Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Toshkent yoshlarni sevadi

O’zbekiston MIliiy universitetining Yoshlar ittifoqi markazida “Toshkent yoshlarni sevadi” oylligi doirasida 14-17 dekabr kunlari Ta’lim va tadbirkorlik haftaligi bo’lib o’tdi.
Bu haftalikda xorijiy filologiya fakulteti talabalari hamda fakultet tyutorlari Abdullayeva Feruza va Tillahodjayeva Xosiyatxonlar ishtirok etdi. “Toshkent yoshlarni sevadi” haftaligi kunlarida yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan marketolog Muhammad Ali Eshonqulov – “Yuksalish liderlar akademiyasi”, “Biznes kvadrat”, “Patronlar ligasi loyihasi asoschisi”, Shohida Ibragimova — “Moliya.uz” va “Growth Academy“ asoschilari bilan talabalar ishtirokida davra suhbati bo’ib o’tdi. Bu davra suhbatida yosh talabalar o’zlari orzu qilgan biznes loyihalarini qanday yo’lga qo’yish va inson shaxsiyatidagi rivojlanish davrlari haqida to’liq va ijobiy g’oyalar fikrlar bilan o’rtoqlashishdi. Talabalar o’zlari uchun hayot maktabidagi turli sinovlarini ijobiy qabul qilgan holda maqsan bilan yashashga hulosalar chiqardilar. Bundan tashqari talabaning kun tartibi qanday bo’lishi, bir kunda qancha kitob sahifasini o’qish, uni kunning qay paytida o’qish muhimligi haqida fikr almashildi. Katta hayotga yo’l olayotgan har bir yosh avlod uchun “Toshkent yoshlarni sevadi” haftaligi juda katta maktab vazifasini o’tadi.

O’zMU Axborot xizmati