Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Vageningen universiteti

Gollandiyaning Vageningen universiteti bilan onlayn uchrashuv

2023 yil fevral oyida Oʼzbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar boʼlimi xodimlari Gollandiyaning Vageningen universiteti (Wageningen University)ning Kimyo fakulteti, Organik sintez va amaliy kimyo kafedrasi professori Han Zuilhof bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda professor Han Zuilhof ayni damda Vageningen universitetida stajirovka o’tayotgan Kimyo fakulteti, «Organik sintez va amaliy kimyo» kafedrasi mudiri, dotsent Hudoynazarov Ilyos ham qatnashdi.

Professsor Hudoynazarov Ilyos haqida oʼzining hamkorlikdagi olib borayotgan tadqiqotlari haqida iliq fikrlarini bildirib, kelajakda ham ushbu hamkorlikni bardavom boʼlishi uchun oʼzining taklif va rejalarini aytib oʼtdi.

Uchrashuv davomida professor va uning hamkasblari hamda OʼzMU professor-oʼqituvchilari bilan hamkorlikda kelajakda ilmiy nashrlarni yoʼlga qoʼyish borasida oʼz fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirdi.

Bundan tashqari, Vageningen universiteti bilan talabalarni akademik mobillik dasturi doirasida oʼqishga joʼnatish va qabul qilish boʼyicha dastlabki muzokaralar olib borildi.

Eslatib oʼtamiz, Vageningen universiteti dunyoda Eng yaxshi Global (Best Global University) universitetlar reytingida 89 oʼrinda turadi.