Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

25-noyabr – xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni

O‘zbekiston Milliy universitetida ushbu sana munosabati bilan xotin-qizlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda universitetning xotin-qizlar muammolari bilan shug‘ullanadigan mas’ullar, fakultetlardagi xotin-qizlar kengashi raislari, ayol professor-o‘qituvchilar, talaba qizlar ishtirok etib, mavzu xususida o‘zaro fikr almashishdi.

Ma'lumot o'rnida, BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra 25-noyabr – xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni deb e'lon qilingan. 2014-yilda esa BMT bosh kotibi xotin qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNITE” nomli tashabussni ilgari suradi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.