Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ NASHRLAR QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Maʼlumki, universitetni xalqaro reytinglarda ishtirokini kengaytirish, yosh oʼqituvchilar, doktorantlar va ilmiy xodimlarning reytinglarga qoʼshadigan ulushini oshirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Xuddi shunday amaliy ishlardan biri bu mahorat darslari va seminar-treninglardir. 2021 yil boshidanoq xalqaro reytingarda ishtirok etish boʼlimi tomonidan muntazam ravishda seminar-treninglar oʼtkazib kelinmoqda. Bu seminarlarda ilmiy maqola yozish, yuqori impakt faktorli jurnallarni tanlash, xalqaro elektron bazalardan foydalanish, xalqaro grantlarda ishtirok etish kabi mavzular muhokama etilishi rejalashtirilgan.

2021 yil 25-may kuni boʼlib oʼtgan mazkur seminar mavzusi “Xalqaro standartlarga muvofiq nashrlar:Nashr turlari” mavzusi boʼldi va ushbu mavzu xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼlim boshligʼi Аziza Turakulova tomonidan seminar ishtirokchilariga taqdim etildi. Seminar davomida maqolani shakllantirish, maqola nashr etish talablari, adabiyotlar sharhi, iqtibosliklar keltirish yoʼl-yoʼriqlari batafsil tushuntirildi.

Seminar yakunida xalqaro aloaqalar boʼyicha prorektori Raima Shirinova ishtirokchilar talabini oʼrganib, ular taklifi asosida keyingi seminar mavzularini shakllantirishni kelishib oldi. Seminar har haftaning seshanba kuni muntazam boʼlib oʼtishi toʼgʼrisida ishtirokchilarga maʼlumot berildi va keyingi seminar mavzusi eʼlon qilindi.

Raima Shirinova

Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor