100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo’limi haqida
Xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʻlimi OʻzMUning maʼmuriy-boshqaruv tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, uning maqsadi universitetning xalqaro faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda xalqaro taʼlim va ilmiy hamjamiyatlarda OʻzMU obroʻsini mustahkamlashdan iborat.
Bo‘lim faoliyati quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
• xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xorijiy oliy o‘quv yurtlari, elchixonalar, xalqaro tashkilotlar va assotsiatsiyalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, jumladan, xalqaro sheriklik munosabatlarini o‘rnatish hamda rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, kelishuvlar bajarilishini hamda O‘zMU vakillarining hamkor tashkilotlar tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash va monitoring qilish;
• O‘zMU fakultetlari va tarkibiy bo‘linmalarining xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko’maklashish;
• Xalqaro faoliyatni axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va O‘zMUning xalqaro tarmoq tashkilotlarida, oliy ta’lim sohasidagi dastur va loyihalarda institutsional ishtirokini ta’minlash;
• O‘zMU Xalqaro aloqalar kengashi ishini tashkil etish.