O’zbekiston Milliy universitetida OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tyutorlardan trenerlar tayyorlash, ularni muntazam ravishda targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash va o‘zaro ma’lumot almashinuvi tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur seminar-trening yoshlar o‘rtasida OIV infeksiyasining oldini olish, ularning xabardorligini oshirish va profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Unda universitet fakultetlarida faoliyat yuritayotgan barcha tyutorlar faol ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilari mavzu yuzasidan kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi, shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan zarur metodik materiallar bilan ta’minlandi.
