Ilmiy rahbari: Sabitova Naila Ismailovna
Bajarilish muddati: 4.01.2021-31.12.2023
Loyiha shifri: UZB-Ind-2021-79
Loyiha turi: Amaliy
Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: O‘zbekistonning geografik o‘rni, keskin kontinental, issiq va qurg‘oqchil iqlimi tog‘li va pasttekislik hududlarda suv resurslarining tarqalishini belgilaydi. Suv resurslarining asosiy iste’molchisi hisoblangan sug‘orma dehqonchilik hududlari respublikaning pasttekisliklari hisoblanadi. Mintaqaning asosiy suv yig‘ish zonasi respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlaridir. Daryolar oqimi mavsumiy qor qoplami, muzliklar va yomg‘ir suvlariga bog‘liq. Yer yuzasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi doimiy muzliklar maydoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Respublikada o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tog‘larning nival-muzlik zonasidagi muzliklarda suv zaxirasi keskin kamaygan. Tyan-shan, Pomir-Oloy va boshqa tog‘ tizmalarida muzliklar maydonining qisqarishi buni dalillaydi, masalan, e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Tyan-shanda 8000 dan ortiq muzliklar mavjud edi. Muzlik maydoni 7,3 ming km2 ni tashkil etgan. Tog‘ muzliklarida saqlanib qolgan toza suv zaxiralari 650 milliard m3 deb baholandi. 1960-2005 yillar uchun Ili Alatau (Tyan-shanning shimoli-g‘arbiy qismidagi tog‘ tizmasi) da 100 ga yaqin muzliklar erib ketib, yo‘q bo‘ldi; G‘arbiy Tyan-shan (Pskom tizmasi) muzlik zonasini maydoni oxirgi 20 yil ichida 16,8% ga kamaydi. Pomir-Oloyda 9820 km2 maydonda 10,000 dan ortiq muzliklar mavjud edi. 1957 yildan 2000 yilgacha, ya’ni atiga 43 yil ichida Pomir-Oloy muzliklarida suv zahirasi 25%ga kamaydi (boshqa manbaalarga ko‘ra, 1960-2005 yillar davomida Pomir-Oloyda 1000 dan ortiq doimiy muzliklar erib, yo‘q bo‘lib ketgan). Umuman olganda, 1957-1980 yillar davomida Orol dengizi havzasidagi doimiy muzliklar maydoni 115,5 km3 muzni yo‘qotdi (bu taxminan 104 km3 chuchuk suv degani), bu 1957 yilda muzlar zahirasining qariyb 20 foizini tashkil etardi.
Baland tog‘li hududlarda kuzatish jarayonining murakkabligi sababli muzliklarning holatini muntazam ravishda kuzatib borish imkoniyati cheklangan. O‘zbekistondagi muzliklarning erish jarayonlarini o‘rganishda eng samarali vosita bu masofadan turib zondlash va GAT texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. O‘rganilayotgan hudud muzliklar xolati haqidagi barcha shu kungacha bo‘lgan ma’lumotlar 1957-1960 yillardagi sobiq SSSR muzliklari katalogi ma’lumotlari; 1978-1980, 2000-2002 yillardagi muzliklarning kartografik materiallari va inventarizatsiya ma’lumotlari; hamda 2010-2015 yillardagi ushbu mavzu doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan edi.
Shu kunga qadar olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili hamda innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda 2005 yildan keyinga o‘zgarishlarni kuzatish maqsadida rejalashtirilayotgan tadqiqot juda muhimdir. Chunki, suv muammosi arid iqlimga ega O‘zbekiston sharoitida dolzarbligini hech qachon yo‘qotmaydi.
Tadqiqotning maqsadi:
Sun’iy yo‘ldosh suratlari va GAT texnologiyalaridan foydalangan holda O‘zbekiston tog‘ tizmalari muzliklari maydonining o‘zgarish dinamikasini aniqlash.
Ushbu muammoni hal qilish uchun biz quyidagi vazifalarni bajarish zarurligini taklif qilamiz:
I. O‘rganilayotgan tog‘ tizimlarining tabiiy holatini, ilgari amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish:
1. O‘zbekistonning tog‘ tizmalaridagi muzliklarning shakllanish va dinamikasi qonuniyatlarini majmuali o‘rganish;
2. Iqlim elementlarining o‘zgarishi va o‘zaro bog‘liqligi (harorat, yog‘ingarchilik) va doimiy muzliklar maydonining o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish;
3. Shu kungacha olib borilgan tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish;
II. Retrospektiv tahlil o‘tkazish:
1. Muzliklar hududidagi o‘zgarishlar dinamikasini qiyosiy tahlilini qurilmalar yordamida olib borish;
2. Sun’iy yo‘ldosh aerofotosuratlari monitoringi va uchuvchisiz olingan suratlar materiallari asosida muzliklarning maydoni va hajmini baholash.
III. O‘zbekistonning tog‘ tizmalari muzliklari maydonini o‘zgarish dinamikasini katalog modellarini tuzish hamda ularni maydonining qisqarish darajasiga ta’sir qilgan omillarni kamaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish:
1. Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yordamida muzliklar katalogini tuzish;
2. O‘zbekiston tog‘ tizmalari muzliklari maydonining o‘zgarish darajasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
3. GAT texnologiyalaridan foyalangan holda muzliklar maydonining kamayish jarayonini modellashtirish.
Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo’lga kiritilgan muhim natijalar. O’tgan 1,5 yil davomida masofaviy zondlash va GAT texnologiyalaridan foydalangan holda “O‘zbekistonning tog‘ tizimalarida muzliklarning degradatsiyasi dinamikasini masofaviy zondlash asosida o‘rganish” loyihasi doirasida olingan natijalar, shuningdek, dala kuzatishlari:
- O‘zbekiston muzliklarining hududiy va chiziqli xususiyatlarining uzoq muddatli o‘zgarishi, shuningdek, ularning massa balansi;
- O‘zbekistonning baland tog‘ zonasi meteorologik parametrlarining uzoq muddatli o‘zgarishi;
- O‘zbekiston muzliklaridan suv oqimining uzoq muddatli o‘zgarishi;
Loyiha doirasida chop etilgan WoS va Scopus bazasidagi xalqaro ilmiy ishlar
1. Ruzikulova O, Sabitova N. Experience in creating a soil-reclamation map of the Zarafshan river valley based on the system analysis of lithodynamic flow structures. Annual International Scientific Conference on Geoinformatics – GI 2021: “Supporting sustainable development by GIST”, 11 p. https://doi.org/10.1051/e3sconf/2021227030040.
2. Sabitova N., Ruzikulova O, The role of GIS technology in determining irrigated geosystems. Annual International Scientific Conference on Geoinformatics – GI 2021: “Supporting sustainable development by GIST”, 9 p. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202122703003
3. Saidaliyeva Z., Shahgedanova M., Yapiyev V., Wade A., Akbarov F., Esenaman M., Kalashnikova O., Kapitsa V., Kassatkin N., Kayumov A., Kayumova D., Rakhimov I., Satylkanov R., Sayakbaev D., Semakova E., Severskiy I., Petrov M., Umirzakov G., Usubaliev R., Water Isoscapes of Central Asia. Poster report on conference «Global Water Futures», Reading University, England 2021.
4. СабитовТ.Ю. Моделированмие воздействия климатических факторов на состояние окружающей среды бассенйа реки Пскем. Автореферат диссертации. Представленноой на соискание ученой степени доктора философии ( PhD) по специальносьти 11-00-05 – Охрана окружающей среды и рациональное использование природных ресурсов. Ташкент. 15 декабрь 2021г.
Monografiya
Шукуров Н.Э., Петров М.А., Ни А.А. Шукуров Ш.Р., Мамиров Х.А. и др. «Эволюция и динамика природных и техногенных процессов, и их влияние на окружающую среду высокогорных и предгорных районов Узбекистана» Монография, 220 С., Ташкент, 2021.
Dissertatsiya
Сабитов Н.И. Моделирование воздействия климатических фпкторов на состояние окружающей среды бассейна реки Пскем. Автореферат диссертации доктора философии (PhD) по географическим наукам 11.00.05-Охрана окружающей среды и рациональное использование природных ресурсов
Amalga oshirish
1. Xalqaro loyihalarda foydalaniladi – YUNESKOning «GLOFCA» moslashuv fondi va SNSF «CROMO ADAPT» (Shveytsariya).
2. Respublika miqyosida loyihani amalga oshirish davomida olingan natijalar GITI O‘ZGIDROMET va baland tog‘li zonada (Piskom daryosi havzasi) gidroenergetika qurilishida ishtirok etuvchi loyihalash tashkilotlarida amalga oshiriladi.