulgaris po‘stlog‘i pektin moddalarining tuzilishi va kimyoviy xossalari
6Bayxanova N.O‘qituvchi 
7Siddiqova S.O‘qituvchi 
8Xikmatova M.M.O‘qituvchi 
9Sherimbetov S.G.Prof. ,b.f.d.Orol dengizining suvi qurigan hududlaridagi o‘simliklarning molekulyar-biologik va ekologik xususiyatlari
10Eshimbetov A.G.dos., k.f.n.Spektralnыe svoystva i elektronnaya struktura proizvodnыx dezoksivazitsinona i   1-(xinolinil)- b-karbolina
11Reyimova G.dos., farm.f.n., PhD 
12Yuldashev X.A.kat.o‘qit., k.f.n.Glitsirrizin kislotasi hosilalarining supramolekulyar komplekslari sintezi hamda biologik faolligi
13Sarabekov A.T.o‘qituvchi 
14Kurbanov B.I.prof., f-m.f.d.“Ekspressnыe neytronno-radiatsion-nыe sposobы kontrolya protsessov pererabotki zolotosoderjaщix rud i reniysoderjaщix texnologicheskix produktov»
15Xujaev Sdos., k.f.n.“Ekstraksionno-xromatograficheskoe razdelenie redkozemelnыx elementov v sistemax s tretichnыmi aminami i D2EGFK»
16Berdiev N.kat.o‘qit., k.f.n. PhDPseudomonas aeruginosa bakteriyasining lipazasi – ajratib olinishi, xususiyatlari, biotexnologiyada qo‘llanilishi
17Yormatov B.kat.o‘qit., t.f.n.,  PhD.Drotaverin va Furosemid farmakologik preparatlarini termik aktivlangan tritiy bilan nishonlash usulini takomillashtirish

Kafedra tarkibi

F.I.ShElektron pochtasi
1Boboev B.N.bahrom-nur@rambler.ru
2Maulyanov S.A.s.maulyanov@mail.ru
3Xamidova G.R.xamidovag.r_25@mail.ru
4Dalimova G.N.dalimova@list.ru
5Eshbekov A.E.azamat.eshbekov@mail.ru
6Bayxanova N.nargiza.baykhanova@mail.ru
7Siddiqova S.sevinch.siddikova@inbox.ru
8Xikmatova M.M.malika-mm03@mail.ru
9Sherimbetov S.G.sanjarbeksherimbetov@gmail.com
10Eshimbetov A.G.ealisherg@umail.uz
11Reyimova G.
14Yuldashev X.A.Khabibullay@mail.ru
12Sarabekov A.T.
13Kurbanov B.I.bkurbanov@inp.uz
15Xujaev Skhujaev@inp.uz
16Berdiev N.nodir2884@mail.ru
17Yormatov B.yarmatov@inp.uz