Tuscia universiteti

Italiyaning Tuscia universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurdi.

Universitetimiz Italiya universitetlari bilan hamkorligi hozirgi kunda juda ham rivojlanib bormoqda. 2023-yil 11-noyabr kuni Italiyaning Tuscia universiteti rektori Stefano Ubertini boshchiligida Simone Severini prorektor, Marko Farci oliy ta’lim vaziri maslahatchisi va Alessandro Fusi universitet professori hamrohligida  O‘zbekiston Milliy universitetiga  tashrif buyurishdi. Mehmonlarni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuxrat Toshmatov, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova boshchiligida universitet vakillari kutib oldi.

Tuscia universiteti rektori tashrifning maqsadi universitetlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, bakalavr va magistr talabalari uchun qo‘shma ta’lim loyihalari yaratish, o‘qituvchilarning stajirovka va malaka oshirishlarini ta’minlash hamda hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Tomonlar hamkorlik yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich tashkillashtirish, hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun koordinatorlarni belgilab oldilar.    Uchrashuv oxirida ikki tomonlama hamkorlik memrandumi imzolashga kelishib olindi.


2024 yilning1-fevral kuni Oʻzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Raima Shirinova hamda Taʼlimning kredit tizmini tashkil etish boshqarma boshligʻi Jasur Karimov Italiyadagi TUSSIA universitetining oʻquv hamda xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʻlimi vakillari bilan onlayn uchrashuv  boʻlib oʻtdi.

Onlayn uchrashuv davomida 2024-2025 oʻquv yilida Arxeologiya va Biologiya mutaxassisliklarida 3+1, 1+1 dasturlari asosida qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish taklif etildi. Oʻquv rejalar,oʻquv soatlari,dasturlar,imtihon, qabul qilish shartlari boʻyicha hujjatlarga qoʻyiladigan talablar muxokama qilindi.

Shuningdek, ikki universitet oʻrtasida Erasmus+ dasturi loyihalarini birgalikda amalga oshirish va hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.


Italiya Oliygohlari Bilan Hamkorlik Kengaymoqda

Joriy yilning 5 mart kuni, O‘zbekiston Milliy universiteti va Italiyaning Tussia univeristeti o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, Magistratura bo‘limi boshligi Majidov Nurali, Taʼlimning kredit tizmini tashkil etish boshqarma boshlig‘i Jasur Karimovlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida 2024-2025 o‘quv yilida Italiyaning Tussia universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturini ochishga doir masalalar muhokama etildi. Xususan, taʼlim fanlari mutanosibligi va talabalarni saralab olish jarayoni, shuningdek Aprel oyida tashrif buyurishi kutilayotgan delegatsiya vakillari bilan o‘zaro anglashuv memorandumi hamda qo‘shma taʼlim shartnomasini imzolash to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari Italiyaning Top 300 talik ro‘yxatidagi oliygohlari, yaʼni Piza hamda Milan universitetlari ham O‘zbekiston Milliy universitetiga qiziqish bildirayotganligi aytib o‘tildi.

Uchrashuv so‘ngida, mart oyining ikkinchi yarimida o‘tkazilishi kutilayotgan onlayn suhbat davomida O‘zbekiston Milliy universiteti Italiyaning Piza hamda Milan universitetlarini o‘rganib chiqqan holda mazkur oliy taʼlim muassasasi bilan qaysi fan yo‘nalishlarda hamkorlik qilmoqchi ekanligini aniqlash vazifasi belgilab olindi.


2024 yil 3-aprel kuni, Italiyanining Tuscia universiteti rektori Stefano Ubertini boshligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolari Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Shuhrat Toshmatov, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinovalar tomonidan kutib olindi.

Uchrashuv davomida har ikki universitet vakillari amalga oshirilayotgan loyiha jadal tus olganligidan mamnun ekanliklari va kelgusida nafaqat arxeologiya, balki matematika biologiya, tabiiy fanlar yoʻnalishlarida ham qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish, talabalar va professor oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirishga kelishib olishdi.

Uchrashuv soʻnggida ikki universitet oʻrtasida Arxeologiya yoʻnalishida qoʻshma taʼlim shartnomasi va oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.