Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi

Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich , falsafa fanlari doktori (DSc) dotsent  – Bo’lim boshlig’i

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

  Dushanba-Juma, 09:00-17:00

 +998 

 tilavov@nuu.uz

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi 1994 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, O‘zbekistonda Respublikasida yagona bo‘lgan Oliy pedagogika institutiga asos solingan unda ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha Respublikamizdagi barcha Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malakasini oshirganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011 yil 20 maydagi PQ–1533-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 26.09.2012 yildagi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 278-son qaroriga asosan Mintaqaviy markaz sifatida tashkil etilgan. Markazda Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki asosida hamda Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PF-4732-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 21.09.2015 yildagi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 273-son qaroriga asosan O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining flagmani sifatida dunyo tajribasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etadigan, barcha oliy ta’lim muassasalariga namuna bo‘lib xizmat qiladigan O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markaz nomi bilan faoliyat yuritadigan ta’lim muassasasi yangi, xalqaro tajribaning yuksak talablari asosida faoliyat yuritishga yo‘naltirilgan dargoh. Markaz o‘quv-metodik, ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik bilimlar, raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish bilan bog‘liq ta’lim jarayonni Milliy universitetning etuk ilmiy-intellektual potentsialidan foydalangan holda, respublikamiz oliy ta’lim tizimining ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlar pedagoglarini pedagogik va ilmiy-innovatsion faoliyat bo‘yicha mahoratini oshirish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasidir.
Bugungi kunda, markazda “Ta’lim texnologiyalari” kafedrasi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini o‘rganish, Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish bo‘limlari, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassisdan iborat jamoa xodimlarining samarali faoliyati tufayli oliy ta’lim tizimidagi islohotlar mazmunini o‘zida aks ettiradigan, pedagogik faoliyatni jahonning ilg‘or tajribalariga muvofiqlashtirishga tamal toshi quyadigan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun ilmiy-innovatsion, pedagogik-metodik mahoratini oshirishga xizmat qiladigan ta’lim muassasasi bo‘lishga intilib, yuqori natijalarga erishmoqda. O‘quv reja va dasturlarda kuzda tutilgan o‘quv modullar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari etuk mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, ularning sifati muntazam ravishda nazorat ostiga olingan hamda mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga nazariy bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni va mutaxassislik fanlarining zamonaviy tendentsiyalarini chuqur o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Natija ularoq, tinglovchilarning darslarga ishtiroki bo‘yicha ko‘rsatkichi doimo eng yuqori darajada saqlanmoqda.
Markaz pedagoglarining faoliyati hamisha tahlil qilinib, ularning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilash asosida hamda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan malakali pedagog kadrlarga soatbay haq to‘lash miqdorining o‘rnatilgan foizigacha ko‘paytirilgan holda moddiy rag‘batlantirishlar amalga oshiriladi.
Xorijiy hamkorlik doirasida, ilmiy-metodik hamkorlik amalga oshirilib, malaka oshirish yuzasidan tajribalar almashish, xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni, xorijiy mamlakatlardan jalb qilish bo‘yicha ishlar yo‘lga quyilgan.
Hamkorlik borasida tashkil etilayotgan aloqalar real amaliy natijalarga qaratilgan bo‘lib, tashkil etilayotgan xalqaro seminar, vebinar va treninglar mavzulari, amaliy mashg‘ulotlar malaka oshirish tizimida mavjud muammolar echimiga yo‘naltirilgan, kurs dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualar mazmunini takomillashtirishga va kelajakdagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Markazda sifatli o‘quv jarayonini tashkil etish uchun talab qilinadigan o‘quv xonalari, elektron ta’lim vositalari, jihozlar, zamonaviy raqamli texnika vositalari mavjud bo‘lib, tinglovchilarga o‘quv-metodik resurslardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek, ehtiyoj yuzasidan tinglovchilarga barcha qulay sharoitlar bilan jihozlangan yotoqxonalar mavjud.
2021 yildan boshlab Markazni falsafa fanlari doktori (DSc) dotsent Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich boshqarib kelmoqda. Markazning professor-o‘qituvchilari o‘quv-metodik, ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari yo‘nalishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida zamon talablari darajasidagi natijalarga erishib, o‘z navbatida, tinglovchilarga ham bilim va tajribalarni singdirishda tahsinga sazovor faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.