Xalqaro va respublika fan olimpiadalari hamda turli tanlovlar

O’zMU talabasi ROSSIYA XALQLAR DO’STLIGI UNIVERSITETIDA bo’lib o’tgan  RUDNMATH OLYMP-2025 xalqaro matematika olimpiadasida g’olib bo’ldi.

Matematika fakulteti Matematika yo’nalishi 2-kurs talabasi Ashirov Abduvahhob Muhiddin o’g’li xalqaro olimpiadada individual tarzda ishtirok etib faxrli 1-o’rinni egalladi va oltin medal sovrindori bo’ldi.

RUDNMATH OLYMP-2025 III-xalqaro matematika olimpiadasida  19 ta Turkmaniston, Eron, Xitoy, Armaniston, Azarbayjon, Qozog’iston kabi   davlatlardan hamda  Rossiya Federatsiyasining eng nufuzli universitetlari kuchli jamoalaridan tarkib topgan 900 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Talabamizni va fakultet jamoasini ushbu muvaffaqiyatlar bilan tabriklaymiz!

OʻzMU talabasi respublika fan olimpiadasida 1-o’rin sohibi bo’ldi

Namangan davlat universitetida «Fizika» fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti 4-bosqich talabasi Tillayev Umidjon Xolmat o’g’li ham ishtirok etib faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori, professor – Polvonov Satimboy Rajapovich

OʻzMU talabasi respublika fan olimpiadasida kuchli uchlikdan joy oldi

🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📰 Unda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti 4-bosqich talabasi Mamadiyorov Samandar Baxtiyor o’g’li ham ishtirok etib faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

O’zbekiston Milliy universiteti talabalari Turkmanistonda o’tkazilgan xalqaro olimpiada sovrindori bo’ldi

🇹🇲 Turkmanistonning Ashxobod shahrida Informatika fani bo’yicha IV Ochiq xalqaro internet olimpiadasi o’tkazildi. Ushbu olimpiada 10 dan ortiq mamlakatdan 650 nafar talaba ishtirok etdi.

🇺🇿 Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabalari ham mazkur olimpiadada qatnashib (kafedra mudiri U.Adambayev, katta o’qituvchi U.Tuliyev, o’qituvchi X.Xusayinov rahbarligida) faxrli o’rinlarni egallashdi:

  • 3-o‘rin: Ergashev Abbos Xusniddin o‘g‘li, «Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari» yo’nalishi 4-kurs talabasi;
  • 3-o‘rin: Toshbulov Alijon Abduhamid o‘g‘li, «Sun’iy intellekt» yo’nalishi 4-kurs talabasi;
  • 3-o‘rin: Maxmudov Behruz Vahhob o‘g‘li, «Sun’iy intellekt» yo’nalishi 4-kurs talabasi;
  • 3-o‘rin: Safarov Sarvar Sodikjon o‘g‘li, «Sun’iy intellekt» yo’nalishi 3-kurs talabasi;
  • 3-o‘rin: Yaxshiboyev Adxam Fayzullo o‘g‘li, «Sun’iy intellekt» yo’nalishi 3-kurs talabasi;
  • 3-o‘rin: Masharipov Arifbek, «Sun’iy intellekt» yo’nalish 2-kurs talabasi.

O’zbekiston Milliy universiteti talabalari  “Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha turkum fan olimpiadalarining respublika bosqichi sovrindori bo’ldi

Joriy yilning 2-3-may kunlari Respublika oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida “Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha turkum fan olimpiadalarining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

🇺🇿 Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari ham mazkur olimpiadada qatnashib faxrli o’rinlarni egallashdi:

🟢 Moliya A kategoriyasi bo’yicha 2-o’rin – Moliya va moliyaviy texnologiyalar yoʻnalishi 2-bosqich talabasi  Gulimboyev Sindor In’omjon oʻgʻli

🟢 Umumiy iqtisodiyot nazariyasi A kategoriyasi bo’yicha 2-o’rin – Matematik iqtisodiyot yo’nalishi 3-bosqich talabasi Homidova Shohsanam Alijon qizi

Ushbu muvaffaqiyat bilan talabalarimiz hamda fakultet jamoasini tabriklaymiz. Kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.