Ege universiteti

O’zbekiston Milliy universitetiga Turkiya Respublikasining Ege universitetidan vakil tashrif buyurdi.

Professor Selami Fedekar ikki universitet o’rtasida imzolangan Memorandumni Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinovaga topshirdi. Endilikda hamkorlikni yo’lga qo’yish va ularni bosqichma bosqich amalga oshirish bo’yicha ikki universitet o’rtasida tizimli ishlarni tashkil qilish borasida bir qancha takliflarni ko’rib chiqdilar.

Uchrashuv so’ngida arxeologiya va turkologiya yo’nalishlari sohasida hamkorlik uchrashuvi tashkil qilib, mazkur yo’nalishda qo’sh rahbarlik va keyinchalik istiqbolda qo’sh diplom qo’shma dasturini yo’lga qo’yish borasida takliflar bildirildi.