Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xitoy universitetlari bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Bugun, 8-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetining prorektori Ravshan Musurmanov va Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Komil Inakovlardan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shaxrida joylashgan Xitoy Xalq (Renmin) universiteti hamda Pekin chet tillar universitetlariga tashrif buyurishdi.

Xitoy Xalq (Renmin) universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda Xitoyning “Bir yo‘l – bir makon” tashabbusi va O‘zbekiston – 2030 taraqqiyot strategiyasi integratsiyasi imkoniyatlarini ilmiy tadqiq qilish bo‘yicha O‘zMUda tashkil etilayotgan ijtimoiy tadqiqotlar Markazi faoliyati yo‘nalishlari va ushbu Markazning ochilish marosimi muddatlari muhokama qilindi.

 

Pekin chet tillar universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universiteti bilan mazkur dargohning kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari, ularning istiqbollari hamda O‘zMUda Xitoy tili markazini, Pekin chet tillar universitetida o‘zbek tili markazini tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi va uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.