Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yaponiyalik talaba O‘zMUda

2023- 2024 o‘quv yilida O‘zbekiston Milliy Universitetida xorijning bir qator davlatlaridan xususan, Germaniya, Finlandiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Moldova, Yaponiya, Ukraina, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston,Tojikistondan talabalar o‘qishga qabul qilindi. 2023-yil 12- oktabr kuni universitetning Iqtisodiyot fakulteti Menejment yo‘nalishiga qabul qilingan Yaponiyalik talaba O‘zMUga tahsil olish uchun yetib keldi. Yaponiyalik Komodo Kazuaki bilan Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi suhbat o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Milliy Universitetidagi taʼlim tizimi, xalqaro bo‘lim faoliyati, universitet hududi va yotoqxona tartiblari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Komodo Kazuaki mazkur uchrashuvda O‘zMUning xalqaro reytinglardagi nufuzi sababli mazkur universitetni tanlaganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.